Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

04.07.2016

Jeremi Klarksonning garaji: 30 xil durdona avtomashina

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 346
Jeremi Klarksonning garaji: 30 xil durdona avtomashina

Jerimini barcha ham tushunavermaydi. Unga hammasi baribir: u nimani o‘ylasa, shuni qiladi. O‘ylari esa doim noodatiy.

Yomon boshlovchilar mashhur boshlovchi rolini o‘ynashga intilishadi, Klarkson esa o‘z-o‘zini ijro etadi.

U haqda qancha gapirsa, shuncha kam. Bugun Klarksonning avtotarixi haqida so‘z yuritamiz.

Ford Cortina Mark II 1600E


Yosh avtomobil jurnalisti Jeremi Klarksonning eng birinchi avtomobili Ford Cortina edi. Mashina 88 ot kuchiga ega bo‘lib, Jerimi uni 900 funt evaziga sotib olgandi.

Volkswagen Scirocco I

Jeremi Klarksonning garaji: 30 xil durdona avtomashina

Shundan so‘ng Klarkson boshqa bir mashina sotib olishni mo‘ljalladi va uning nazari «Folksvagen»ga tushdi. U Golf GTI va Scirocoo modellaridan birini sotib olish uchun bosh qotirdi va ikkinchi variantni tanladi.


Alfa Romeo Alfetta GTV

Jeremi Klarksonning garaji: 30 xil durdona avtomashina

Klarkson vaqt o‘tishi bilan Alfa Romeo’ga nisbatan ishqi tushib qolganligini angladi.

Uning Alfa Romeo GTV mashinasi to‘rt tsilindrli va zanjir mexanizmli DOHC 1.8 motoriga ega edi. Klarksonning o‘zi u haqida gapirar ekan, hayotidagi eng yomon mashina bo‘lganligini ta’kidlaydi.

Ford Escort Cosworth

Jeremi Klarksonning garaji: 30 xil durdona avtomashina

Klarkson 1993 yilda 227 ot kuchiga ega Escort mashinasini sotib oladi. Keyinroq u modelni 90-yillardagi eng sevimli mashinasi bo‘lganligini gapirib o‘tgan.

Bu modellar jahonda bor yo‘g‘i 7145 dona chiqarilgan. Escort Cosworth boshqa Escort’larga qaraganda ancha mukammallashtirilgan. U soatiga 100 km.li tezlikka 5,8 soniya ichida chiqa olgan.


Ferrari F355

Jeremi Klarksonning garaji: 30 xil durdona avtomashina

Klarkson mashhur bo‘lgach, yaxshinina pul topa boshladi va u hayotidagi ilk Ferrari’ni sotib oldi. «Men podachiga o‘xshaymanmi?», – deb asabiylashgan edi u o‘shanda avtosalonga kirib borarkan, – «Men qizil tusli Ferrari’Ni istamayman, menga yashil tuslisi kerak». Shundan so‘ng u qizil ranglisini sotib oldi.

U o‘shanda F355 modelini xarid qilgan edi. U soatiga 100 km.li tezlikka 5 soniya ichida chiqa olgan. Ana shu mashina Klarksonga 130 ming AQSh dollariga tushgan.

Mercedes-Benz SL55 AMG

Jeremi Klarksonning garaji: 30 xil durdona avtomashina

Klarkson o‘z Ferrari’sidan suv keta boshlagach, jahli chiqdi va Mercedes-Benz SL55 AMG mashinasini sotib olish uchun uni kim oshdi savdosiga qo‘ydi. U «Mersedes»ni sotib oldi va u haqda «Bu – mahluq, Ferrari esa yo‘q», deya ta’rif berdi.

Mashinada 5,5 litrli V8 dvigateli bo‘lib, 467 ot kuchiga ega edi. U 100 km.li tezlikka 4 soniya ichida chiqa olardi.

Ford GT

Jeremi Klarksonning garaji: 30 xil durdona avtomashina

Klarkson 35 yoshidan boshlab Ford GT haqida orzu qila boshladi. Nihoyat 45 ga kirganida unga ega bo‘ldi va shu zahoti orzusi chippakka chiqdi: oradan bir necha hafta o‘tgach, GT buzildi.

Bunga sabab elektronika bilan bog‘liq tuganmas muammo edi.

Yakunda u baribir GT’ga qaytdi.

Aston Martin DB9

Jeremi Klarksonning garaji: 30 xil durdona avtomashina

Ford Motor Company avtokontserni o‘sha paytlar Aston Martin markasiga egalik qilar edi va ular Klarksonga uzr tariqasida o‘zlarining DB9 modelini taqdim etishdi.


Bugun Jeremi Klarksonning garajida 30 xil avtomobil bor. Mana, ulardan ayrimlari:

Volvo 850 R

Austin-Healey Sprite

Alfa Romeo 164

Custom Ford Sierra GL

Ford Mondeo

Lamborghini Gallardo Spyder

Jaguar XJR

BMW 3.0 CSL

BMW Z1

Toyota Land Cruiser Amazon

Aston Martin V8 Vantage

Ford Focus

Mitsubishi Lancer Evolution X

Mercedes-Benz 600

Land Rover Defender

Mercedes-Benz CLK 63 AMG Black Series

Volvo XC90

Caterham 7 Superlight R500

Range Rover TDV8 Vogue SE

Maserati Biturbo

Perodua Kelisa

Va boshqalar.

Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar