Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

04.07.2016

Jahonning eng mitti davlatlari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 490
Jahonning eng mitti davlatlari

Jahon siyosiy xaritasida 250 ga yaqin mustaqil davlat bor. Shulardan 193 tasi BMTga a’zo bo‘lib kirgan. 250 ta davlatning orasida xalqaro maydonda o‘z aytar so‘zi bo‘lgan qudratlilari ham bor. Bu kabi davlatlar er maydoni va aholisi soni bo‘yicha ham yirik mamlakat hisoblanadi. Yirik va qudratli davlatlar qatorida jahon xaritasida kichik mamlakatlar ham topiladi. Aholi soni oz, hududi kichik bo‘lishiga qaramay, kichik davlatlar orasida jahon siyosatida muhim rol o‘ynovchilari xam bor.

Bu kabi davlatlar sirasiga Vatikanni kiritish mumkin. Bugun biz eng kichik davlatlar haqida qisqacha ma’lumot berishga harakat qilamiz.

Jahonning eng mitti davlatlari

Karib dengizida joylashgan Grenada davlatining hududi 344 kvadrat kilometr bo‘lib, poytaxti Sent-Jorjes shahridir. Mamlakat aholisi 89 ming 502 kishidan iborat. Davlat tuzumi konstitutsion monarxiya hisoblanadi. Grenada ilk bor 14-asrda Kolumb tomonidan kashf qilingan. Ayni damda qishloq xo‘jaligiga katta e’tibor berilmoqda. Asosan banan, tsitrus mevalar, yong‘oq etishtirilib, boshqa davlatlarga eksport qilinadi. Grenada offshor hududi bo‘lgani bois, moliyaviy xizmatlar tufayli har yili mamlakat xazinasiga 7,4 million dollar kelib tushadi.

Jahonning eng mitti davlatlari

Hind okeanidagi 1 ming 100 ta oroldan iborat Maldiv Respublikasining poytaxti Male shahri bo‘lib, bu mamlakatda 393 ming kishi yashaydi. Mamlakat aholisi, asosan, baliqchilik bilan shug‘ullanadi, ammo Maldiv orollari jahondagi eng yaxshi kurort hisoblangani bois iqtisodiyotining katta qismi xizmat ko‘rsatish sohasiga qaratiladi. Yalpi Ichki mahsulotiining 28 foizi xizmat ko‘rsatish hissasiga to‘g‘ri keladi. Noyob tabiati va iqlimi bois sayohlarning sevimli maskaniga aylangan. Bu erda hayvonlarning hovlilari deyarli uchramaydi.

Jahonning eng mitti davlatlari

Sent-Kits va Nevis davlati Karib dengizi sharqida joylashgan. 50 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan bu davlatning poytaxti Baster shahridir. Federatsiya ko‘rinishidagi Sent-Kits va Nevis mamlakati ikkita oroldan tashkil topgan. Iqlimi tropik bo‘lib flora va faunasi juda ham boy. Turizm rivojlangan. Yalpi Ichki mahsulotining 70 foizini turizm tashkil qiladi. Qishloq xo‘jaligini taraqqiy etgan deb bo‘lmaydi.

Jahonning eng mitti davlatlari

Marshall orollarining poytaxti Madjuro shahri bo‘lib, bu mamlakat aholisi 53 ming kishidan oshadi. Tinch okeanidagi mazkur mamlakatda 29 atolla va 5 ta orol bor. Iqlimi rang-barang bo‘lib, janubi tropik, shimoli esa yarimcho‘ldir. Flora va faunasiga inson omili ta’sir ko‘rsatgan. Bu erda 1954 yilda yadro sinovlari o‘tkazilgan. Shu sababli ham bu mamlakatda o‘simliklarni kamdan kam uchratasiz. Iqtisodiyoti, asosan, xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Qishloq xo‘jaligida etishtiriladigan mahsulotlar ichki ehtiyojni qoplaydi.

Jahonning eng mitti davlatlari

G‘arbiy Evropadagi Avstriya va Shvetsariya bilan chegaradosh Lixtenshteyn davlatida 37 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Poytaxti Vaduts shahri. Kichik bo‘lishiga qaramay bu mamlakat juda ham go‘zaldir. Lixtenshteyn knyazligi texnologik jihatdan ancha taraqqiy etgan. Mamlakatda aniq priborsozlik rivojlangan. Shuningdek, Lixtenshteyn jahondagi eng yirik moliya markazlaridan biri sanaladi. Bank xizmati ancha taraqqiy etgan. Aholi turmush farovonligi ham yuqori darajada.

Jahonning eng mitti davlatlari

San-Marino davlatida 32 ming aholi yashaydi. Evropaning janubiy qismida joylashgan mazkur mamlakat Italiya bilan chegaradosh. San-Marino jahoning nafaqat kichik davlati, balki Evropadagi eng qadimiy davlat hisoblanadi. Bu davlatga eramizning 3-asrida asos solingan. Poytaxti San-Marino shahri bo‘lib Monte-Titano tog‘ida joylashgan. Bu tog‘ va u erdagi qadimiy binolar YuNESKO tomonidan Insoniyatning madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Jahonning eng mitti davlatlari

Aholisi 11 ming kishidan sal oshadigan Tuvalu davlatining poytaxti Funafuti shahridir. Bu davlat Tinch okeanidagi atolla va orollardan tashkil topgan. Iqlimi tropik. Mavsumga qarab yog‘ingarchilik va qurg‘oqchilik bo‘lib turadi. Ayrim hollarda orol orqali vayrona keltiruvchi tsiklonlar o‘tadi. Okeaniyadagi boshqa davlatlar singari Tuvaluning iqtisodiyoti davlat sektoriga tayanadi, ayrim hollarda qishloq xo‘jaligi va baliqchilikka qaratilgan.

Jahonning eng mitti davlatlari

Tinch okeanidagi Nauru davlatining rasmiy poytaxti yo‘q. Hukumat Yaren okrugida faoliyat yuritadi. Mamlakat aholisi 10 ming kishidan iborat. Nauru eng kichik davlatlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinda turadi. Mamlakatda, asosan, fosforit etkaziladi. Turizm deyarli rivojlanmagan. Tabiati juda ham ifloslangan.

Jahonning eng mitti davlatlari

Monako davlatining aholisi 36 ming kishidan iborat. Poytaxti ham Monako deb yuritiladi. Frantsiya bilan chegaradosh bo‘lgan mazkur mamlakat kazinolari bilan mashhur. Shuningdek bu mamlakatda sport ishqibozari juda ko‘p. Formula I chempionatlari o‘tkazib turiladi. Turizm daromad keltiruvchi tarmoqlardan biridir. Monakoda soliqlar eng kam bo‘lib, bank siri mutloqo maxfiy saqlanadi. Monako qurolli kuchlari saflarida 82 nafar harbiy xizmatchi bor. Ammo harbiy orkestrda esa 85 kishi mehnat qiladi.

Afrika qit’asida eng kichik mamlakat sifatida Seyshel orollari tan olinadi. Shimoliy Amerikada esa Sent-Kits va Nevis davlati ko‘riladi. Janubiy Amerikada esa Surinam eng kichik mamlakat ekani aytiladi. Buyuk Britaniya sohillaridagi Silend davlatining mustaqilligi biror bir mamlakat tomonidan tan olinmagan. Shu sababli ham bu davlatni eng kichik mamlakatlar ro‘yxatiga kiritib bo‘lmaydi.


Sharofiddin To‘laganov


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar