Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.07.2016

Och qoringa yeb bo‘lmaydigan 8 mahsulot

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 164
Och qoringa yeb bo‘lmaydigan 8 mahsulot

Qorin ochiqqanida dasturxonga qo‘yilgan jamiki noz-ne’matlarni paqqos tushirgimiz keladi. Ammo bu ishimiz oshqozonimizga og‘irlik qilishi haqida sira o‘ylamaymiz. Yo‘q, o‘ylaymiz, faqat sal keyinroq, og‘riq yoki biror bezovtalik kelib chiqqanida. Bunday bo‘lmasligi uchun esa och qoringa yeyilmaydigan mahsulotlar bilan tanishib olsangiz, zarar qilmaydi. Bu borada oliy toifali shifokor-terapevt Nodira HAMROYeVAning fikrlari bilan qiziqdikb, deb yozmoqda "Darakchi" nashri.

BANAN
Mevalar hazm faoliyatini yaxshilaydi, deymiz-u, ammo mevadan mevaning farqi bor-da. Masalan, tarkibida magniy ko‘p bo‘lgan bananni och qoringa yeyish tavsiya etilmaydi. Yo‘qsa, magniy va kalsiy muvozanati buzilishi mumkin. Bu esa yurak qon-tomir tizimi faoliyatida turli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.

SITRUS MEVALAR
Yoz jaziramasida ko‘chadan kirgan zahotingiz muzdek sitrus mevalarga ixtiyor berasizu, chanqog‘ingizni qondirasiz. Aslida esa oshqozoningizning gaz va kislotalar bilan to‘lgani qoladi, xolos. Ayniqsa, sitrus meva sharbatlari me’da devorlarini qattiq ta’sirlantiradi. Natijada fermentlar ta’sirlanishi yuz berib, turli kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Bu holat ayollarda hayz siklining o‘zgarishini ham sabab bo‘ladi.

DO‘LANA
Ko‘p miqdordagi organik moddalar va limon kislotasi oshqozon suyuqligining faol ajralishiga olib keladi. Och qoringa me’da shirasi shusiz ham ko‘p ajraladi. Do‘lana esa ushbu holatni yanada jadallashtirishi mumkin.

YOGURT
Diyetologlar tavsiyasi: yogurtni och qoringa iste’mol qilmang. Ushbu mahsulot nonushtadan so‘ng yoki uyquga yotishdan oldin yeyilsa, hazm faoliyatini yaxshilaydi. Och qoringa esa foydali hususiyatini yo‘qotadi.

KARTOShKA
Qovurilgan kartoshka fri, kartoshkali quymoq yoki yana boshqa yeguliklar albatta, mazali. Biroq taomlanishni bular bilan boshlamang. Kartoshka tarkibida oshlovchi moddalar va pektin bo‘lib, oshqozon shirasining ajralishini faollashtiradi. Shira me’yoridan ko‘p ajralganida esa oshqozonda og‘irlik seziladi.

XURMO

To‘yimli va og‘izga xush yoquvchi ta’mli xurmo bilan tamaddi qilishni boshlaysiz. Ammo bir narsani unutmang: xurmo tarkibida ham huddi kartoshka kabi moddalar, oshlovchi kislota va pektin bor. Bo‘sh oshqozonga yeyilganida, yaxshi hazm bo‘lmay, gelga o‘xshash ko‘rinishga keladi. Bu esa o‘z navbatida toshga aylanishi mumkin.

POMIDOR
Issiq kunlarda pomidor qo‘shilgan sabzavotli salatlar jonning rohati. Ammo 2-3 soatdan beri hech nima iste’mol qilinmagan bo‘lsa, tamaddini salat bilan boshlash mumkin emas. Chunki pomidorda ham pektin moddasi bor. Yaxshi hazm bo‘lmaganida oshqozonda og‘riq paydo qiladi.

ShAKAR
Ko‘pchilik avval shirin choydan xo‘plab, so‘ng biror nima tamaddi qiladi. Bu noto‘g‘ri! Shakar juda tez singish hususiyatiga ega. Bo‘sh oshqzonga tushganida tezda «yo‘li» ni topib oladi. Qarabsizki, organizmingiz qondagi insulin miqdori nazoratini qo‘ldan chiqaradi. Bu hali hammasi emas. Muntazam och qoringa shirin choy ichilishi ko‘z nuriga ham ta’sir etadi.

SARIMSOQ
Ishtahani yaxshilaydi, deya e’tirof qilinsa-da, och qoringa sarimsoqni tanlamang. Bu poliz ekini tarkibidagi allitsin moddasi oshqozon devorlarini qattiq ta’sirlantiradi. Tez-tez takrorlanishi esa gastrospazmaga olib kelishi mumkin.

Juda ochiqqan bo‘lsangiz ham ishtahangizni nazorat qilishga harakat qiling. Qorinning g‘amini yeyapman deya, oshqozonning tashvishiga tushib qolmang tag‘in.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar