Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.07.2016

"Yangi mehmon" to‘g‘risidagi yangilikni bo‘lishishning 10 yo‘li

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 498
"Yangi mehmon" to‘g‘risidagi yangilikni bo‘lishishning 10 yo‘li

Oilada yangi a’zoning paydo bo‘lishi hamma uchun katta bayram hisoblanadi. Chaqaloqning tug‘ilishini ko‘pchilik sabrsizlik bilan kutadi. Ammo atrofdagi yaqinlaringizni yaqinda ona bo‘lishingiz haqidagi yangilikdan qanday qilib o‘ziga xos tarzda xabardor qilish biroz murakkab ish. Mushkulingizni oson qilish maqsadida ba’zi qiziq g‘oyalarni sizga taqdim qilishga qaror qildik. Siz ulardan foydalanib, oila a’zolaringiz xursandchiligiga yanada ko‘proq xursandchilik qo‘shishingiz mumkin.

YaNGILIKNI TURMUSh O‘RTOG‘INGIZ BILAN QUYIDAGIChA BO‘LIShIShINGIZ MUMKIN[/b]

Metafora (O‘xshatish)

Bo‘lajak ona Karen o‘z hikoyasi bilan bo‘lishmoqda. “Erimning qo‘lini kaftimga olib, unga no‘xat donasini qo‘ydim va shunday dedim: “Bizning farzandimiz ham hozir xuddi shunday kichkinagina!” Shunda uning og‘zi hayratdan ochilib qoldi. Turmush o‘rtog‘im ko‘zlarida yosh qalqdi”.

O‘yin

Yana bir ayol eriga ota bo‘lishini bildirish uchun o‘yin – pazl tayyorladi. Harflar to‘liq yig‘ib bo‘lingach, unda “To‘lishayotganing bilan tabriklayman”, degan yozuv paydo bo‘lardi. Bo‘lajak ota oila a’zolari bilan boshqotirmani echib bo‘lgach, kutilmagan yangilikdan va baxtdan yig‘lab yubordi.

Hazil

Bir hazilkash ayol turmush o‘rtog‘iga homiladorligini aytish uchun kartochka-otkrыtka tayyorladi. Otkrыtka ustiga shunday yozilgan edi: “Tabriklaymiz! Sizning suzuvchingiz mazkur suzishda g‘alaba qozondi”, yozuv otkrыtka ichida davom etardi: “Sovrinni 9 oydan so‘ng olishingiz mumkin!” Aytish kerakki, baxti chopgan ota bu xabarni tezda tushuna olmadi… Biroq saldan keyin u hammasini tushunib etib, kulish bilan birga xursandchilikdan yig‘lar edi.

Bayram

AQShda otalar kuni nishonlanadi. Bir homilador ayol bu kundan oqilona foydalanib, erini otalar kuni bilan tabriklab, unga tabriknoma yozib qoldirdi. Ayolga homiladorligi to‘g‘risidagi xabarni bayram arafasida bilib qolgani qo‘l keldi va u turmush o‘rtog‘ini ramziy tabriknoma bilan xursand qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Kupon

Kuponlarga egulik berilgan vaqtlar haqida eshitgandirsiz? Bo‘lajak ona ushbu g‘oyadan samarali foydalandi. U turmush o‘rtog‘i uchun kupon yasadi. Unga ko‘ra, er 1 nafar farzandni ma’lum bir yilning ma’lum oyida olishi mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yozilgan edi.

O‘zingizni bilmaganga soling!

Yana bir aqlli bo‘lajak ona o‘zini ertalabdan biroz darmonsiz his qildi. Eridan farqli o‘laroq u homiladorligini bilardi. Ayol eridan isitmasini o‘lchashi uchun termometrni uzatib yuborishni so‘radi. Saldan keyin u turmush o‘rtog‘iga “Men o‘zimni juda yomon his qilyapman va bu narsa nimani ko‘rsatayotganini bilmayapman”, deb termometr o‘rniga ikkita tayoqchani ko‘rsatib turgan homiladorlikni aniqlovchi moslamani uzatdi. Yigit biroz vaqt qotib qolib, keyin xursandligidan sakray ketdi.

ENDI OTA-ONANGIZGA YaNGI MEHMON KUTAYoTGANINGIZNI QANDAY AYTISh HAQIDA GAPLAShAMIZ

Paytini poylang

Ayolning onasi qizining charchagani to‘g‘risidagi gapini eshitishi bilan “Homiladormisan?”, deb savol beraverardi. Shu zaylda ona “Ha” degan javobni eshitmaguncha uch yil o‘tdi. Shundan so‘ng ona qiziga diqqat bilan razm solib, kulib yubordi – “Hazillashyapsana?” dedi. Ha, qiz onasini ishontirish uchun test natijalarini ko‘rsatishga majbur bo‘ldi.

So‘zsiz

Er-xotin yigitning ota-onasiga ayolining homiladorligini belgilar yordamida bildirishga qaror qilishdi. Ular bo‘lajak bobo-buvining yoniga shishirilgan ikkita moviy va pushti shar bilan tashrif buyurishdi. Keyin ularning har biriga bittadan shar berib, qanday fikr bildirishlarini kutishdi. Yigitning ota-onasi yangilikni tezda anglab etishdi.

Surat

Biz bola hali tug‘ilmasidan ancha oldin tasvirga olish imkoni bo‘lgan texnika behad rivojlangan zamonda yashaymiz. Bir juftlik bolasining birinchi UZIdan olingan suratini ota-onalariga otkrыtka sifatida yuborishdi. Unda mana bu xabar yozilgandi: “Tanishing, oilamizning yangi mehmoni”.

Qo‘shiqdan foydalanamiz

Britni Spirsning “Voy, men yana shunday qildim”, deb nomlangan qo‘shig‘ini eshitganmisiz? Er-xotin o‘zlarining yana bir bor ota-ona bo‘lishlari haqidagi xabarni eshitib, mazkur qo‘shiqdan foydalanishdi. Ular katta o‘g‘li uchun “Voy, ular yana shunday qilishdi! Men 2014 yil oktyabrida aka bo‘laman”, yozuvi tushirilgan ko‘ylak buyurtma berishdi. Ular mana shu yozuvli libos bilan qarindoshlarinikiga mehmonga borishdi.

Ajoyib g‘oyalar shunday emasmi?! Kulgili, o‘ziga xos, ta’sirli va o‘ta ijobiy, ko‘ngilni ko‘taruvchi. Bunday unitilmas onlar va yaqinlaringizni xursand qilish uchun yorqin va betakror fikrlar o‘ylab toping.


[b]Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar