Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.06.2016

SAHRO BAG‘RIDAGI SALTANAT

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 544
SAHRO BAG‘RIDAGI SALTANAT

Saudiya Arabistonining neft sanoati bo‘yicha etakchi mamlakat ekanini yaxshi bilamiz. Lekin bu Saudiya saltanatining yagona xususiyati emas. Iqtisodi rivojlangan davlat sifatida turli sohalarda o‘ziga xos ustunlikni namoyish etadi.

Marhamat, ular bilan tanishib chiqing.

1. Saudiya Arabistonining poytaxti ar-Riyod shahrida katta tuya bozori bo‘lib, u erda kuniga 100ga yaqin tuyalar oldi-sotdisi bo‘lib o‘tadi.

2. Saudiya Arabistonida ishchi kuchining 80 foizi xorijliklar hissasiga to‘g‘ri keladi. Mamlakat ishchilar soni 8 milliondan oshadi. Ulardan 80 foizi, ya’ni, 6 milliondan ortig‘i mahalliy bo‘lmagan odamlardan tashkil topgan. Ularning ko‘pchiligi neft va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlaydi.

SAHRO BAG‘RIDAGI SALTANAT

3. Saudiya Arabistonidagi Gavar neft koni zahirasi 4 770 897ta Olimpiya suv havzasiini (Olimpiya o‘yinlari talablariga mos basseynlar o‘rtacha 250 000 litr sig‘imga ega bo‘lishi kerak) to‘ldirishga etadi. Ushbu neft koni dunyoda eng katta maydonga ega neft koni hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, Gavarda hali qazib olmnmagan neft zaxirasi 75 milliard barrelni tashkil etadi. Saudiya Arabistonining yillik harbiy xarajatlari Afg‘oniston YaIMining uch barobaridan ham ko‘prog‘iga teng (Afg‘oniston YaIMi 20,7 milliard AQSh dollariga teng). 2013 yil ma’lumotlariga ko‘ra, davlatning harbiy sarflari 67 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Saudiya Arabistonini harbiy xarajatlar bo‘yicha AQSh, Xitoy va Rossiyadan keyingi to‘rtinchi o‘ringa olib chiqadi. Harbiy sohani moliyalashtirish bo‘yicha 15ta yirik mamlakat ichida Saudiya jami yalpi ichki mahsulot hisobidan eng katta qismini ajratadi.

SAHRO BAG‘RIDAGI SALTANAT

4. Saudiya Arabistoni hududi kattaligi bo‘yicha dunyoda o‘n uchinchi o‘rinda turadi. Arab dunyosida esa o‘zining 2 150 000 km kv maydoni bilan Jazoirdan keyin ikkinchi o‘rindagi yirik davlat hisoblanadi. O‘lkaning 95 foizlik qismi cho‘l va yarimcho‘llardan iborat. Uning ikkita eng katta cho‘l zonalari al Nafud va Rub al Xali hisoblanadi.

SAHRO BAG‘RIDAGI SALTANAT

5. Saudiya Arabistonida balandligi bir kilometrlik Qirollik minorasi qurilmoqda. U 2018 yilda dunyodagi eng baland bino bo‘lishi kutilmoqda. O‘z navbatida, Xitoy ham bir kilometrlik bino qurishni rejasiga kiritib, bu borada raqobat qilishni maqsad qilgan.

SAHRO BAG‘RIDAGI SALTANAT

6. Qirollik minorasi 1,23 milliard AQSh dollarga baholanayapti.

SAHRO BAG‘RIDAGI SALTANAT

7. Saudiya Arabistoni ayollarga mashina boshqarishni taqiqlangan yagona davlat. “Reyters” agentligining yozishicha, “ushbu konservativ islom davlatida ayollarning mashina haydashini taqiqlovchi qonun yo‘q, lekin mamlakat ichkarisida avtomobil boshqarish uchun mahalliy haydovchilik guvohnomasini talab etiladi. Bunday guvohnomalar esa ayollarga berilmaydi”. Ma’lumot uchun, saudiyalik ayollarning yarmidan ko‘pi ishsiz hisoblanadi.

SAHRO BAG‘RIDAGI SALTANAT

8. Qirollik aholisining 47 foizi 24 yoshdan oshmagan yoshlardan iborat. Aholining chorak qismini 14 yoshdan oshmagan o‘smirlardan tashkil qilsa, mamlakatda istiqomat qiluvchilarning deyarli yarmi 24 yoshga chiqmagan yigit-qizlar hisoblanadi.

SAHRO BAG‘RIDAGI SALTANAT

9. Saudiyaning neft sohasi YaIMning 45 foizini, ya’ni 335 372 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Bu Iroq, Marokash, Ruanda va Tongo davlatlarining YaIMini qo‘shib hisoblangan summadan ham ko‘pdir (Iroq YaIMi – 222.8 milliard, Marokash YaIMi – 104.4 milliard, Ruanda YaIMi 7.4 milliard va Tongo YaIMi 466 million AQSh dollarini tashkil etadi).

SAHRO BAG‘RIDAGI SALTANAT

10. Qirollikning sog‘liqni saqlash sohasi uchun ajratadigan xarajatlari Serra-Leone YaIMidan 4,5 barobar ko‘proq.

SAHRO BAG‘RIDAGI SALTANAT

11. Saudiya Arabistoni maydoni o‘lchami bo‘yicha Bangladeshdan 14.5 barobar katta (Bangladesh maydoni 91 700 km kv), ammo Bangladesh aholisi bu davlatnikidan deyarli olti marta ko‘proq hisoblanadi.

SAHRO BAG‘RIDAGI SALTANAT

Bangladeshning aholisi 166 milliondan oshadi. Saudiya Arabistoni sarhadlarida esa 27.5 millionga yaqin odam yashaydi. Saudiyaliklarning 80 foizi shaharlar tashqarisida yashaydi.

SAHRO BAG‘RIDAGI SALTANAT

12. 2012 yilda Saudiya va chet mamlakatlardan jami 3 milliondan ortiq odam Hajga borgan. Bu Feniks hamda Filadelfiya shaharlari aholisining bir vaqtda Makkada yig‘ilishi bilan barobardir. (Feniks shahrining aholisi 1.513 mln kishi, Filadelfiyaning aholisi esa 1.553 mln kishini tashkil etadi).

SAHRO BAG‘RIDAGI SALTANAT


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar