Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.06.2016

Mashhur shaxslarning omma bilmagan yoshlik yillari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 237
Mashhur shaxslarning omma bilmagan yoshlik yillari

O‘z davrining buyuk shaxslari faqat keksaygan chog‘larida, balki yoshlik yillarida ham katta muvaffaqiyatlarga erishib, ko‘plab maqsadlarni amalga oshirishgan. Bu kabi hodisalar ilm-fan, san’at va adabiyot hamda hayotning turli sohalarida kuzatilgan. Lekin tarixiy shaxslarning ijodiy faoliyati qaysi davrda samaraliroq bo‘lgani haqida so‘z borsa, albatta, ularning yoshi ulug‘, keksaygan holati ko‘z oldimizga keladi. Biz bugun yodga oluvchi buyuk shaxslar har doim ham yoshi ulug‘, mo‘ysafid bo‘lishmagan. Ularning ham o‘z yoshligi bor. Bundan tashqari, ular yoshlik yillaridayoq jiddiy va ahamiyatli ishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lishgan.


Dmitriy Ivanovich Mendeleev

Mendeleev o‘zining yoshlik yillarida qiziqqon va mahoratli olim bo‘ladi va zamonaviy kimyo sohasida bir qator katta yangiliklar yaratadi. 1865 yili 35 yoshida o‘zining «Spirt bilan suvning aralashmasi» nomli doktorlik dissertatsiyasini amalga oshiradi va bu bilan katta kashfiyotga qo‘l uradi.

Charli Chaplin

Mashhur shaxslarning omma bilmagan yoshlik yillari

21 yoshli hali nomi chiqmagan aktyor Charli Chaplin 1910 yilda Buyuk Britaniyadan AQShga keladi. 1912 yilda yana Angliyaga qaytib ketadi, 5 oydan so‘ng Karno truppasi bilan birga Amerikaga qaytib keladi va mamlakatda qolishga qaror qiladi.

Sahnadagi chiqishlari chog‘ida kinoprodyuser Mak Sennet Chaplinni kuzatib turadi. Charlining o‘yini Sennetga manzur bo‘ladi va uni o‘zining «Kistoun» studiyasida ishlashga chaqiradi. 1913 yilning 23 sentyabrida Chaplin haftasiga 150 dollarlik maosh evaziga «Kistoun» bilan shartnoma tuzadi. Avvaliga aktyorga katta ishonch bildirishmaydi. Biroq Chaplin kino sanoati shartlarini o‘zining noodatiy kulgilari bilan zabt etib, tarixdagi eng mashhur insonlardan biriga aylanadi.


Uinston Cherchill

Mashhur shaxslarning omma bilmagan yoshlik yillari

Janubiy Afrikadagi burlar qabilasi bilan jangda hamda Hindistondagi qo‘zg‘olonlarni bostirishda katta xizmat ko‘rsatgan urush qahramoni Uinston Cherchill 26 yoshida Lankashir grafligidan parlamentga nomzodini qo‘yadi. U liberallar nomzodidan 222 ovoz bilan o‘zib ketadi va 1900 yildi 26 yoshidayoq jamoat partiyasi a’zosiga aylanadi. Aynan o‘sha yilda Cherchill o‘zining yagona badiiy asari —«Savrola» romanini chop ettiradi. Ko‘pchilik adabiyotshunoslar asardagi bosh qahramon — Savrola obrazida muallif o‘zini tasvirlagan, deb hisoblashadi. 1901 yil 18 fevral kuni u Palatada birinchi marta nutq so‘zlaydi va barchani bosib olingan burlar qabilasiga rahm-shafqat ko‘rsatishga chorlaydi.


Albert Eynshteyn

Mashhur shaxslarning omma bilmagan yoshlik yillari

Eynshteyn 1905 yilda nazariy fizikaninng asosi bo‘lgan to‘rtta maqolani chop ettiradi. O‘sha vaqtda u shveytsar patentlash idorasida kotib bo‘lib ishlaydi va bir vaqtning o‘zida doktorlik dissertatsiyasini yozadi. Yuqoridagi to‘rtta maqolada u matematika nisbiylik nazariyasi va boshqa nazariyalarni ta’riflab o‘tgan. Keyinchalik esa u yaratgan nazariyalar 39 yoshida Nobel mukofoti sovrindori bo‘lishiga olib keladi.

Lev Tolstoy

Mashhur shaxslarning omma bilmagan yoshlik yillari

Lev Tolstoy o‘zining 34 yoshida juda faol ravishda sayohat qiladi va shifokorlar tavsiyasi bilan o‘sha davrda mashhur va yangi bo‘lgan qimizli davolanish uchun Samara viloyatidagi boshqirdlarning xutori Qoraliqqa jo‘nab ketadi. U erda Tolstoy boshqird o‘tovlarida yashaydi, qo‘y go‘shtini tanovul qiladi. Quyoshda cho‘milib, qimiz ichadi. Shuningdek, boshqirdlarning sevimli o‘yini bo‘lgan shashkani o‘ynashga qiziqib qoladi. Ilk bor Tolstoy u erda yarim oy yashaydi. 1871 yilda «Urush va tinchlik»ni yozib tugatgach, ahvoli yomonlashib, yana qaytib keladi. U o‘z taassurotlari haqida quyidagicha yozadi: «G‘amginlik va befarqlik o‘tib ketdi, barcha narsa yangi va qiziq… Qishloqdagi insonlar, Herodotni eslatuvchi boshqirdlar, barchasining ko‘ngli ochiq, oddiy insonlardir, ayniqsa, xalqning soddaligi va mehmondo‘stligi juda ham qiziq».

Fidel Kastro

Mashhur shaxslarning omma bilmagan yoshlik yillari

Fidel 1940 yilda o‘sha davrdagi Amerika prezidenti Franklin Ruzveltga maktub yozadi. Prezident rahbariyatidan maktubga javob kelgach, Kastro juda ham mashhur bo‘lib ketadi.

Fidel Kastro erinlik oroli rahbari etib tayinlanganida 33 yoshda bo‘lgan. 1959 yilning 1 yanvarida Gavanaga isyonchilar armiyasi kirib keladi. Poytaxt aholisi Batista hukumati ag‘darilishidan quvongan edi. O‘sha kuni Batista raqiblari majlis o‘tkazadi va natijada yangi hukumat shakllanadi. O‘zining adolatparvarligi bilan dong‘i ketgan Manuel Urrutia vaqtinchalik prezident etib saylanadi. Bosh vazir – liberallar advokati Miro Kardon bo‘ladi. 8 yanvar kuni poytaxtga yangi harbiy vazir etib tayinlangan Fidel Kastro etib keladi va hukumat rahbariga aylanadi. 1957 yilda Kastro «Nyu-York Tayms» gazetasi muxbiriga bergan intervyusida shunday deydi:

«Hokimiyat meni qiziqtirmaydi. G‘alabadan so‘ng men o‘z qishlog‘imga qaytib, advokatlik amaliyoti bilan shug‘ullanaman».


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar