Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.06.2016

Erkaklar uchun moda qoidalari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 979
Erkaklar uchun moda qoidalari

Biz sizlarni dunyodagi eng modabop inson bo‘lishga chaqirmaymiz. Muhimi, siz tanlagan kiyimingiz o‘zingizga yoqishi, qulay va orasta bo‘lishi kerak. Biroq, ba’zi qoidalar borki, ularni hech qachon buzish kerak emas. Yana bir bor ta’kidlaymiz, maslahat yoki tavsiyalar emas, balki aynan qoidalar. Biz shunday 15 qoidadan iborat bo‘lgan ro‘yxatni hukmingizga havola etamiz.

1. Gadjetlaringizni belingizda olib yurmang.

Erkaklar uchun moda qoidalari

Faqat Betmengina bor bisotini belida olib yuradi. Supermen esa triko ustidan ishton kiyadi. Ularga mumkin (hazil).

2. Tumshug‘i kvadrat shaklida bo‘lgan poyabzal kiymang.

Erkaklar uchun moda qoidalari

Hozirda poyabzali kvadrat shaklida bo‘lgan kvadrat odamchalarni faqatgina Lego konstruktorida uchratish mumkin.

3. O‘lchamlaringizga mos kiyim kiying.

Erkaklar uchun moda qoidalari

Katta o‘lchamdagi pidjak sizning mushaklaringizni katta qilib qo‘ymaydi, siqib turadigan shimlar esa sizga xushbichim ko‘rinish bermaydi. Birkalardagi o‘lchamlarga qarang, axir uni ahmoq odamlar o‘ylab topmagan.

4. Qappayib turgan hamyon boylik belgisi hisoblanmaydi.

Erkaklar uchun moda qoidalari

Dunyoda didsiz narsalar juda ko‘p, biroq turli qog‘ozlar bilan qappayib turgan hamyondan xunukrog‘i bo‘lmasa kerak. Barcha kvitantsiyalar, to‘lov talonlari va boshqa keraksiz narsalarni tashlab yuboring, pul va plastik kartalarni esa klipsa (qisqich)larda olib yurishingiz mumkin.

5. Yorqin rangdagi paypoqlar kiymang.

Erkaklar uchun moda qoidalari

Agar siz bolalar bayramiga masxaraboz sifatida taklif qilinmagan bo‘lsangiz, unda yorqin paypoqlar kiyishdan har qanaqasiga bo‘lsa ham qoching.

6. Hech qachon sandallar bilan paypoq kiymang.

Erkaklar uchun moda qoidalari

7. Ko‘ylagingiz yoqasini tushirib oling va ikkita tugmadan boshqasini echmang.

Erkaklar uchun moda qoidalari

Yuragida o‘ti bor macholar ko‘rinishini kinoqahramonlarga qoldiring. Bu juda ahmoqona ko‘rinadi, biroq ular shunga pul oladilar.

8. Kamaringiz va tuflingiz rangi mos kelishi kerak.

Erkaklar uchun moda qoidalari

9. Sport kiyimini shunga mos hollarda kiying.

Erkaklar uchun moda qoidalari

Umuman olganda, sport kiyimi jismoniy faollik bilan shug‘ullanganda kiyish uchun yaratilgan.

10. Jinsi shimlarni jinsi kurtkalar bilan kiymang.

Erkaklar uchun moda qoidalari

Bunday ko‘rinish qachonlardir juda qat’iy ko‘ringan. Bor-yo‘g‘i 30 yil oldin.

11. Hech qachon jinsi shim bilan oqish rangdagi krossovkalar kiymang.

Erkaklar uchun moda qoidalari

Agar Stiv Jobs bo‘lmasangiz, albatta.

12. To‘liq qadam bosishga imkon bermaydigan shimlar kiymang.

Erkaklar uchun moda qoidalari

Bunga yana yuqoridagi shimlarning aksi bo‘lgan – telepuziklarning shimiga o‘xshash og‘i osilib turadigan shimlarni ham qo‘shish mumkin.

13. Ataylab eskicha ko‘rinish berilgan kiyimlarni kiymang.

Erkaklar uchun moda qoidalari

Eski jinsi shim bilan fabrikada eski ko‘rinish berish uchun ataylab yirtilgan yoki edirilgan shim orasida bamisoli uy pishirig‘i bilan ko‘chada sotiladigan pishiriq orasidagi kabi farq bor.

14. Oq paypoq va qora tufli? Hech qachon!

Erkaklar uchun moda qoidalari

Buni faqat Maykl Jeksongina o‘ziga ep ko‘rgan. Biroq hozir u yo‘q.

15. O‘tkir hidli dezodarantlardan tiyiling.

Erkaklar uchun moda qoidalari

Dezodorantingizdan kimyoviy qirg‘in quroli sifatida foydalanmang. Axir dunyo u siz ham nozikdir.

Bu ro‘yxatni davom ettira olasizmi? Barcha moda bilimdonlari va nozik did egalarini mulohaza yuritishga chorlaymiz!


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar