Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.06.2016

O‘zini etarlicha qadrlamaslikka olib keluvchi 5 odat

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 218
O‘zini etarlicha qadrlamaslikka olib keluvchi 5 odat

O‘zini etarlicha qadrlamaslik bilan bog‘liq muammolar ko‘pincha boshqa muammolarni keltirib chiqaradi: uyatchanlik, ishonchsizlik, jamoa bilan kelisha olmaslik.

E’tiboringizga o‘zini etarlicha qadrlamaslikdan dalolat beruvchi 5 odatni havola qilamiz, ular haqida bilib oling va ulardan xalos bo‘lishga harakat qiling.


1. Taqqoslash odati

O‘zini boshqalar bilan taqqoslash va ularga pastdan tepaga qarash odati – qaramlik belgisi. O‘zini boshqalar orqali baholash haqiqiy o‘zlikni hech qachon anglamaslikka olib kelishi mumkin. Agar siz o‘z hayotingiz boshqaruvini qo‘lga olmasangiz, sizning o‘rningizga buni uddalaydigan kimsalar topiladi.


2. Raqobatlashish odati

O‘zini etarlicha qadrlamaslikka olib keluvchi 5 odat

Kimdandir yaxshiroq bo‘lishga intilish o‘zini boshqalardan yomonroq his qilish va buning aksini isbotlashdan kelib chiqadi. Kamsitilgan shaxsiyat - yagona rag‘batingiz bo‘lar ekan, siz quvlashmachoq o‘ynab yashayverasiz. Zero, doimo qaysidir jihati bilan sizdan-da yaxshi insonlar paydo bo‘laveradi.


3. Umid qilish odati

O‘zini etarlicha qadrlamaslikka olib keluvchi 5 odat

O‘zingizga ishonishdan voz kechib, siz kimdandir umid qilib yoki nimanidir kutib yashaysiz. Har doim biror nimani kutasiz va hattoki uning nimaligini o‘zingiz ham bilmaysiz.


4. E’tirof izlash odati

O‘zini etarlicha qadrlamaslikka olib keluvchi 5 odat

O‘z qadrini bilmagan kishilar tashqaridan baho qidirishadi. Ba’zi insonlar birovlarning tan olishini istab, o‘zi xohlagan ishni emas, balki e’tirof etilishiga sabab bo‘ladigan ishni bajarishadi. Biroq shaxsiyat to‘yish nimaligini bilmaydi. Bunday tor doiradan faqatgina ichki ruhiyatdan kelib chiqadigan o‘zlikni anglash orqali chiqib ketish mumkin.


5. Manipulyatsiya qilish odati

O‘zini etarlicha qadrlamaslikka olib keluvchi 5 odat

O‘z kuchiga ishonmagan inson o‘z maqsadlariga erishish uchun boshqalar kuchidan foydalanadi. Ular xohlasa-xohlamasa, manipulyatorga aylanadi. Bunday kishilar rahm-shafqatga bosim o‘tkazishadi, vijdonli bo‘lishga chorlashadi va aybdorlik hissi bilan o‘ynashishadi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar