Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.06.2016

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 765
Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

2050 yilga borib, dunyo aholisining uchdan ikki qismi shaharlarda yashaydigan bo‘lishadi, bugungi kunda sayyoramiz aholisining yarmi shaharlarda yashaydi. Bunday demografik siljish shahar hayotini yaxshilash masalasida alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu murakkab jarayon infratuzilma rivoji, texnologik innovatsiyalar, ijtimoiy siyosat, atrof-muhit muhofazasi va boshqa ilg‘or choralar ko‘rishni o‘z ichiga oladi. Global biznes-konsultatsiyaga asoslangan «AT Kearney» kompaniyasi dunyoning 125 shahrini o‘rganib chiqdi. Shaharlar istiqboli to‘rt mezonga ko‘ra baholandi: shaxsiy farovonlik, iqtisodiyot, innovatsiyalar va boshqaruv. Shunday qilib, dunyoning eng kelajagi porloq shaharlari bilan tanishing!

25. Vankuver, Kanada

Tadbirkorlikning rivojlanishi Vankuverga eng istiqbolli shaharlar ro‘yxatida 27-o‘rindan 25-o‘ringa ko‘tarilishga yordam berdi. 5 iyun kuni Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo shahar tranzit infratuzilmasiga 900 million dollar investitsiya qilish bitimi imzolanishi haqida ma’lum qildi, bu kelajakda uning bahosini yanada ko‘tarishi mumkin.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

24. Kopengagen, Daniya

«AT Kearney» o‘z ma’ruzasida 14ta shaharni "aqlli" deb atadi, zero ularning taraqqiyot strategiyasi texnologiyalarga asoslangan. Kopengagen ana shular shumlasidandir. "Aqlli" shaharlar orasida Barselona, Bryussel, London, Parij va Vena shaharlari ham qayd etilgan.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

23. Taybey, Tayvan

Hozirgi paytda u joriy unumdorlik indeksida 43-o‘rinni egallasa-da, ekologik faoliyat, tadbirkorlik va jon boshiga patentlar ko‘rsatkichlaridagi ijobiy o‘zgarishlar Taybeyga kelajakning eng yaxshi 25 shahri qatoriga kirishga imkon yaratdi.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

22. Bryussel, Belgiya

Joriy yilda Belgiya hukumati ilk marotaba o‘z faoliyatida to‘liq oshkoralik siyosatini yo‘lga qo‘ydi. Ro‘yxatdagi boshqa shaharlarga nisbatan Bryusselda siyosiy anjumanlar ko‘proq o‘tkazildi. Bu muddat ichida uning infratuzilmasi va ekologik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yaxshilandi.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

21. Los-Anjeles, AQSh

So‘nggi yillarda dunyoning ko‘plab shaharlarida ekologik ko‘rsatkichlar yomonlashdi, biroq Los-Anjelesda bu borada faqat ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Boshqa tomondan, shaharning barqarorlik va xavfsizlik darajasi muntazam kamayib bormoqda, bunga sabab - zo‘ravon guruhlarning ilg‘or faoliyati.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

20. Dallas, AQSh

O‘tgan yili mazkur shahar bu ro‘yxatga kiritilmagan edi, biroq uning innovatsiya sohasidagi salohiyatining o‘sishi bu yil uning istiqbolini oshirdi. Google ham uning salohiyatini qayd etdi: 14 iyunda kompaniya shahar hokimiyati bilan hamkorligi hamda yuqori tezlikka ega optik tolali aloqa o‘rnatish masalasini ko‘rib chiqishi haqida e’lon qildi.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

19. Tokio, Yaponiya

Tokio joriy unumdorlik indeksida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi, uning aholisi esa hozirgi paytda eng ilg‘or baholarni qo‘lga kiritmoqda. Biroq 15 iyunda Yaponiya poytaxti gubernatori talon-taroj bilan bog‘liq mojaro tufayli iste’foga chiqish uchun ariza yozdi. Yoiti Masudzoe – so‘nggi bir necha yil ichida Tokiodagi shahar boshqaruvida moliyaviy janjal bois o‘z mavqeini tark etgan ikkinchi rahbar hisoblanadi.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

18. Toronto, Kanada

O‘tgan yil davomida Toronto shu darajada gullab-yashnadiki, ko‘plab ekspertlar uni yangi texnologik markaz deb atay boshlashdi. Shuningdek shahar ekologik siyosat etakchisi sifatida ham qayd etiladi. 2010 yilda qabul qilingan qonunga muvofiq, turar joylardan tashqari har bir qurilgan yangi bino tomida yashil bog‘ barpo etilishi kerak.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

17. Singapur

Singapur Osiyo shaharlari "Global elita"siga kiruvchi ikkita shahardan biri bo‘lsa-da, uning ekologik ko‘rsatkichlari oxirgi yil ichida yomonlashdi. Bu uning 14-o‘rindan 17-o‘ringa tushishiga sabab bo‘ldi. Biroq hozirgi paytda, «AT Kearney» hisob-kitobiga ko‘ra, Singapur internet mavjudligi bo‘yicha dunyo etakchisi hisoblanadi.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

16. Jeneva, Shveytsariya

Jeneva shahar boshqaruvi turkumida Shveytsariyaning yana bir shahri - Tsyurix bilan bir qatorda etakchilik qiladi. Ikkala shahar aholisi ham keng diapazonli chastotalarga asoslangan yuqori imkoniyatli uzatish usulidan foydalanishadi, shuningdek televizion yangiliklarga eng qulay chiquvchi imkoniyatlarga ega, bu esa shaharni umumiy baholashda ijobiy ahamiyat kasb etdi.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

15. Melburn, Avstraliya

Bu yil Melburn to‘rtta kategoriyadan birida, aniqroq aytadigan bo‘lsak - shaxsiy farovonlik bo‘yicha etakchilik qilmoqda. Melburnda sayyoraning boshqa shaharlariga nisbatan infratuzilma, jon boshiga YaIM, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya yaxshi tomonga tezroq o‘zgarmoqda.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

14. Berlin, Germaniya

Amsterdam, London va Parij bilan bir qatorda Berlin shahri Evropaning "Global elita"si tarkibiga kiradi. Berlin o‘zining muvaffaqiyatli ekologik siyosati bilan mashhur, biroq o‘tgan yil ichida uning bu boradagi ko‘rsatkichi biroz yomonlashdi. Hukumat issiqxona gazlari chiqindilarini 80-95 foizga qisqartirishni rejalashtirmoqda. Shu bois u barqaror rivojlanuvchi dunyo etakchilaridan biri bo‘lib qolaveradi.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

13. Parij, Frantsiya

Parij - ma’lumot almashinuvi turkumida dunyo etakchisi, u fikrni erkin ifodalash, axborot agentliklari soni va Internetdagi faoliyatni o‘z ichiga oladi. Parij joriy faoliyat hisoboti indeksi bo‘yicha 3-o‘rinni egallaydi, shuningdek u tadbirkorlik va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya sohalaridagi ijobiy o‘zgarishlar sababli kelajakdagi eng porloq shaharlar ro‘yxatida 19-o‘rindan 13-o‘ringa ko‘tarildi.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

12. Sidney, Avstraliya

Barcha tadqiq qilingan shaharlar orasidan Sidney oxirgi besh yil ichida ekologik ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha eng yuqori suratlarni ko‘rsatdi. Bu borada unga faqat Melburn shahrigina teng kelishi mumkin. Bunday harakatlar shaharni ekologiya sohasidagi dunyo etakchisiga aylantirdi.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

11. Chikago, AQSh

So‘nggi yillar ichida Chikagodagi xususiy investitsiyalar va tadbirkorlik shu qadar yaxshi yo‘lga qo‘yildiki, bu shaharga eng istiqbolli shaharlar reytingining 17-o‘rnidan 11-o‘rniga ko‘tarilishiga yordam berdi. Boston, San-Frantsisko va Nyu-York bilan bir qatorda Chikago Amerikaning "Global elita" shaharlari tarkibidan joy oldi.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

10. Tsyurix, Shveytsariya

Hisobotga ko‘ra, Tsyurix shahar boshqaruvi turkumida ishonch bilan etakchilik sari qadam tashlamoqda. Mahalliy qonunlar biznes va investitsiyalar rivojiga qulay sharoit yaratmoqda, hukumat oshkoralik siyosatini qo‘llamoqda, shaharning byurokratik organlari esa boshqa shaharlarga qaraganda yaxshi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

9. Myunxen, Germaniya

Myunxen shahri Xyuston (AQSh) va Shenchjenem (Xitoy) bilan bir qatorda jon boshiga eng ko‘p patent soniga ega bo‘lgan shahar hisoblanadi, ammo ekologik muhitning yomonlashuvi bois u istiqbolli shaharlar reytingida 7-o‘rindan 9-o‘ringa pasaydi.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

8. Amsterdam, Niderlandiya

Hisobotga ko‘ra, sayyoramizdagi 15ta shahar "Global elita" sifatida e’tirof etildi, buning boisi - ular eng muvaffaqiyatli 25 shahar va eng istiqbolli 25 shahar ro‘yxatida qayd etilgan. Amsterdam - ana shunday shaharlardan biri. Xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi hamda xorijiy investitsiyalar shaharga yuqori o‘rinlarni zabt etish imkonini beradi va porloq kelajakni kafolatlaydi.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

7. Stokgolm, Shvetsiya

Shvetsiya poytaxti baholashning to‘rt mezoni bo‘yicha o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshiladi. Bundan tashqari, aynan Stokgolm hozirgi vaqtda erkin fikr bildirish bo‘yicha dunyoda etakchilik qiladi.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

6. Atlanta, AQSh

Atlantada uch yo‘nalish bo‘yicha ijobiy siljishlar ro‘y berdi: jon boshiga patentlar soni, xususiy investitsiyalar va yosh olimlar uchun homiylik dasturlari ko‘paydi. Bularning barchasi shaharning o‘tgan yilga nisbatan 10 pog‘onaga ko‘tarilishiga imkon yaratdi.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

5. Xyuston, AQSh

Xyuston jon boshiga YaIM soni bo‘yicha etakchilik qilmoqda, bu shaharning shaxsiy farovonligida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Shuningdek o‘tgan yil ichida Xyustonda patent ilovalar soni ko‘payishi kuzatildi.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

4. London, Angliya

«AT Kearney»ning joriy ko‘rsatkichlarga doir hisobotida London 2008 yildan beri birinchi marta Nyu-Yorkdan o‘zib ketdi. Biroq bu erdagi ekologik vaziyatning yomonlashuvi uni istiqbolli shaharlar reytingida Nyu-York va Bostondan keyingi o‘rinlarga munosib deb topdi.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

3. Boston, AQSh

Bostonda o‘tgan yil davomida tadbirkorlikning rivojlanishi qayd etilgan bo‘lsa-da, u istiqbolli shaharlar reytingida xuddi o‘tgan yildagi kabi 3-o‘rinni egalladi. Shunga qaramay, tadqiqotchilar shaharning to‘rt mezon bo‘yicha umumiy baholari biroz ko‘tarilganini qayd etishdi.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

2. Nyu-York, AQSh

2015 - 2016 yillarda Nyu-York istiqbolli shaharlar ro‘yxatida 4-o‘rindan 2-o‘ringa siljib, 2 pog‘onaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday natijaga shahar ichida biznes-faollikning o‘sishi tufayli erishildi.

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

1. San-Frantsisko, AQSh

«AT Kearney» 6 yildan beri bunday reytingni taqdim etadi va har yili ro‘yxatning eng yuqori pillapoyasida San-Frantsisko o‘zgarishsiz qoladi. Bu oxirgi yillarda shaharning eng haqiqiy innovatsiyalar markaziga aylangani bilan izohlanadi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar