Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.06.2016

Inson yaqinda ularni haydashni boshlaydi: 15 ta elektromobil haqida ma’lumot

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 723
Inson yaqinda ularni haydashni boshlaydi: 15 ta elektromobil haqida ma’lumot

Benzinli dvigatellar erasi yakunlanayotgani haqida hech kim tortishuvga bormasa kerak. Yaqin kelajakda yo‘llarda elektromobillar paydo bo‘lishi ham hech kimga sir bo‘lmay qoldi. Xorijda ular soni oshib bormoqda. Yirik avto ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘zlarining elektromobillarini taqdim etishga ulgurishdi. Ularning 15 tasini 2020 yilda foydalanishga topshirilishi kutilgan.

Tesla Model 3

Yaqinda Tesla kompaniyasi Model 3 ni taqdim etdi. U ilk ommaviy va arzon elektromobil bo‘ldi. Model 3 ni ishlab chiqarish 2017 yilning oxiridan boshlanadi. Mashina 35 ming dollar bo‘lishi kutilmoqda. Bunday narxda hali elektromobil chiqarilmagan.

Tesla Roadster

Inson yaqinda ularni haydashni boshlaydi: 15 ta elektromobil haqida ma’lumot

Elon Mask 2019 yilda Roadster modelini chiqarishni rejalashtirmoqda. Yangi avtomobil haqida hech qanday yangilik yo‘q. Uning tezlik uchun chiqarilayotgani ayon xolos. Elon Maskning aytishicha, u yuz kilometrli tezlikka uch soniya ichida chiqa oladi.

Chevrolet Bolt EV

Inson yaqinda ularni haydashni boshlaydi: 15 ta elektromobil haqida ma’lumot

General Motors o‘zining ilk elektromobili Chevrolet Bolt EV deb nomlangan modelini taqdim etdi. Avtomobil sotuvga 2016 yilning so‘ngida chiqariladi. U bir quvvatlanish bilan 300 km masofani bosa oladi. Uning narxi 30 ming dollar atrofida bo‘ladi.

Audi Quattro E

Inson yaqinda ularni haydashni boshlaydi: 15 ta elektromobil haqida ma’lumot

Audi 2018 yilga kelib o‘zining ilk elektromobil yo‘ltanlamasini chiqaradi. Yangi mashina Quattro’ning klassik kontseptsiyasi asosida yasalgan. Unda uchta motor bo‘ladi, bir quvvatlanish bilan 400 km masofani bosib o‘tadi.

Porsche Mission E Concept

Inson yaqinda ularni haydashni boshlaydi: 15 ta elektromobil haqida ma’lumot

Porsche ham o‘z elektromobilini namoyish etdi. U 2020 yilga kelib seriali ishlab chiqarila boshlaydi. Kompaniya anonsida keltirilishicha, Mission E Concept 15 daqiqa ichida 80 foiz miqdorda quvvatlanadi. Bir quvvatlanish bilan 400 km.dan ziyod masofani bosib o‘tadi. Bundan tashqari, u juda tez bo‘lib yuz km.li tezlikka uch soniyada erishadi.

Aston Martin Rapide

Inson yaqinda ularni haydashni boshlaydi: 15 ta elektromobil haqida ma’lumot

Britaniyaning Aston Martin avto ishlab chiqaruvchisining ma’lum qilishicha, u Xitoyning LeEco texnologik firmasi bilan birlashib o‘zining Rapide elektrokarini ishlab chiqaradi. Tayyor prototip dunyo yuzini 2018 yilda ko‘radi. Uning bahosi 200 ming dollar bo‘lishi kutilmoqda.

Faraday Future

Inson yaqinda ularni haydashni boshlaydi: 15 ta elektromobil haqida ma’lumot

Afsonaviy kontsept-kar butun dunyo aqlini shoshirmoqda va bu bejizga emas. Yangi brend o‘z elektromobillarini premium-sinfda ishlab chiqaradi va Tesla’ga jiddiy raqib bo‘lishi mumkin.

Volkswagen Budd-E

Inson yaqinda ularni haydashni boshlaydi: 15 ta elektromobil haqida ma’lumot

Volkswagen Group so‘nggi o‘n yillik ichida o‘zining bir qancha elektrokarini chiqarishni rejalashtirmoqda. Volkswagen bosh direktori Mattias Myullerning ma’lum qilishicha, avto ishlab chiqaruvchi 2025 yilda 30 dan ziyod elektrokar modelini chiqaradi. Ular orasida oilaviy avto hisoblanmish Budd-E modeli ham bor.

Hyundai's Ioniq EV

Inson yaqinda ularni haydashni boshlaydi: 15 ta elektromobil haqida ma’lumot

Hyundai Ioniq EV ayrim bozorlarda 2017 yildayoq paydo bo‘ladi. Ioniq elektromobili mart oyida o‘tgan Jeneva avtosalonida namoyish etilgan edi.

Citroen E-MEHARI

Inson yaqinda ularni haydashni boshlaydi: 15 ta elektromobil haqida ma’lumot

Mana shu yil Citroen o‘zining butunlay elektrlashgan E-MEHARI modelini namoyish etadi. Sotuv Frantsiyada boshlanadi. Ushbu kichik ko‘rinishdagi avtomobil bir quvvatlanish bilan 200 km masofani bosib o‘tadi.

Mercedes-Benz B250E

Inson yaqinda ularni haydashni boshlaydi: 15 ta elektromobil haqida ma’lumot

Mercedes-Benz kompaniyasining Daimler bo‘linmasi turli sinflarga kiruvchi ikkita elektrokar ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Ulardan biri B250E deb nomlanadi va bir quvvatlanishda 200 km masofani bosib o‘tadi.

Ford

Inson yaqinda ularni haydashni boshlaydi: 15 ta elektromobil haqida ma’lumot

Kompaniyaning bosh direktori Mark Fildsning ma’lum qilishicha, 2020 yilda kompaniya ishlab chiqarayotgan 40 foiz avtomobil elektrlashtirilishini istaydi. Marka rejasida 13 ta elektrokar modelini ishlab chiqarish turibdi.

Volvo

Inson yaqinda ularni haydashni boshlaydi: 15 ta elektromobil haqida ma’lumot

Volvo o‘zining ilk elektrokarini 2019 yilda chiqaradi. Volvo kompaniyasining bosh direktori Xakan Samuelsonning ma’lum qilishicha, 2020 yilga kelib jahonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning 10 foizi elektrlashtiriladi.

Nissan Leaf

Inson yaqinda ularni haydashni boshlaydi: 15 ta elektromobil haqida ma’lumot

Nissan ham Leaf elektrokar modelini chiqarishni rejalashtirgan. U bir quvvatlanishda 300 km masofani bosib o‘tadi.

Apple

Inson yaqinda ularni haydashni boshlaydi: 15 ta elektromobil haqida ma’lumot

Apple korporatsiyasi o‘zining ilk elektrokarini 2019 yilda chiqarishni rejalashtirgan. Butun dunyo birinchi iCar qanaqa bo‘lishini kutmoqda.

Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar