Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.06.2016

5 daqiqada bo‘yin va elka sohasidagi og‘riqlardan qutilish usuli

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 140
5 daqiqada bo‘yin va elka sohasidagi og‘riqlardan qutilish usuli

Agar siz kompyuter yonida uzoq vaqt ishlash tufayli bo‘yin va elka sohalaridagi og‘riqlardan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz va aynan o‘sha joylarni uqalash kerak, deb o‘ylasangiz xato qilasiz. Shunchaki oddiy tennis to‘pchasi bilan kaftingizni yaxshilab ezsangiz kifoya, o‘zingizni ancha engil his qilasiz!

Odatda kompyuter yonida uzoq vaqt o‘tirib ishlaydiganlar bo‘yin va elka sohalaridagi og‘riqdan shikoyat qilishadi. Bunga klaviatura va sichqoncha bilan ishlash tufayli kaftning charchashi sabab bo‘ladi. Yuklanishlardan charchagan kaftdagi og‘riq bo‘yin va elka sohasiga uzatiladi.

Jil Miller (Jill Miller) ayni og‘riqni kamaytiradigan oddiy usulni tavsiya etmoqda. Buning uchun sizga tennis koptokchasi yoki bironta massaj to‘pchasi, 5 daqiqa bo‘sh vaqt va yumshoq stul kerak bo‘ladi.

Koptokchani qo‘yib uni kaftingiz bilan yopasiz hamda uni bosh barmoq yostiqchasi tomon u yoqdan bu yoqqa bosib aylantirasiz. So‘ngra aylana harakatlarga o‘tasiz, go‘yoki siz tsitrus mevalar siqqichida apelsin siqayotgandek, to‘pchani eza boshlaysiz. Bir daqiqadan so‘ng qo‘lingizni almashtirasiz.

Uqalash jarayonini tugatib bo‘lgach, tik turgan holda qo‘lingizni tepaga ko‘tarib, kaftingizni orqaga qilgan holda ko‘rinmas devorni surayotgandek harakat qiling. Uning samarasini esa bo‘yin va elkangizdagi og‘riqlar kamayganidan seza olasiz.

Qayd etish joizki, bu usul umurtqa sohasidagi muammo sabab bo‘yin va elkadagi og‘riqlarda foyda bermaydi. Uqalashdan keyin, og‘riqlar qolmasa shifokorga uchrashishni tavsiya etamiz.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar