Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.06.2016

Jahondagi 12 ta ajoyib futbol arenasi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 221
Jahondagi 12 ta ajoyib futbol arenasi

Futbol butun sayyora bo‘ylab sevib o‘ynaladigan o‘yin bo‘lib, shunga yarasha hashamdorlik ham kerak, degan fikrlar yuradi. Shu bois bo‘lsa kerak bu sport turiga e’tibor bergan har bir mamlakat o‘z bag‘rida chiroyli va hashamdor futbol arenasi bunyod etishga intiladi. Ayniqsa, bu ishlar o‘sha mamlakatda yirik futbol musobaqasi o‘tishi arafasida juda avj oladi.

Bugun bizning nazarimga ana shunday hashamga ega 12 ta yirik stadion tushdi. Ular yillar mobaynida qayta ta’mirlandi, o‘zida zamonaviy texnologiyaning barcha yutuqlarini jamladi va bugunga kelib futbol ixlosmandlarini hayratga solishda davom etmoqda.

Bursaspor. Bu mamlakat o‘z jamoasiga atab tashqi ko‘rinishini yashil timsohga o‘xshatib qurgan yirik stadiondir. Yirik alligatorning tunlari hatto ko‘zlari ham yonadi.

Jahondagi 12 ta ajoyib futbol arenasi

TsSKA Moskva. Ushba stadion loyihasi 2007 yilda tuzilgan edi. Unda 30 000 tomoshabin ketadi. Unga UEFA kubogi shaklidagi osmono‘par uyg‘unlashtirilgan. Chunki jamoaning eng yirik yutug‘i aynan shu kubok hisoblanadi.

Jahondagi 12 ta ajoyib futbol arenasi

Vengriya. 68 ming tomoshabinlik yangi arena Ferents Pushkash stadioni o‘rnida 2018 yilda ishga tushadi.

Jahondagi 12 ta ajoyib futbol arenasi

Marsel. Stade Vélodrome — unchalik ham yangi stadion emas. Evro-2016 oldidan qayta ta’mirlanib, buning natijasida 67 ming tomoshabinni bag‘riga sig‘dira oladigan bo‘ldi.

Jahondagi 12 ta ajoyib futbol arenasi

Katar. Stadionning noodatiy loyihasi 2022 yilda tayyor bo‘ladi. U Fors ko‘rfazidagi baliqchilar qayig‘iga monand tarzda qurilmoqda.

Jahondagi 12 ta ajoyib futbol arenasi

Real Madrid. Ushbu stadion haqiqatan ham chempionlar maydoniga arzigo‘lik ko‘rinishga ega. Futbol ishqibozlari ham buni tasdiqlaydi.

Jahondagi 12 ta ajoyib futbol arenasi

Roma. Rim me’morlari bu stadionni qurishda ikkinchi Kolizeyni barpo etishni niyat qilganliklari ayon bo‘lib qoladi.

Jahondagi 12 ta ajoyib futbol arenasi

Spartak Moskva. An’anaviy rang, 43 ming o‘rin, ularning 12 mingi ustunlar ostida. Futbol ishqibozlarini 2018 yilgi jahon chempionatida aynan mana shu manzara kutib turibdi.

Jahondagi 12 ta ajoyib futbol arenasi

Tottenhem. Stadionning nufuzini oshirish hozircha jamoaga bog‘liq bo‘lib turibdi. Ammo aksiga olib klub ham so‘nggi paytlarda omad bilan to‘qnashmayapti.

Jahondagi 12 ta ajoyib futbol arenasi

Sent-Eten. Bu erga kelgan futbol ishqibozi stadionda turib nafaqat futbol o‘yinini, balki tabiatning betakror manzarasini ham maroq ila tomosha qilishi mumkin.

Jahondagi 12 ta ajoyib futbol arenasi

Valensiya. Jamoaning ajoyib o‘yini sabab 75 ming tomoshabinni sig‘dira olgan ushbu stadionning qurilishi 8 yildan buyon davom etayotganini payqash qiyin.

Jahondagi 12 ta ajoyib futbol arenasi

Zenit Sankt-Peterburg. Ushbu “kosmik kema”ning tugallanishi JCh-2018 ga mo‘ljallangan. Uning me’mori Kise Kurokava hisoblanadi.

Manba: Tribuna.Uz


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar