Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.06.2016

Haftada necha kun ishlash kerak?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 197
Haftada necha kun ishlash kerak?

Ko‘pchilik qancha ko‘p ishlasam, shuncha katta omadga erishaman, deb hisoblaydi. Biroq bu fikr noto‘g‘ri ekanini hamma ham sezavermaydi.

Ko‘plab insonlar haftasiga 50, 60, ba’zan esa 70 soatlab ishlashadi va ish joyini ikkinchi uyga aylantirib olishadi.

Mehnat psixologiyasi sohasi eksperti K. Anders Eriksson o‘tkazgan ko‘p tajribalar insonlar faqat 4-6 soat davomida sermahsul ishlay olishini tasdiqladi. Mehnat jarayonining eng yuqori pallasi o‘tgach, odamlar ishdan aziyat cheka boshlaydi.

«Xodimlar yuqori samaradorlikdan keyin ham maksimal kontsentratsiya bilan ishlashlari mumkin. Ayniqsa, rahbarlar buyruq berganida. Biroq bu holatda ahmoqona odat shakllanib qoladi — ular hattoki yuqori faollik davrida ham boshliqlarining topshiriqlarini kutishga odatlanib qolishadi», — deydi Anders Eriksson.

Ish haftasini qisqartirgan rahbarlar xodimlarning ham moddiy, ham ruhiy tomonlama ko‘proq ishga yondoshuvlarini kuzatishdi.

Treehouse kompaniyasi bosh direktori Rayan Karson 2006 yilda 32 soatli ish haftasini joriy qildi. Uning qayd etishicha, xodimlar yanada samaraliroq va quvnoq bo‘lishni boshlagan.

Karsonning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyada o‘zgartirishlar amalga oshirilgach, u avvalgidek rivojlanishda davom etgan, daromadlar million dollarga baholangan va xodimlar xursandchilik bilan har kuni ishga tashrif buyurishgan.

Xuddi shunday holat veb-dizayn ishlab chiqaruvchi Reusser Design kompaniyasida ham kuzatilgan. 2013 yilda ular to‘rt kunli ish haftasini joriy etishdi. Kompaniya asoschisi Neyt Reyser shunday deydi: «Hattoki, ular juma kuni ham qo‘shimchasiga ishga kelishsa ham, ularning ish salohiyati, samaradorligi ortgan. Siz tasavvur ham qila olmaysiz, odamlar dam olish kunigacha barcha loyihalarni tugatishga ulgurish uchun qanday harakat qilishadi».

Haftada necha kun ishlash kerak?

Qisqargan o‘quv haftasi bo‘yicha tajriba Koloradoning to‘rtinchi va beshinchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazildi. Haftada 5 kun tahsil olgan o‘quvchilar boshqalar bilan solishtirganda matematika bo‘yicha ko‘rsatkichi 12 foizga, o‘qish bo‘yicha esa 6 foizga ortgan.

«Bu bolalar butun mashg‘ulot davomida diqqatni bir erga jamlashlari uchun ajoyib g‘oya», — deydi Anders Eriksson. Ayniqsa bu diqqat markazi bilan muammosi bo‘lgan talabalar va o‘quvchilarga tegishli.

2008 yilda Amerikadagi moliyaviy inqiroz avjiga chiqqanida sobiq gubernator Yuti Jon Xantsmen ish haftasini tashkillashtirish rejasini amalga oshirdi.

Deyarli 75 foiz davlat xodimlari to‘rt kunli ish haftasi va 10 soatli ish kuniga o‘tishdi. Bu esa binodagi isitish, sovutish va elektroquvvat harajatlarini qisqartirishga va xodimlarning ma’naviy ruhiyatini oshirishga hissa qo‘shdi. Odamlar qo‘shimcha dam olish kunidan zavq olib, tirband ko‘chalar bo‘ylab ishga borish zaruriyatidan halos bo‘lishdi.

Shu sababli kompaniyalar uchun ish soatini kamaytirish har tomonlama yaxshi samara beradi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar