Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.06.2016

Antiqa hayvonot bog‘i: hayvonlar ozodlikda, odamlar esa qafasda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 930
Antiqa hayvonot bog‘i: hayvonlar ozodlikda, odamlar esa qafasda

Hayvonot bog‘iga tashrif buyursangiz, bolalikdagi beg‘ubor taasurotlar yodga tushadi. Chiroyli qushlar, bahaybat o‘txo‘r va go‘shtxo‘r yirtqichlarni nafaqat televizorda, balki hayotda ham o‘z ko‘zi bilan ko‘rish istagida bo‘lganlar, albatta, hayvonot bog‘ini aylanishga tashrif buyurishadi. Biroq shunday insonlar borki, ularga jonivorlarni olis masofadan turib kuzatish kamlik qiladi.

Chilining Rankagua shahrida birinchi Lotin Amerika Safari Lion Zoo hayvonot bog‘i ishlaydi va ajablanarlisi, u erdagi qafasda hayvonlar emas, aksincha, tashrif buyurgan insonlar o‘tirishadi. Bu antiqa attraktsionni yaratishdan maqsad odamlarga hayvonlarni tabiiy yashash sharoitini ko‘rsatib berishdir.

Antiqa hayvonot bog‘i: hayvonlar ozodlikda, odamlar esa qafasda

Barcha mehmonlarga maksimal yaqin masofada sherlarga yaqinlashishi uchun imkon beriladi. Tashrif buyurganlar mustahkam po‘lat panjarali avtobusda hayvonlar yashaydigan hududni aylanishadi. Aynan shu qafasli panjara insonlarni yirtqichlardan himoya qilib turuvchi vositadir.

Antiqa hayvonot bog‘i: hayvonlar ozodlikda, odamlar esa qafasda

Yovvoyi mushuklarni faqat yangi go‘sht bilan e’tiborini tortish mumkin. Shu sababli hayvonot bog‘iga kelganlar o‘zi bilan go‘sht olib kelishi zarur. Yoqimli hidni his etgan yirtqichlar darhol panjarali avtobus ustiga chiqib, sayr davomida birga yurishadi.

Antiqa hayvonot bog‘i: hayvonlar ozodlikda, odamlar esa qafasda

Hayvonlarga panjara orqali egulik berish ta’qiqlanadi. Ularni ushlash ham qat’iy man etiladi. Bu sayrga faqat kuchli irodaga ega, dovyuraklar chiqishi mumkin. Sababi Safari Lion Zoo bog‘ida yirtqichlar mutlaqo erkin bo‘lishadi va ularning harakatini hech kim jilovlay olmaydi. Buni bir soniyaga ham yoddan chiqarmaslik kerak.

Antiqa hayvonot bog‘i: hayvonlar ozodlikda, odamlar esa qafasda

Antiqa hayvonot bog‘i: hayvonlar ozodlikda, odamlar esa qafasda

Antiqa hayvonot bog‘i: hayvonlar ozodlikda, odamlar esa qafasda


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar