Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.06.2016

Sog‘liq uchun foydali va mazali yog‘siz shokolad yaratildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 216
Sog‘liq uchun foydali va mazali yog‘siz shokolad yaratildi

Templ universiteti tadqiqotchilari kam yog‘li shokolad tayyorlashning yangi usulini ishlab chiqishdi. Buning uchun ular elektr maydondan foydalanib, uni suyuq shokolad oqimining yo‘nalishi bo‘ylab qo‘yishdi. Mazkur tadqiqot haqidagi maqola Proceedings of the National Academy of Sciences (Milliy fanlar akademiyasining materiallari) jurnalida chop etildi, deyiladi "Kun" nashrida.

Yog‘i kam miqdorda bo‘lgan shokoladni tayyorlashdagi asosiy muammolardan biri shuki, yog‘ miqdorining kamayishi fabrika konveyeri quvurida tiqilish paydo bo‘lishiga va yopishqoqlikning oshishiga olib keladi. Olimlar bu to‘siqni elektr maydoni yordamida hal qilishga qaror qilishdi, u kakaoning qattiq zarralarini qisqa zanjir, sferoidlar va boshqa shakllarga guruhlanishga majburlaydi. Bu shokoladning yopishqoqligini kamaytirish, shuningdek konteynerda normal oqim tezligini yo‘lga qo‘yish uchun yog‘ning minimal darajasini kamaytirish imkonini beradi.

Suyuq shokolad kakao, shakar, sutning kakao yog‘i bilan aralashmasidan hosil qilingan. U ikkita asosiy parametrlar bilan xarakterlanadi: shokoladning oqib ketmasligini ta’minlovchi maksimal zichlik va zarrachalarning ichki yopishqoqligi.

Eksperimentlar shuni ko‘rsatdiki, 1 santimetrga 1600 Volt elektrik maydon Mars shokoladining yopishqoqligini 43,5 foizga kamaytiradi hamda maksimal zichligini sezilarli oshiradi. Bularning barchasi yog‘ konsentratsiyasini 10 foizga kamaytiradi. Boshqa ishlab chiqaruvchilarning namunalari uchun ham xuddi shunday natijalar olingan, bu mazkur uslubning keng qo‘llanishini namoyish etadi. Olimlar ular ishlab chiqqan yangi uslub yog‘siz, mazali va sog‘liq uchun foydali shokolad ishlab chiqarish imkonini berishiga umid qilishmoqda.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar