Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.06.2016

Shifokorlar sayohat qilish inson miyasini qanday o‘zgartirishiga oydinlik kiritishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 284
Shifokorlar sayohat qilish inson miyasini qanday o‘zgartirishiga oydinlik kiritishdi

Barchaga ma’lumki, toza havoda dam olish yaxshi kayfiyat ulashadi va hayotga kuch bag‘ishlaydi. Yaqinda shifokorlar uning miya faoliyatiga ham ta’siri borligini aniqlashdi, deyiladi "Kun" nashrida. Albatta, ijobiy tomonga.

Sayyoramizning eng yovvoyi va kimsasiz yerlaridagi tabiat qo‘ynida sayohat qilish va dam olish nafaqat yorqin lahzalarni hadya etadi, balki doimiy o‘ylashdan halos qiladi. Olimlar va shifokorlarning fikricha, tushkun kayfiyat bilan kurashishning eng yaxshi usuli — vaqtinchalik miya faoliyatini to‘xtatib qo‘yish.
Qizig‘i shundaki, aynan “to‘xtash” holatida inson miyasi tom ma’noda o‘zgarishni boshlaydi.

Bu nazariyani tasdiqlash uchun tadqiqotchilar yarim soat o‘rmon bo‘ylab sayr qilgan kishilar guruhini sinovdan o‘tkazishdi. Tajribaning har bir ishtirokchisida profrontal qobiq — ruhiy kasalliklarga javobgar bo‘lgan miya hududidagi faollikning sezilarli tarzda kamayganini payqashdi. Endi tabiat qo‘ynida yarim soat emas, bir necha kun vaqt o‘tkazgan kishi qanday bo‘lishini tasavvur qiling!

Fiziologiya o‘z yo‘liga bo‘lsin. Miyaning o‘zgarishi kundalik hayotga qanday ta’sir o‘tkazadi? Olimlar bu savolga ham javob topishdi. Ular ko‘ngillilar guruhidan bir necha kunga barcha gadjetlarni o‘chirib, shahar shovqinidan olisroqda bo‘lgan yerda vaqt o‘tkazishlarini so‘rashdi. Shundan so‘ng, ko‘ngillilar ijodiy sinov va murakkab vazifalarni hal etishlari so‘raldi. Natijada, ishtirokchilarning ijodiy izlanish ko‘rsatkichi 50 foizga ortgan. Bu eng kam miqdorda!

Shunday ekan, ba’zida muhim, dolzarb deb hisoblaydigan ishlaringizni bir chetga surib, kerakli narsalarni joylab, sokin va chiroyli manzaraga ega tabiat qo‘yniga sayr qilishingizni maslahat beramiz.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar