Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.06.2016

Uzoq umr ko‘rishning 14 siri

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 226
Uzoq umr ko‘rishning 14 siri

Baxt haqida hammaning o‘z fikri, nuqtai nazari bor, biroq uzoq umr ko‘rish haqida esa barchaga birday maslahat berish mumkin, deydi “Darakchi” nashri.

1. Optimistlar uzoq umr ko‘rishadi

Hayotga optistik nigoh bilan qarovchi insonlar nafaqat uzoq umr ko‘rishadi, balki to‘laqonli hayot kechirishadi. Optimizm stresslarning oldini olib, immunitetni mustahkamlaydi va bir qancha kasalliklarning oldini oladi.

2. Oyog‘ingizni asrang

Oyog‘ingiz muskullari baquvvat bo‘lsa, bu sabr-bardoshni oshiradi, balansni yaxshilaydi. Axir inson ko‘p vaqtini yotib emas, tik oyoqda o‘tkazadi. Mushaklar sog‘lomligi qariganda suyaklar sinishining oldini olishga yordam beradi.

3. Do‘stlari ko‘p odamning umri uzoq bo‘ladi

Do‘stlarning ko‘pligi stressning oldini olishdagi muhim omillardan biridir. Yaqin do‘stlar yuzaga kelgan muammolarning oldini olishda, uni bartaraf etishda ko‘maklashishadi, ruhiy madad berishadi. Do‘stlar bilan suhbat qurish kayfiyatni ko‘taradi, qonda endorfin moddasi miqdorini oshiradi.

4. Agar onangiz sizni yosh tuqqan bo‘lsa, uzoq umr ko‘rish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi

Statistikaning ko‘rsatishicha, agar sizni onangiz 25 yoshida tuqqan bo‘lsa, sizda 100 ga kirish imkoniyati boshqalarnikidan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi.

5. Uyingizda ozodalikka e’tibor bering

Uy tozalash nafaqat jismoniy mashq, balki xavfli mikroblarni yo‘q qilishning eng qulay yo‘llaridan biridir. Ammo tozalikka e’tibor beraman, deb oshirib yubormang, hamma narsaning o‘z me’yori bor.

6. Ilmli, ma’lumotli bo‘lish uzoq umr ko‘rishga yordam beradi

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ilmli, oliy ma’lumotli insonlar boshqalardan ko‘ra uzoq umr ko‘radi. Bilim ularning hayotni yaxshiroq tushunishiga, zararli odatlarga ruju qo‘ymasligiga yordam beradi. Bu yerda gap diplom ustida ketmayapti, qo‘lingizda universitetning diplomi bo‘lishi shart emas. Mustaqil bilim olishga, o‘qishga, o‘rganishga intiling, o‘z ustingizda ishlab, bilim doirangizni kengaytiring.

7. Maqsadni to‘g‘ri belgilang

Muammolarga amaliy yondashishni o‘rganing. Hayotiy muammolarga to‘g‘ri yondashish stresslarning oldini oladi, miya ish faoliyatini yaxshilab, uzoq umr ko‘rishga sabab bo‘ladi.

8. Ratsioningizda go‘sht miqdorini kamaytiring

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ratsioningizda go‘sht miqdori yuqori bo‘lsa, bu juda ko‘p kasalliklarga sabab bo‘ladi. Uzoq umr ko‘rishni istasangiz kamroq go‘sht iste’mol qiling.

9. To‘q rangli mevalarga e’tiborli bo‘ling

To‘q rangli uzumlar, qizil uzum sharobi, chernika mevasi tarkibidagi polifenol yurak qon-tomir va ko‘plab boshqa kasalliklarning oldini olishda katta rol o‘ynaydi.

10. Bolaligingizdan boshlab, vazningizga e’tiborli bo‘ling

Agar noto‘g‘ri turmush tarzini kechirib, o‘smirlik yoshingizdan boshlab, ortiqcha vaznga ega bo‘lsangiz, kelajakda ham bu zararli odatdan qutulishingiz qiyin kechadi. Buning oldini olish uchun o‘smirlik paytingizdan boshlab, vazningizga e’tiborli bo‘ling.

11. Choy iching

Yaponiyaliklarning uzoq umr ko‘rishiga ularning ko‘p miqdorda choy iste’mol qilishi ham sababchidir. Chunki ko‘k va qora choy tarkibidagi flavoniodlar — katexinlar yurakni baquvvat qiladi.

12. Ko‘proq piyoda yuring

Agar kuniga 30 daqiqa davomida piyoda yursangiz, bu ishni bajarmaydiganlardan ko‘ra to‘rt barobar ko‘proq umr ko‘rish imkoniyatingiz mavjud bo‘ladi. Bu sizga juda jo‘n ko‘rinsa ham, aslida piyoda yurish sog‘likni saqlashda eng muhim omillardan biridir.

13. Shirin, gazli suvni kamroq iste’mol qiling

Agar kuniga kamida bir stakan gazli suv ichadigan bo‘lsangiz, qandli diabet, ortiqcha vazn, depressiya, yurak qon-tomir kasalliklariga chalinish xavfi yuqori bo‘ladi.

14. Sog‘lom insonlar bilan muloqotda bo‘ling

Agar sog‘lom turmush tarzini kechirishni istasangiz, bo‘shashmang. Mabodo yomon odatlarga ega odam bilan muloqotda bo‘lsangiz, ular ozgina go‘sht yesangiz, bir kunga sportzalga bormasangiz, hech nima bo‘lmasligiga sizni ishontiradi. Har doim sog‘lom va baxtli insonlar davrasida bo‘lishga intiling, shunda siz ham ular kabi baxtli va sog‘lom bo‘lasiz!

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar