Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.06.2016

Xaftaning qaysi kuni tug‘ilgansiz? Bu fe’lingiz haqida ma’lumot beradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 806
Xaftaning qaysi kuni tug‘ilgansiz? Bu fe’lingiz haqida ma’lumot beradi

O‘zingiz haqingizda bilasizmi? Haftaning qaysi kuni tug‘ilganingiznichi? Unda quyidagi ma’lumotni o‘qing va o‘zingiz haqingizda bilmaganlaringizni bilib oling. Ma’lumotni "Diydoraziz.uz" sayti ma’lum qildi.

AYoLLAR

Dushanba… nazokatli, xayolparast va nozikta’b. U boshqa odamga tez moslashib, ko‘nikuvchan hamdir. U yolg‘iz yasholmaydi. U o‘z hissiyotlarini boshqalar bilan ham baham ko‘rgisi keladi. U ona bo‘lgachgina haqiqiy ayol sifatida ochiladi. Atrof-muhitga befarq bo‘lmagani bois ham, hayot bilan mutanosiblikda yashab, yurak amriga ko‘ra ish ko‘radi.

Seshanba… qo‘li ochiq va ehtirosli. Aqlli, hazilkash va u erkinlikni xush ko‘radi. U qafasda yasholmaydi hamda tuyg‘ulardagi bir xillikdan tez zerikadi. Uning uchun muhabbat — bu qiziqarli o‘yindir. Unga boshqacha sevgining keragi yo‘q.

Chorshanba… serhissiyot, nazokatli bo‘lsa-da, u buni yashirishga harakat qiladi. Muhabbat borasida u ishonch, samimiyat, muqimlik tarafdoridir. Aynan shuning uchun ham u to‘satdan o‘t olib, keyin so‘nishi mumkin bo‘lgan bir qarashdagi muhabbat, ehtiroslarga ishonmaydi. U haqiqiy hissiyotlar tarafdori.

Payshanba… shoshma-shoshar, uzoq kutolmaydi. U haqda orzular, xayollar og‘ushida yashaydigan o‘ta sentimental shaxs deb bo‘lmaydi. U erkinlik va sarguzashtlarni yoqtirib, o‘z hayotiy tajribasini doimiy tarzda to‘ldirib boradi. Erkaklarga undagi tabiiy joziba, o‘zini erkin tutishi yoqadi. Unga esa o‘zini biron nimani bajarishga majburlashlari yoqmaydi.

Juma… tabiatan romantik va xayolparast. Unga go‘zallik va tabiatdagi mutanosiblik juda yoqadi. Undagi nazokat, serhissiyotlilik qarama-qarshi jins vakillarini o‘ziga jalb etadi. U esa erkaklardan o‘zini kerak paytda ovutib, u haqda g‘amxo‘rlik qilishlari, himoya qilishlarini istaydi. U hissiy yolg‘izlikdan qo‘rqadi, faqatgina oila davrasi yoki bolalari bilan o‘zini yaxshi his qiladi.

Shanba… sirli, chunki u o‘z tuyg‘ularini zo‘rg‘a ifoda etadi. U o‘ziga xos, mustaqil. U doim ham ayollarga xos maftun etish usullaridan foydalanavermaydi. U birinchi navbatda, aqlni ustun qo‘yadi. Bir qarashda osuda insonga o‘xshab ko‘rinsa-da, biroq uning ko‘ngil tubida doim tuyg‘ular junbushga kelib turadi.

Yakshanba… tezkor va irodali. Uni tuyg‘ular boshqaradi. U yo sevadi yo sevmaydi, boshqacha bo‘lishi mumkin emas. O‘zini ham shunga ko‘ra tutadi. U o‘z yori bilan mag‘rurlanishi darkor, chunki uni o‘zi tanlagan. U bo‘yin egishni, yon berishni istamaydi, shu bois ham ko‘pincha zaif erkaklarni tanlaydi.

ERKAKLAR

Dushanba… o‘ta ehtirosli, uning xayoliy olami juda boy bo‘lib, doimo yangi tanishuvlar izlab yuradi, ayniqsa qarama-qarshi jins vakillariga befarq bo‘lolmaydi. U muhabbat va nazokatga ehtiyojmanddir. Yolg‘izlik u uchun emas. Garchi tashqaridan juda xotirjam ko‘rinsa-da, biroq ko‘nglida doim o‘z muhabbatiga loyiq insonni topa olish-olmasligi haqidagi xavotir bilan yashaydi.

Seshanba… aqlli, o‘z fikrini asoslab bera oladi. U o‘zigagina ma’lum bo‘lgan maftun etish usullaridan ustomonlik bilan foydalangan holda ayollarni o‘ziga qarata oladi. Uni o‘ziga xos hazil-mutoyiba, tabassumiga qarab tanib olish mumkin. U o‘yin-kulguni yoqtirib, bunda boshqalarning ham chetda qolishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Chorshanba… haqiqatgo‘y, halol inson. U o‘z hissiyotlarini yashira oladi. Biroq doim ham yoriga kerakli so‘zlarni topib gapira olmaydi. Biroq unga ishonish mumkin, agar u sevsa, demak bu, bir umrlikdir. Sadoqatli va e’tiborli. U ehtirosli tuyg‘ulardan ko‘ra ishonchli munosabatlarni ustun qo‘yadi.

Payshanba… maftunkor. U hayotni hamma borada o‘rganishni va ayni damda o‘zi erkin va mustaqil bo‘lib qolishni istaydi. Oilaning bir xil tashvishlari uni qo‘rqitadi. Ayni damda u yolg‘iz yasholmaydi. Uning ko‘nglida ulkan latofat yashirindir. U ulkan tuyg‘ularga qodir.

Juma… san’atkor. Uning tabiiy jozibasi oldida befarq qolishning iloji yo‘q, u sevaman deganda, aynan shunday o‘ylayotgan bo‘ladi. Muloyimlik va yumshoqfe’llik uning tabiatiga xosdir. Unga ko‘ngil mutanosibligi juda muhim. U o‘zini yaxshi ko‘rishlarini, fikrlariga qo‘shilib, unga g‘amxo‘rlik qilishlarini istaydi. Er-xotinlik, oila, oila o‘chog‘i — bu so‘zlar mudom uning quloqlarida jaranglaydi.

Shanba… avvalo u mustaqildir. U yolg‘iz yashay oladigan, o‘ziga xos fe’l-atvorga ega shaxs. U o‘z hissiyotlarini yashiradi, bu haqda oldindan biron nima deb bo‘lmaydi. U o‘z tuyg‘ularini oshkor etib, dilining qulfi-kalitini hadeganda ochavermaydi. Qarama-qarshi jins vakillariga nisbatan unda ishonchsizlik tuyg‘usi kuchli. Biroq o‘z haqiqiy tuyg‘ularini yashiruvchi ehtirosli kishidir.

Yakshanba… o‘z kuchiga ishonadi. U ayollarga yordam berish va ayni damda ularni boshqarishni yoqtiradi. Va albatta undan o‘ziga xos e’tirof, e’tibor kutadi. U gapirishni yaxshi ko‘rib, o‘ziga nisbatan aytilgan xushomadni xursand bo‘lib qabul qiladi.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar