Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.06.2016

Aqlli ayolga uylangan erkaklar uzoq umr ko‘rishi aniqlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 273
Aqlli ayolga uylangan erkaklar uzoq umr ko‘rishi aniqlandi

Qiziq, erkaklar ideal ayolni qanday tasavvur qilar ekan? Ular o‘zlariga juft tanlayotganda uning aqliy qobiliyatini birinchi o‘ringa qo‘yadimi? “AdMe.ru” nashri sizga ayol miyasi qanday mo‘’jizalarni dunyoga keltirishi mumkinligi haqidagi maqolani havola etadi, deb yozmoqda “Darakchi.uz” sayti.

Hech kimga sir emaski, aqllilik eng qimmatli fazilatdir. Yangi tadqiqotlar ayolning aqliy qobiliyati yuqoriligi juftining umrini uzaytirishini va aqli zaiflikdan himoya qilishini aniqladi. Bir tuxumli egizaklarning salomatligi tekshirilganda, odamning atrofidagi kishi uning aqliy qobiliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi ma’lum bo‘lgan.

Olimlar aqlli ayolga uylangan erkak uzoq va baxtli hayot kechirishini, Alsgeymer kasalligi va aqli zaiflikdan jabr ko‘rmasligini isbotladi. Masalan, intellektual boshqotirma o‘yinlar bu kasalliklarni bartaraf etib, erkak ongini charxlaydi. Mantiqan o‘ylab ko‘rilganda, bilimini oshirib boradigan aqlli ayol erining ham aqliy qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatar ekan.

Aqlli ayollarga uylangan erkaklar miyasi skaner qilinganda jismonan “zaiflik” aniqlangan bo‘lsa-da, biror bir kasallik belgisi yo‘qligi aniqlangan. Ular o‘zlarining o‘ta aqlliligiga va mehnatga yaroqliligiga ishonishgan.

Aberdin universitetining ruhiyat bo‘yicha professori Lorens Uolli (Lawrence Whalley) “Agar erkak uzoq umr ko‘rishni istasa, aqlli ayolga uylanishi lozim. Dunyoda faqatgina aqliy salohiyatgina insonni aqli zaiflikdan himoya qiladi”, dedi.

O‘z aqliy salohiyatiga ishongan qizlar voyaga yetganda o‘ta mas’uliyatli va mustaqil bo‘lishadi. Aqliy qobiliyati yuqori bo‘lgan o‘g‘il bolalar esa rafiqalari va turmush o‘rtoqlariga qulay muhitni yaratadilar. Odamlarga qiz bolaning aqli, uning tashqi go‘zalligidan ustun turishini tushuntirish qiyin. Shuning uchun mazkur tadqiqot o‘ziga rafiqa tanlayotganda uning aqliga e’tibor beradigan erkakka jismoniy va ruhiy tomondan sog‘lom bo‘lishiga oldindan e’tibor berishi lozimligiga shama qiladi.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar