Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.06.2016

Beldagi og‘riqni kamaytirishning 3 xil usuli

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 192
Beldagi og‘riqni kamaytirishning 3 xil usuli

Bel sohasidagi og‘riqlar deyarli hammaga tanish, u hatto ko‘pchilikning doimiy hamrohiga aylanib ulgurgan. Biroq bu muammoni bartaraf etishning yo‘li bor - uncha qiyin bo‘lmagan mashqlar yordamida, tanangizga "quloq solish" va o‘zingizni ehtiyot qilish yo‘li bilan.

1. Mikroharakatlarga asoslangan mashqlar.

Bu texnikaning maqsadi - bel sohasidagi gidratlanishning normal darajasini qayta tiklash. Yosh o‘tgan sari to‘qimalar suvsizlanadi va buning natijasida yoqimsiz his-tuyg‘ular va og‘riq yuzaga keladi.

Chalqanchasiga yoting va tana holatini engil o‘zgartirib, asta-sekinlik bilan mikroharakatlarni bajaring.

Oyoqlarni navbatma-navbat bukish

Chalqanchasiga yoting, oyoqlar bukilgan, qo‘llar boshning orqasida.

Chap tovoningizni ohista torting, bir muddat shu holatda qolib, avvalgi holingizga qayting va o‘zingizni bo‘sh qo‘ying.

Mashqni chap oyog‘ingiz bilan 5 marta takrorlang, so‘ng o‘ng oyoqqa o‘ting.

Bu mashq siqilgan asab va qon tomirlarini bo‘shashtiradi.

2. O‘z tanangizga quloq soling.

Odamlar ko‘p ish qilishsa-da, kam kuzatishadi. Axir aynan mushohada yuritish va meditatsiya jarayoni ko‘p narsani anglab etishga imkon beradi. Bu somatik intellektni rivojlantirish uchun muhim.

Sport bilan shug‘ullanish vaqtida asosiy maqsad - sog‘liq ekanligini unutmaslik kerak. Bunda birinchi navbatda kilometrlar, kilogrammlar yoki daqiqalar emas, shaxsiy his-tuyg‘ularni kuzatish zarur.

Beldagi og‘riqni kamaytirishning 3 xil usuli

Atrofdagi odamlarga bir qarang: juda kam sonli insonlar tikka turishadi, aksariyat kishilar og‘ir sumka tufayli bir tomonga qiyshayib turishadi yoki o‘y-xayolga berilib, elkalarini bukib olishadi.

Buning natijasida tana vazni teng bo‘linmaydi va tabiiyki, belga og‘irlik tushadi.

Yoga ustalarining tajribasidan foydalanib, "tog‘ pozasi"ni o‘zlashtirib oling.

To‘g‘ri turing, oyoqlaringiz bir-biriga tegib tursin.

Tizzangizni to‘g‘ri tuting.

Qorningizni torting, boshingiz tepaga qarasin.

Tana vazni teng bo‘linishiga e’tibor bering.

Qo‘llaringizni tepaga ko‘tarib, boshingiz ustida birlashtiring.

3. "Qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi" tamoyilini unuting.

Umurtqa pog‘onasi va dumg‘aza normallashmas ekan, beldagi muammolardan qutulib bo‘lmaydi. Tana bilan ishlashda eng muhim aspektlardan biri - o‘z-o‘zini nazorat qilish. Har bir mashqni bajarayotganingizda mukammal natijalarga darhol erishib bo‘lmasligini unutmang. Ijobiy natijalarga erishish uchun sakson foizga harakat qilsangiz, etarli. Keskin harakatlar qilmang.

"Qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi" tamoyilini unuting. Me’yorga rioya qilishni o‘rganing.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar