Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.06.2016

O‘ylab ko‘ring: Umringizni nimalarga sarflayapsiz?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 128
O‘ylab ko‘ring: Umringizni nimalarga sarflayapsiz?

Turli gajetlarga to‘la zamonaviy dunyo shu darajaga yetdiki, inson o‘zini odamlar orasida ham yolg‘iz his qiladigan bo‘lib qoldi. Odamlar kamgap, bir-biri bilan kam muloqot qiladigan jonzotlarga aylandi, deydi “Darakchi” nashri.

Ekranning ortida, ko‘zga ko‘rinmaydigan suhbatdosh bilan gaplashish oson. Chunki u sizning tashqi qiyofangizni, noo‘rin hazillaringizni tanqid qilmaydi. Real hayotdagi odam bilan gaplashish esa biroz qiyinchilik tug‘diradi, chunki uni xafa qilmaslikka, ko‘ngliga qarashga, odob bilan gaplashishga harakat qilish lozim.

Bunday holatni me’yoriy hol deb hisoblaysizmi? Farzandlaringiz haqida o‘ylang. Ular “robot” onasidan o‘rnak olishadi va bu holatni tabiiy deb hisoblashadi. Bolani planshetsiz, smartfonsiz, o‘yinli pristavkalarsiz o‘zingiz o‘ynata olmaysizmi? Unda siz qanday onasiz?

Ko‘zingizni ekrandan uzing, atrofingizga bolalaringizni yig‘ib, ular bilan o‘yin o‘ynashga kirishing. Bir marta ular bilan yaqinlikni tuydingizmi, dunyoda yaqin odaming bilan muloqot qilishdan, o‘ynab-kulishdan ortiq baxt yo‘qligini his qilasiz!

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar