Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.06.2016

Omadga erishishning 7 qonuni

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 248
Omadga erishishning 7 qonuni

Sog‘lom, baxtli va boy bo‘lish huquqi tug‘ilganingizdan boshlab shaxsan o‘zingizga berilgan. Bu haqiqatni to‘g‘ri qabul qiling, omadli insonga aylanish esa juda oson, deydi “Darakchi” nashri.

1. Bo‘shliq qonuni. Agar yangi oyoq kiyimi sotib olsangiz eskisini tashlab yuboring. Biror yangi libos xarid qilishdan ilgari shkafingizni eski kiyimlardan tozalang. O‘z xohishingiz bilan eski buyumlaringizdan, qarashlaringizdan voz kechishingiz lozim.

2. Aylanish qonuni. Biror orzungizga erishish uchun boshqa yaxshi ko‘rgan narsangizdan voz kechishga tayyor bo‘ling.

3. Tassavvur qonuni. Avvalo omadga erishganingizni tasavvuringizda jonlantirishingiz kerak bo‘ladi, keyin uni qog‘ozga tushiring. Bu yozuvni birovga ko‘rsatmang, bo‘sh vaqtingizda uni qayta-qayta o‘qishdan erinmang.

4. Ijodkorlik qonuni. Inson omadga fikrlarining quvvati, intuitsiya va tasavvuri bilan yetishadi.

5. Hadya qilish va qabul qilish qonuni. Agar birovga yordam tariqasida biror narsa hadya qiladigan bo‘lsangiz, u sizga o‘n barobar ortig‘i bilan aytadi. Biror narsaga erishdingizmi, uni atrofingizdagi odamlar bilan bo‘lishishga harakat qiling. Bu bilan siz hayotingizda ezgulikka yo‘l ochgan bo‘lasiz.

6. O‘nlik qonuni. Koinot doimo o‘z ulushini oladi, bu sizga yordam bergan manbaga nisbatan minnatdorchiligingizni ifodalaydi. Qo‘lingizdagi daromadingizning 10 % ni xayriya ishlariga sarflang. Bu o‘n foiz sizga qay yo‘sinda qaytishini siz hali yaxshi bilmaysiz. Balki u yangi tanishuv, balki kasallikdan forig‘ bo‘lish shaklida qaytishi mumkin.

7. Kechirimlilik qonuni. Agar sizni xafa qilgan odamni kechira olmas ekansiz, demak sizga atalgan boylikni qabul qila olmaysiz. Sizning qalbingiz nafratga to‘la bo‘lganidan u yerda muhabbatga o‘rin qolmaydi. Sizga tinchlik bermaydigan, doimo xavotirga soladigan negativ his-tuyg‘ulardan qutulishga harakat qiling.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar