Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.06.2016

Soat 6 da uyg‘onish uchun 6 sabab

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 232
Soat 6 da uyg‘onish uchun 6 sabab

Odamlar omadning kelishini erta tongda uyg‘onish bilan bog‘lashadi. Soat 6 da uyg‘onish inson hayotini o‘zgartiradi. “Darakchi” nashri esa sizni soat 6 da uyg‘onish uchun zarur bo‘ladigan 6 sabab bilan tanishtiradi.

1. Diqqatingizni jamlash uchun vaqt bo‘ladi

Aksariyat odamlar diqqatini jamlay olmagani uchun oldiga qo‘ygan maqsadiga yetolmaydi. Erta tongda uyg‘onsangiz, kun davomida birinchi navbatda qaysi ishni bajarish lozimligini o‘ylashga vaqtingiz bo‘ladi. Kunning birinchi yarmida inson miyasi yaxshi ishlaydi. Bu vaqtni his-tuyg‘ularingizni emas, hayotingizni nazorat qilish uchun sarflang.

2. Kunni qanday o‘tkazish haqida reja tuzishga vaqt topiladi

Erta turadigan odam ishga borishdan oldin qiladigan ishlarini rejalashtirib olishga vaqt topadi. Reja qanchalik erta tuzilsa, vaqtingiz bekor ketmay, kuningiz unumli o‘tadi. Ertangi kun rejalarini kechqurun tuzmoqchi bo‘lsangiz, charchagan miya reja tuzishni emas, faqat dam olishni istaydi.

3. Tong — o‘z ustingizda ishlash uchun eng qulay paytdir


Kim sizga “Ko‘zing ochilgandan ishxonangga yugur!” deydi. Ko‘pchilik odamlar doimo oilasiga, qiziqishlariga, sportzalga borishga vaqt topa olmayotganidan noliydi. Agar soat 6 da uyg‘onadigan bo‘lsangiz, ish vaqtingiz boshlangunga qadar bir necha soat vaqtingiz bo‘ladi. Bu vaqtda sportzalga borishingiz mumkin. Erta tongda jismoniy mashq qilsangiz, organizmingiz endorfin gormonlarini ishlab chiqadi. Endorfin gormoni insonga xushkayfiyat bag‘ishlaydi, kuni bilan bardam va tetik yurishingizga sabab bo‘ladi.

4. Nonushta qilishga vaqt topiladi

Bir umr nonushta qilish kundalik ovqatlanishdagi eng muhim jarayon ekanligini eshitib kelgansiz, ammo kech uyg‘onganingizdan ertalab, och-nahor ishga jo‘nagansiz. Agar erta uyg‘onsangiz, albatta nonushta qilishga ulgurasiz. Bu esa sog‘lik uchun ham foydalidir. Manzilga yetkazish uchun mashinangizga yoqilg‘i kerak bo‘lsa, sog‘ligingiz uchun organizmingizga ayniqsa ertalab ovqat kerak.

5. Muvaffaqiyatga erishgan barcha odamlar shunday yo‘l tutadi

New York Magazine nashri Twitter ning asoschisi bo‘lmish Jek Dorsi haqida e’lon qilgan maqolasida uning tonggi 05:30 uyg‘onishini, ishga ketgunga qadar meditatsiya qilishini va 10 kilometrga yugurishini ma’lum qilgan.

Apple’ning bosh direktori Tim Kuk har kuni tonggi 04:30 da uyg‘onib, hamkorlarining elektron xatlariga javob yozadi.

Virgin Group’ning asoschisi Richard Brenson ham erta uyg‘onish tarafdori. Business Insider nashriga bergan intervyularidan birida u 05:45 da uyg‘onib, ishga kirishishi haqida aytib o‘tgan edi. U uyg‘ongandan keyin biroz kompyuter oldida o‘tirib, keyin nonushta qilishini bildirgan.

6. Boshqalardan ikki qadam oldinda bo‘lasiz

Tadqiqotchilarning fikricha, erta uyg‘onish odati ijodiy potensialning oshishiga olib keladi. Bundan tashqari boshqa raqobatchilaringiz uxlab yotganida, siz ish boshlagan bo‘lasiz. Kun davomida o‘zingizni qiynaydigan eng yoqimsiz muammolarni soat 08:00 gacha hal qilishga o‘rganing. Bu odat sizni kun davomida asabiylashishdan, stress va xavotirlardan asraydi. Ikki yarim soat erta uyg‘onish orqali 150 daqiqa vaqtdan yutasiz, bu haftasiga 17 yarim soatni, bir oyda esa 70 soatni, bir yilda 840 soatni tashkil etadi. Tanlang, sizda tanlash huquqi mavjud! Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar