Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.06.2016

Erkak sobiq xotinini sevishini qanday bilish mumkin?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 963
Erkak sobiq xotinini sevishini qanday bilish mumkin?

Ba’zan sizga turmush o‘rtog‘ingiz oldingi xotinini unutmaganday, hamon u haqda o‘ylayotganday tuyulishi mumkin. Buning tagiga yetishni istasangiz quyidagi ro‘yxatga e’tiboringizni qarating.

Erkak ilgarigi xotinini hamon sevishini qanday bilish mumkin?

Erkak sobiq xotini bilan ijtimoiy tarmoq orqali muloqotda bo‘ladi, suratlariga izoh yozadi, klip, qo‘shiq yuboradi. U o‘zining bu xatti-harakatini biz u bilan do‘st bo‘lib qolganmiz, deb oqlaydi. Balki rostdan ham shundaydir, chunki ularni bog‘lab turuvchi umumiy xotiralar mavjud. Balki aksincha, erkak uni unuta olmayotganidan muloqot qilayotgandir?

U sobiq xotinining suratlarini saqlab qo‘ygan, kompyuteri esa baxtli kunlaridan xotira bo‘lgan birga tushgan suratlariga to‘lib-toshgan. Bu yerda ikki variant mavjud: birinchisi suratlarni o‘chirib tashlashga vaqti bo‘lmagan, ikkinchi variant esa o‘tmishni unutishni istamaydi. Erkak uchun bu suratlar qanchalik qadrli ekan?

Eringiz sobiq xotini haqida gapirib, tez-tez u bilan birga yashagan paytidagi kulgili voqealarni eslashni yoqtiradi. U bu voqealarni nimaga eslayapti? Unutishni istamaganligi uchunmi? Shunda siz beixtiyor “Balki haliyam uni sevar?” degan xayolga borasiz.

Erkak uyda haliyam sobiq xotinining buyumlarini, idish-tovog‘ini, kiyim-kechagini saqlaydigan bo‘lsa, ulardan tezroq xalos bo‘lishga harakat qiling.

U sobiq xotinini eslashni umuman istamaydi. Boshqa tomoni — u sobiq xotini haqidagi barcha savolni noto‘g‘ri qabul qiladi. Bu esa uning ichida hali tuguni yechilmagan muammolar borligidan dalolat va bu uning aziyat chekayotganidan dalolat.

Agar yuqorida keltirilgan misollardan birortasi sizga yaxshi tanish bo‘lsa, demak eringiz hamon o‘tmish xotiralaridan qutilishga tayyor emas. Darrov janjal ko‘tarishga shoshilmang, bu vaziyatni battar chigallashtiradi. Yaxshisi, o‘zingizni bo‘sh qo‘yib, munosabatlaringiz haqida o‘ylab ko‘ring, uchinchi odam haqida esa batamom unuting. Axir eringiz uni emas, sizning oldingizda o‘tiribdi, demak eringizning orzusidagi ayol sizsiz. O‘tmish esa orqada qolaversin.

Agar u erkak hali ham sobiq xotinini sevsa va bu haqda sizga aytsa, uni qo‘yib yuboring. Ba’zida inson hayotida shunday ham bo‘ladi, bu esa siz undan yomonsiz degani emas. Shunchaki uning munosib jufti u, siz esa sizni sevadigan insonni hali uchratasiz.

Manba: Darakchi.uz Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar