Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.06.2016

Milliarderlarning shaxsiy orollari qanday paydo bo‘lgan?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 579
Milliarderlarning shaxsiy orollari qanday paydo bo‘lgan?

Agar xonadon insonning qasri bo‘lsa, xususiy orol uning qirolligi hisoblanadi. Ko‘pchilik okean va dengizdagi kichik orollarni sotib olish imkoniga ega bo‘lishi mumkin (50 ming dollarga sotib olish mumkin), biroq ular orasidagi eng eksklyuziv orollar milliarderlarga tegishli.

Orollarni sotib olish odatini 1960 yilt Aristotel Onassis boshlab bergan. U Gretsiyadagi Skorpios orolida AQShning sobiq birinchi xonimi Jaklin Kennediga uylangan. Orolni sotib olish oddiy bir savdo-sotiqga o‘xshamaydi. Buni insonning o‘ziga xos kichik bir dunyosini yaratishiga qiyoslash mumkin.

Biz bu maqolada milliarderlarning shaxsiy orollari haqida ma’lumot to‘pladik. Siz zamonaviy Robinzon Kruzolar qanday hayot kechirishlariga guvohi bo‘lishingiz mumkin.


1. Larri Ellison: Lanai, Gavayi

Oracle egasi, milliarder Lourens Jey Ellison 2012 yilda deyarli Lanai orolini sotib oldi.

Orol uchun milliarder 300 million dollar sarflashiga to‘g‘ri keldi. Ellison orolning 98 foizini sayyohlar uchun mashhur va shinam joyga aylantirishni rejalashtirgan.


2. Ted Terner: Sent-Fillips oroli, Janubiy Karolina shtati, AQSh

Milliarderlarning shaxsiy orollari qanday paydo bo‘lgan?

Ted Terner o‘z oilasi va do‘stlari bilan 35 yildan buyon Sent-Fillips orolida baliq tutish va elkanli qayiqlarda sport bilan shug‘ullanishdan bahramand bo‘lmoqda. Odam qadami etmagan orol tabiati cheksiz oq qumli plyajlar, buloqlar va ko‘llar, ko‘plab baliqlar hamda boshqa jonzotlarning makoni hisoblanadi.


3. Richard Brenson: Nekker, Britaniya Virgin orollari

Milliarderlarning shaxsiy orollari qanday paydo bo‘lgan?

1978 yilda Nekker oroliga tashrif buyurgan ser Richard Brenson u erda eksklyuziv sayyohlik kurortini tashkil etishni rejalashtirgan. Hozirda Brenson o‘z saytida barchani Britaniya Virgin orollari go‘zalligidan bahramand bo‘lishga taklif etadi.


4. Jon S. Meloun: Sempson Key, Bagama

Milliarderlarning shaxsiy orollari qanday paydo bo‘lgan?

Ayrim millionerlar orollarni jamiyat foydalanishi uchun sotib olsa, boshqalar esa aksincha, o‘zi uchun xarid qiladi. Shunday insonlardan biri media-magnat Jon Meloun.

Sempson Key avvallari beshta villa, restorandan iborat eksklyuziv kurort maskanlaridan biri bo‘lgan. Biroq 2013 yil avgust oyida u Melounning xususiy Bagama jannatiga aylangan.

5. Ekaterina va Dmitriy Ribolovleva: Skorpios oroli, Gretsiya

Milliarderlarning shaxsiy orollari qanday paydo bo‘lgan?

Hattoki boy va mashhurlar ham hamisha o‘z istaklariga erishaverishmaydi. Bill Geyts, Jorjio Armani va Madonna so‘nggi yillarda 1968 yili Aristotel Onassis va Jaklin Kennedining nikohi bo‘lib o‘tgan afsonaviy grek oroliga egalik qilishni istashgan. Biroq orol rossiyalik milliarder Dmitriy Ribolovlevning qizi Ekaterina Ribolovlevaga nasib etdi. Bu maskan 2013 yilda taxminan 150 million dollarga sotib olingan.


6. Ditrix Mateshits: Laukala oroli, Fiji

Milliarderlarning shaxsiy orollari qanday paydo bo‘lgan?

Milliarder va Red Bull kompaniyasi rahbarlaridan biri bo‘lgan Ditrix Mateshits 2000 yillar boshida Laukala orolini sotib oladi va u erda kurort-plyaj hududga aylantirdi.

Mehmonlar kokos daraxtlari va tropik o‘rmon orasidagi Fiji uslubida qad rostlagan villalarda tunab qolishi mumkin. U erda sport turlaridan suzish, ot minish va golf bilan shug‘ullanish mumkin.


7. Roman Abramovich: Yangi Hollandiya, Rossiya

Milliarderlarning shaxsiy orollari qanday paydo bo‘lgan?

Barcha orollar ham toshqin okean atrofida joylashmagan. Yangi Hollandiya Sankt-Peterburg markazidagi kanallardan birida joylashgan kichik sun’iy oroldir. Bu hudud avvaliga harbiy-dengiz floti sifatida Buyuk Pyotrga tegishli bo‘lgan bo‘lib, jamoat uchun uzoq yillar davomida yopiq bo‘lgan. Biroq 2010 yilda orolni qaytadan qurish tanlovida Roman Abramovich kompaniyasi g‘olib chiqadi va orol sayyohlar uchun dam olish va ko‘ngilochar maskanga aylanadi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar