Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12.06.2016

Farzand tarbiyalashning 10 ta printsipi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 584
Farzand tarbiyalashning 10 ta printsipi

Yangi zelandiyalik Nayjel Latta zamonaviy bolalar psixologiyasi bo‘yichaeng kuchli mutaxassis. Latta o‘n yildan oshiq vaqt davomida muammoli bolalar va o‘smirlar bilan ishlagan. Undagi bebaho tajriba va bilim nafaqat tarbiyasi og‘ir bolalar ota-onalari, balki ota-ona bo‘lishni rejalashtirgan barcha uchun ham kerakdir. U hayotiy ko‘nikmalarini bayonetgan kitob bestsellerga aylangani, bejizemas. Biz mana shu mutaxassis tomonidan ishlab chiqilgan bolani tarbiya qilishning qoidalarinie’lon qilayapmiz.

1. Asosiysi — bu muomala

Bueng asosiy qoida va buni hech bir ota-ona nazardan chetda qoldirmasligi kerak. Bola — kichkina odamginaemas, alohida shaxs hamdir. Shuning uchun uni izzat qilish, muloqot mobaynida hurmatni izhoretib turish zarur.

Siz ota yoki ona sifatida shaxsiy namunangiz yordamida boshqa insonlar bilan muloqot qilishni o‘rgating. Samimiyatsiz insoniy munosabat o‘rnatib bo‘lmaydi.

Bu erda nazorat haqida gap ketmayapti. Bolalarni nazorat qilish, ayniqsa, kichik yoshdagilarini cho‘chitib qo‘yadi. Siz faqat qo‘rqitish yordamida “o‘zingni yaxshi tut”, desangiz u bu nega zarurligini tushunmaydi. Bundan tashqari, katta bo‘lganida bola sizdan qo‘rqadigan bo‘ladi.

2. Bolaga simpatiya (xush ko‘rish) bilan munosabatda bo‘ling

Farzand tarbiyalashning 10 ta printsipi

Bolalar ota-onalari ularni yaxshi ko‘rishiga qattiq ishonishadi. Bu tug‘ma hissiyot. Hatto bolaga etarlie’tibor qaratilmagan yoki ularni jazolagan paytda ham ular ota-onasining mehr-muhabbatiga ishonishadi.

Biroq yoqimlilik, xush ko‘rish bilan gapirish, mehr ko‘rsatish umuman boshqa narsa. Ko‘plab bolalar sovuq va loqayd munosabatni darrov payqab qolishadi. Ota-onalik muhabbati tabiiy hissiyot, instinktdir. Unga simpatiyani uyg‘unlashtirsangiz, bola tarbiyasidagi katta yutuqni qo‘lga kiritasiz.

3. Bolalarga juda ko‘pe’tibor zarur

Farzand tarbiyalashning 10 ta printsipi

Barcha bolalargae’tibor kerak.E’tiboresa hech qachon ko‘plik qilmaydi. Farzandlar ikki nafar bo‘lsa, ular barchae’tiborni o‘zlariga qaratish uchun injiqlik qilishadi. Ha, go‘daklare’tiborni qozonish uchun barcha imkoniyatdan foydalanishadi. Bu holat bolalarda instinktiv mavjud. Ota-onaning ko‘z-quloq bo‘lib turishi ular uchun xavfsizlikni anglatadi.

4. Yaxshisini oshirib, yomonini yashiring

Farzand tarbiyalashning 10 ta printsipi

Mazkur qoida birinchi qarashdayoq tushunarli. Ularning yaxshi harakatlarigae’tibor qarating. Agar bola nimanidir noto‘g‘ri qilayotgan bo‘lsa, bunga ahamiyat bermang.

Yaxshi tomongae’tibor qaratish bola o‘zini yaxshi tutishiga sabab bo‘ladi. Yomon qiliqlarigae’tibor bermay qo‘yishingiz bilan fanzandingizning o‘zi injiqlik qilishni bas qiladi.

5. Bolalarga chegara qo‘ying

Farzand tarbiyalashning 10 ta printsipi

Bolalarni chegaralanmaslikning sabablari ko‘p. Ular olamni mustaqil anglashlari lozimku, axir. Biroq bolalarni yolqovlikdan cheklamasangiz, tarbiyani o‘zi bo‘larchilikka tashlab qo‘ygan bo‘lasiz.

Ularni chegarasiz, hech qanday qoidalarsiz tarbiyalab bo‘lmaydi.

Bola biror cheklovga duch kelmagunicha harakatlanaveradi. Sababi nimaningdir mumkinemasligi tushunchasi ularning tabiatida mavjudemas.

6.Ergashtiruvchi bo‘lishga harakat qiling

Farzand tarbiyalashning 10 ta printsipi

Ota-ona bo‘lish og‘ir mas’uliyat. Shaxsiy namuna ko‘rsatish ham qiyin. Shunday bo‘lsa-da fanzandingiz qanday bo‘lishini istasangiz, o‘zingiz ham shunday bo‘lishga majbursiz.

7. Yomon fe’l-atvorini kechirmang

Farzand tarbiyalashning 10 ta printsipi

Agar bola ota-onasini haqorat qilsa, ranjitsa, jazavasi tutib qolsa buni kechirish kerakemas. Ha, bola doimo o‘zini ideal darajada tutmasligi mumkin. Bolalarda vaqti-vaqti bilan yomon fe’l-atvor kuzatilib turadi. Ammo bu holatga qo‘l siltab qo‘yib bo‘lmaydi. Aks holda, ahvol bundan ham yomonlashadi.

Yomon xulq bilan kurashish zarur.

8. Reja tuzing

Farzand tarbiyalashning 10 ta printsipi

Farzandingiz serxarxasha va tantiq bo‘lsa, avvalo, reja tuzib oling. Albatta, bu rejada grafiklar chizishingiz shartemas yoki maqsad va vazifalarni batafsil boshidan oxirigacha ifodalashingiz zaruremas. Har kunlik hisobotlar ham bu o‘rindan joy olmaydi. Shunday bo‘lsa-da, reja zarur.

U sizga bolaning fe’l-atvori ustida ishlashingizda asqotadi. Go‘dakning bitta muammoli fe’li yoki qilig‘ini yozing va u bilan kurashish uchun har xil g‘oyalar o‘ylab toping.

9. Istalgan xulq — bu muloqot

Farzand tarbiyalashning 10 ta printsipi

Eng yomon atvor ham bu bolaning ota-onasi bilan bo‘lgan muloqotidir. Agar u qandaydir nojo‘ya harakat qilayotgan bo‘lsa, go‘dak ota-onasiga nimanidir aytgisi kelayapti. Masalan,e’tiborsizlikdan aziyat chekayapti. Ular fikr va hislarini harakatlar yordamida ifodalaydi.

Bola o‘z tantiliklari bilan nimani tushuntirmoqchiekanligini bilish bu yarim muvaffaqiyat kalitidir.

10. Bolalar — bu xaos (tartibsiz, chalkash) dir, ular bilan urushish foydasiz

Farzand tarbiyalashning 10 ta printsipi

Bolalar ota-onasining hayotiga doimo xaos olib kirgan. Ta’kidlab aytamiz, doimo. Bola tug‘ilishi bilan minglab kutilmagan, kechiktirib bo‘lmas ishlar paydo bo‘ladi.

Buni tushunish va mazkur holatga ko‘nikish zarur. Farzandingiz oldin xafa bo‘lishi, keyin sho‘xlik qilishi, saldan so‘ngesa siz bilan tortishishi, bahslashishi mumkin. Barchasiga sabreting. Dovuldan keyin baribir quyosh chiqadi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar