Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12.06.2016

Ish joyidagi so‘nggi haftani qanday o‘tkazish lozim?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 191
Ish joyidagi so‘nggi haftani qanday o‘tkazish lozim?

Ishdan bo‘shash haqida ariza yozgach, ikki hafta ishlab berish shartini bajarish kerak bo‘ladi. Bu kunlarni foydali va maromida o‘tkazishga harakat qilsangiz, bueski ish joyingizdan tezroq ko‘ngil uzib, yangisiga moslashishingizga yordam beradi.

Siz ketganingizdan so‘ng barchaga oson bo‘lishiga harakat qiling

Aslida har bir inson bo‘shashidan avval hamkasb va boshliqlar bilan ortiqcha murosa va tortishuvlarsiz xayrlashsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘z kompaniyangizni yoqtirasizmi yoki yo‘q, bu ahamiyatsiz. Maqsad — hech kimni dilini siyoh qilmay, oson va hotirjamlikda ketish.

Bu ikki hafta rahbaringiz o‘rningizga munosib nomzod topishi va siz qolgan ishlaringizni yakunlab olishga ulgurishingiz uchun yaxshi fursat hisoblanadi.

Bo‘shash haqida og‘iz ochganingizda muloyim, quvnoq bo‘lishga va qisqaroq gapirishga harakat qiling.

Shuningdek, siz o‘z o‘rningizga keluvchi yangi xodimga ish o‘rgatish taklifini bildirishingiz mumkin.

Bundan tashqari, o‘zingiz ham yangi nomzodlarni taklif qilishingiz mumkin.

Agar boshida hamkasblaringiz siz yo‘qligingizda qiyinchilikka duch kelishsa, mavjud muammolarni qanday haletish bo‘yicha o‘z maslahatlaringizni ayamang.

Sizning shartnomangizda kompaniyani mijozlar bazasini tortib olishdan himoya qiluvchi belgi bo‘lishi mumkin. Bu nozik masala, shundayekan, siz avvalgi ish joyingiz haqida nima deyishingiz va nimalarni qilish mumkinemasligi to‘g‘risida yaxshilab o‘ylang.

Muhim loyihalarni tugating

Ish joyidagi so‘nggi haftani qanday o‘tkazish lozim?

Rahbaringizni oxiriga etkazilmagan ishlardan ogohlantiring. Qisqa muddat ichida amalga oshirish mumkin bo‘lgan vazifalarni yakuniga etkazib qo‘ying.

Ba’zi rahbarlar qo‘li ostidagilarga ikki haftada bitishi mumkin bo‘lmagan murakkab topshiriqlar berib, ularni aldashga urinishadi. Bu vaziyatda qat’iyatli bo‘ling va rahbaringizni qaysi ishni qilishga ulugrishingiz haqida ogohlantiring.

Kompьyuterni tozalab, kerakli hujjatlarni saqlang

Ish joyidagi so‘nggi haftani qanday o‘tkazish lozim?

Ishchi kompьyuterda shaxsiy hujjatlar qolishi kerakemas. Agar bu ish noutbuki yoki statsionar idora kompьyuteri bo‘lsa, o‘z ma’lumotlaringiz va hujjatlaringizni ko‘chirib olib, so‘ngra o‘chirib tashlang.

Shuningdek, brauzer tarixini, manzil va cookies’ni Clean Master yoki CCleaner buyrug‘i yordamida o‘chirib tashlash kerak bo‘ladi.


Stolni yig‘ishtiring va kadrlar bo‘limi bilan gaplashing

Ish joyidagi so‘nggi haftani qanday o‘tkazish lozim?

Idorada shaxsiy buyumlaringizni qoldirib ketmang. Bo‘shashingizdan avval barchasini oxirgi kunga taqamasdan, ketma-ket kerakli buyumlarni olib keting.

Kadrlar bo‘limidagi xodimlar agar kasallik varaqasi va ish haqi hujjatlarida belgilangan bo‘lsa, foydalanilmagan ta’til uchun to‘lovlar to‘g‘risida xabardor qilishadi. Siz bilan hech kim bu masalada bog‘lanmagan bo‘lsa, o‘zingiz murojaat qiling va barchasiga oydinlik kiriting.

O‘zingizni aybdor hisetmang va dam oling

Ish joyidagi so‘nggi haftani qanday o‘tkazish lozim?

So‘nggi ikki hafta og‘ir o‘tishi mumkin. Sevimli ish joyingizni tashlab ketayotganingiz uchun o‘zingizni aybdor his qilishingiz mumkin. Biroq bu noto‘g‘ri.

To‘g‘ri siz o‘z jamoangizni tarketayapsiz, balki yaqin hamkasb do‘stlarni yo‘qotishdan qo‘rqarsiz, biroq o‘ylab ko‘ring: siz ular bilan umringizni oxirigacha birga qola olmaysizku. Siz olg‘a harakat qilishingiz zarur.

Yodda tuting, kompaniya siz kelishingizdan avval qanday yashagan bo‘lsa, sizdan keyin ham shunday yashayveradi. Jamoangiz ham siz yo‘qligingizga osongina ko‘nikadi.

Ish joyingizdagi so‘nggi haftadan rohatlaning. Bu haftani to‘g‘ri va yoqimli o‘tkazishga harakat qiling. Yangi ish joyiga tetik holda borish uchun biroz dam olib,erkin yurishga harakat qiling.



Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar