Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12.06.2016

iPhone'ning yashirin xususiyatlarini o‘rganamiz

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 176
iPhone'ning yashirin xususiyatlarini o‘rganamiz

Apple iPhone’dan foydalanish imkoniyatlarini biroz chegaralasa-da, xitoylik hunarmandlar smartfonning yangi qobiliyatlarini ochishga imkon beruvchi chinakam mo‘’jizalar yaratishmoqda. Ni-news nashrining GearBest bilan hamkorlikda tayyorlagan maqolasida qimmatbaho va hashamdor gadjetdan yana qanday zavq olish mumkinligi to‘g‘risida hikoya qilinadi. Murakkab «ayfon»dan charchab, Android smartfonlarga o‘tishni rejalashtirganlar bu maqolani o‘qib yana bir bor o‘ylab ko‘rishligi tavsiya qilinadi.

iPhone'ning yashirin xususiyatlarini o‘rganamiz

Bizga ma’lumki, ba’zi Android smartfonlarini televizor va boshqa uskunalar uchun universalь masofaviy boshqaruv pulьti sifatida ishlatish mumkin. Agar siz Jakcon deb ataluvchi kichik qurilmadan foydalansangiz va App Store’dan maxsus dasturni o‘rnatib olsangiz, sizda ham iPhone va iPad uchun yuqoridagi kabi funktsiya paydo bo‘ladi. Mazkur adapter quloqchinlar uchun mo‘ljallangan 3,5 millimetrli teshikka o‘rnatiladi va u portni chang va namlikdan himoya qiladi.

iPhone'ning yashirin xususiyatlarini o‘rganamiz

NeeCoo aksessuari iPhone’da Android bazasida ishlovchi smartfonlardan aynan ikkitali sim-kartaga ulanish imkoni bilan tubdan farq qiluvchi yana bir funktsiyani bajaradi. Ikkinchi «simka»ni mazkur qulay qutiga soling, iPhone’ning maxsus dasturini o‘rnating va Bluetooth orqali aksessuarga ulaning. Yoqimli bonus: NeeCoo’dan shuningdek, suratlar olish uchun masofaviy bosish tugmasi sifatida foydalanish mumkin.

iPhone'ning yashirin xususiyatlarini o‘rganamiz

iPhone’ga fleshka qo‘yib bo‘lmaydi, deya do‘stlaringiz ustingizdan kulashadimi? Aslo ranjimang! iFlashDrive aksessuari tufayli iPhone yoki iPad’dagi ichki xotirani 64 gigabaytga kattalashtirishingiz mumkin. Agar qandaydir filьmlar yuklab olishni istasangiz, qo‘shimcha imkoniyat mazkur holatda ayni muddao.

iPhone'ning yashirin xususiyatlarini o‘rganamiz

Agar vaqt o‘tishi bilan iPhone’dagi sim-kartangizni boshqa qurilmaga qo‘yishni istasangiz, biroq standartlarning mos kelmasligi bunga yo‘l qo‘ymasa, bu muammoning ham echimi topilgan. NOOSY adapteri sevimli nanoSIM’ni olib, uni istalgan telefon — hattoki Nokia 3310 ga ham qo‘yishingizga imkon beradi.

iPhone'ning yashirin xususiyatlarini o‘rganamiz

Mazkur aksessuar Nobelь mukofotiga sazovor bo‘lmagan bo‘lsa-da, jiddiy olqishlarga munosibdir. Bir tomoni Lightning’li zaryadka kabeli, boshqa tomonida USB o‘rnatilgan qo‘l bilakuzugi — juda ajoyib g‘oya, shundayemasmi?Endi doim o‘zingiz bilan uzun simli ulagichlarni ko‘tarib yurishingizga to‘g‘ri kelmaydi: iPhone yoki iPad’ni quvvatlash uchun yaqindagi USB-portni topish kifoya.

iPhone'ning yashirin xususiyatlarini o‘rganamiz

Yana bir kerakli aksessuar nafaqat Apple qurilmalariegalariga, balki boshqa mobilь gadjet foydalanuvchilariga ham as qotadi. Oltita USB portigaega 60 Vattli adapter bilan butun boshli qurilmani zaryadlash imkoni mavjud. Narxi ham hamyonbop bo‘lgan bu uskuna uy xo‘jaligida, albatta, kerak bo‘ladi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar