Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12.06.2016

Erda inson omili bilan yuzaga kelgan 10ta qora tuynuk

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 610
Erda inson omili bilan yuzaga kelgan 10ta qora tuynuk

Quyosh tizimidagi hech bir sayyora Er kabi tabiiy omillari va lanshaftlarining xilma-xilligi bilan ajralib turmaydi. Gullagan vodiylar, qumli tekisliklar, qorli cho‘qqilar - bir necha million yil davomida tabiat mukammal manzara yaratdi. Biroq ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi rivojlangani sari landshaft inson faoliyati ta’sirida sezilarli o‘zgarishlarga duch kela boshladi - suv havzalarining qurishi, sahro maydonlariining kengayishi va erda gigant tuynuklarning hosil bo‘lishi shular jumlasidandir. Quyida biz ochiq usulda foydali qazilmalarni qidirish natijasida yuzaga kelgan dunyodagieng chuqur tuynuklarni yodga olamiz.

Ekati, Kanada

1998-2009 yillar oralig‘ida bu erdagi er kovaklaridan 40 million karat olmos qazib olingan. Hozirgi paytda kondagi ishlar er ostidan amalga oshirilmoqda. Tuynukning aniq chuqurlik o‘lchami ma’lumemas.

Dьyavik, Kanada

Erda inson omili bilan yuzaga kelgan 10ta qora tuynuk

Tuynuk 2003 yilda ochilgan. Bu erda yiliga 1500 kilogramm olmos qazib olinadi. 2010 yildan bu ishlar er ostidan amalga oshiriladigan bo‘ldi. Bu joyning ham chuqurlik o‘lchami aniqemas.

Katta tuynuk, JAR

Erda inson omili bilan yuzaga kelgan 10ta qora tuynuk

Tuynuk 1866-1914 yillar oralig‘ida qazilgan. Shu vaqt ichida bu erdan 2722 kilogramm olmos qazib chiqarilgan. Tuynukning maydoni 17 gektardan iborat. Uning perimetri 1,6 kilometrga etadi,eniesa - 463 metr. Bugungi kunda chuqurlik suv bilan to‘lgan.

Kalguri super pit, Avstraliya

Erda inson omili bilan yuzaga kelgan 10ta qora tuynuk

Avstraliyadagieng katta ochiq tuynuk o‘z ishini 1989 yilda boshlagan. Ko‘p yillar mobaynidaeng yirik oltin tuynugi uzunasiga 3,5 kilometrga cho‘zilgan. Tuynukning yon tomonlaridan tubigacha bo‘lgan masofa 360 metrni tashkiletadi.

Grasberg, Indoneziya

Erda inson omili bilan yuzaga kelgan 10ta qora tuynuk

Grasberg dunyodagieng baland tuynuk hisoblanadi, u dengiz sathidan 4285 metr balandlikda joylashgan. Bu erdagidagi qazish ishlari 1973 yilda boshlangan. Bugungi kunga kelib tuynukning chuqurligi 480 metrga etdi.

Mir, Rossiya

Erda inson omili bilan yuzaga kelgan 10ta qora tuynuk

1955 yilda ochilgan olmoslar makoni 2001 yilgacha ochiq usulda qazib olingan. 2009 yilda qazish ishlari er osti konidan amalga oshirila boshlandi. Tuynukning chuqurligi 525 metr, diametri - 1,2 kilometr.

Udachniy, Rossiya

Erda inson omili bilan yuzaga kelgan 10ta qora tuynuk

Yoqutiston shimolidagi olmoslar makoni shimoliy qutbdan 20 kilometr masofada joylashgan. 1982 yildan olmoslar ochiq usulda qazib olingan, 2014 yildanesa er osti koni ishga tushdi. Tuynukning chuqurligi 585 metrdan iborat.

Eskondida, Chili

Erda inson omili bilan yuzaga kelgan 10ta qora tuynuk

Ochiq kon Atakama sahrosining shimolida joylashgan. Bu erdagi qazish ishlari 1990 yilda boshlangan. Ularningeng chuqurining uzunligi - 650 metr.

Chukikamata, Chili

Erda inson omili bilan yuzaga kelgan 10ta qora tuynuk

Bu mis rudasi qazib olinadigan dunyodagieng katta ochiq kon. Bu msakandagi qazish ishlari 1915 yildan beri olib boriladi. Tuynuk markaziy Andning 2840 metr balandligida joylashgan. Tuynukning chuqurligi 850 metrni tashkil qiladi.

Bingem-Kanьon, AQSh

Erda inson omili bilan yuzaga kelgan 10ta qora tuynuk

Bu erdagi mis rudasini 1850 yilda topishgan va 13 yil o‘tib unda qazish ishlarini boshlashgan. 2008 yilgi holatiga ko‘ra, tuynukning chuqurligi 1,2 kilometr,eni 4 kilometr, maydoniesa 1900 akrga etdi. Tuynukdan har kuni taxminan 450 ming tonna mis qazib olinadi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar