Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12.06.2016

Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 145
Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

Turk oshxonasi asrlar mobaynida Yaqin Sharq, Kichik va O‘rta Osiyo madaniyatlari ta’sirida shakllangan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, u o‘zida turli xalqlarning, turli mintaqalarning an’analarini aksettiradi.

Turk oshxonasi go‘shtli ovqatlarga boy, ular ichidaeng mashhuri, albatta, kabobdir. Turkiyaning turli burchaklarida kabobning o‘ndan ortiq turlari tayyorlanadi. Ammo turk oshxonasi shirinlik ishqibozlarini hame’tiborsiz qoldirmaydi – ular luqum, holva, pahlavadan baxramand bo‘lishlari mumkin. Bulardan tashqari, turk qahvasi va choyi, “simit” teshik kulchalari va mahalliy pitstsa – lahmajun o‘z shinavandalarigaega bo‘lib ulgurgan.

Quyida turk oshxonasining ba’zi mashhur taomlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

1. Kunjut sepilgan teshik kulcha odatda nonushta dasturxoniga tortiladi. Simit bilan birga murabbo yoki pishloq tanovul qilishadi. Simitning hajmi, o‘lchovi va ta’mi har bir viloyatda turlichadir. Izmir shahrida uni gevrek deb atashadi.

Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

2. Shuningdek, simit ko‘chalarda sotiladi. Sotuvchilar uni maxsus aravachada yoki boshlarida olib yurishadi.

Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

3. Gyozleme – qiymali non shaklidagi an’anaviy turk taomlaridan biri. Gyozleme saj deb ataladigan maxsus tovada pishiriladi. Qiyma ismaloq, pishloq, dengiz mahsulotlari, tuxum, qiyma go‘sht va boshqa narsalardan qilinishi mumkin.

Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

4. Lahmajun navbatdagi mashhur sharqona taomdir. Uni arman, turk yoki arab pitstsasi deb ham atashadi. Taomni tayyorlash uchun maxsus yupqa non ustiga qiyma go‘sht, pomidor yoki tomat sousi, bulg‘or qalampiri, piyoz, sarimsoq, ko‘katlar, oregano qo‘yiladi. Lahmajun odatda 150-170 gramm og‘irlikkaega bo‘ladi.

Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

5. Mutanjana – quritilgan mevalar va qo‘y go‘shtidan tayyorlanadigan ovqat.

Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

6. Ko‘zachada pishiriladigan krevetkalar.

Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

7. Iskandar kabob – qo‘zi go‘shti, mayda to‘g‘ralgan non bo‘laklari,eritilgan yog‘ va qatiq tomat sousida tayyorlanadi.

Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

8. Adana kabob – qiyma go‘shtdan sixda tayyorlanadi, ustidan o‘tkir qalampir yoki murch sepiladi.

Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

9. Kyofte – turk kotletlari. Turkiyaning har bir viloyatida o‘ziga xos retsept bo‘yicha tayyorlanadi.

Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

10. Ichiga qiyma solingan midiya.

Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

11. Ziravorlar sepilgan kichik kotletlar.

Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

12. Tantuni – go‘sht va pomidordan tayyorlanadigan taom. Tantuni lavashga o‘ralgan holda yoki oddiy non ichida, shuningdek, nonsiz ham iste’mol qilinishi mumkin. Tabga ko‘ra ko‘katlar va piyoz qo‘shiladi.

Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

13. Menemen – tuxumga pomidor, piyoz, qalampir aralashtirib pishiriladigan nonushta taomi.

Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

14. Burekas – nafaqat Turkiyada, balki boshqa qo‘shni mamlakatlarda ham mashhur pishiriq. Qatlama hamirdan tayyorlanadi.

Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

15. Knafe – Kadoif lag‘moni vaechki pishlog‘i asosida tayyorlanadigan ovqat.

Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

16. Ayron.

Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

17. Pahlava – qatlama xamirdan tayyorlanadigan pishiriq. Yupqa xamir qatlamlari ustma-ust qo‘yilib, ularning ustidan yog‘ surtiladi, so‘ng maxsus idishda o‘ralib pishiriladi. Pishgan xamireritilgan shakar va limon sharbatiga bo‘ktirilib, maydalangan yong‘oq yoki pista xamir qatlamlari orasiga joylashtiriladi. Tabga qarab ziravor va gulob qo‘shish mumkin.

Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

18. Luqum – ikki turda bo‘ladi: rohat-luqum undan, shakar-luqumesa shakardan tayyorlanadi. Shuningdek, pishiriqqa nishasta, yong‘oq, pista, bodom, kokos qo‘shilishi mumkin.

Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

19. Luqma – kulchaga o‘xshash shirin pishiriq. Achitqili xamirdan va dolchindan tayyorlanib, qizitilgan yog‘da qovuriladi. Tanovul qilishdan oldin ustidan asal, shakar qiyomi surib, dolchin sepiladi.

Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

20. Tulumba – odatda desertga tortiladigan pishiriq. Tulumba 5 sm li bo‘laklarga ajratilgan tuzsiz xamirdan tayyorlanadi, xamir bo‘laklari qovurilgach, ustidan qiyom suriladi.

Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

21. Turk qahvasi.

Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

22. Turk choyi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar