Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12.06.2016

Unutmang, dush qabul qilishda ham me’yor bor

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 100
Unutmang, dush qabul qilishda ham me’yor bor

Olimlar odamlarning me’yoridan ortiq dush qabul qilaverishi ularning salomatligi uchun zararli bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda, deb yozmoqda "Qalampir" nashri. Hatto, ana shunday kundalik mashg‘ulotni bajarishda ham ma’lum qonun-qoidalarga amal qilish talab etiladi.

Kaliforniya universiteti mutaxassislari salomatlik uchun foydali dush qabul qilish qoidalari bilan tanishtirishdi. Mutaxassislarning fikricha, dush qabul qilganda vannada ko‘p qolib ketish yaramaydi. Gap shundaki, odam terisi yog‘li himoya qavati bilan qoplangan. Bir kunda bir marotabadan ortiq muttasil yuvinaverish esa mazkur qavatning yemirilishiga olib keladi. Oqibatda organizmning teri xastaliklariga chalinish xavfi yanada ortadi.

Odatda yoz oylarida dushdan chiqmaydigan odamlarning haddan tashqari toza va ozoda bo‘lishga intilishlari ularda ekzema xastaligining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Yuvinish uchun mochalkani bir oyda ikki marotaba almashtirib turish kerak. Chunki mato tarkibida o‘lgan teri qoldiqlari saqlanib qoladi. Oqibatda gigiyenaga amal qilaman deb, bakteriyalar o‘chog‘iga ega bo‘lishingiz, o‘zingizga ortiqcha tashvish orttirishingiz mumkin.

Issiq suv teri va sochga salbiy ta’sir qiladi. Natijada inson ko‘rki bo‘lgan sochlarning erta to‘kilib ketishiga olib keladi. Shuning uchun, mutaxassislar issiq ham, sovuq ham bo‘lmagan suvda cho‘milishni tavsiya etishadi. Yuvinish vaqtida oddiy qoidalarga amal qilinsa, teringiz yanada toza, ozoda, muhimi sog‘lom bo‘lib, o‘z go‘zalligi va yoshlik jozibasini yo‘qotmaydi.
Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar