Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12.01.2017

Mimikaning etti siri

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 129
Mimikaning etti siri

Yuz ifodalarini o‘qiy olish va izohlay olish muloqotda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan noog‘zaki signallar, deb atash mumkin bo‘lgan tushunchaning muhim qismidir. Bu hissiyotlarga mos asosiy his va mimikani o‘rganish sizga atrofdagilarning nimani his qilayotganlarini anglashga, tushunishga va bunga samaraliroq munosabat bildirishga yordam beradi.

Quvonch ifodasida yuzning yuqori qismi bilan birga pastki qismi ham ishtirok etadi. Quvonchda og‘iz chetlarining ko‘tarilishi va yonga tortilishidan tashqari, ko‘z atrofidagi mushaklarning qisqarishi ham kuzatiladi, buning natijasida “g‘oz panjalari” va ko‘z ostidagi yuz mushaklarining harakati yuzaga kelib, burishiqlar paydo bo‘ladi. Jag‘lar keng ochilgan, tishlar ajralgan, hech qanday zo‘riqish ko‘zga tashlanmaydi. Haqiqiy tabassum — anatomik jihatdan har doim aniq, samimiy baxtiyorlik hissidan darak berib turadi.

Mimikaning etti siri

Qayg‘u ifodasini simulyatsiya qilish qiyin, chunki bunda qoshlar biroz yuqoriga ko‘tarilib, lab chekkalari pastga tushadi, ana shu qayg‘uga mos ko‘rinish hisoblanadi. Faqat juda ozchilik odamlar istaganda qoshlarini ko‘tarishlari mumkin, biroq sezilar-sezilmas bu ko‘tarilish chindan ham g‘amgin kayfiyatdaligi hammada oshkor bo‘ladi. Kimdir g‘amga botganda yuqori qovoqlarning biroz pastga tushgani, qarashi e’tiborsiz ekanligi va lab chekkalari hamda pastki jag‘ining biroz siljishi kuzatiladi.

Mimikaning etti siri

Jirkanish ifodasi shunisi bilan farq qiladiki, u assimetriyani talab qiladi. Ko‘p hissiy ifodalar ikki tomonlama bo‘lishi mumkin, biroq jirkanish — lab chekkasining ko‘tarilishi va tortilishi bilan ifodalanadigan yuzning faqat bir tomonida seziladigan yagona hissiyot.

Mimikaning etti siri

Hayratlanish ifodasi — hamma ifodalardan eng qisqasidir. Unda, odatda, qoshlar ko‘tarilib, ko‘zlar katta ochilib, og‘iz ochiladi. Hayratlanish ifodasi juda tezda g‘azab, quvonch yoki qayg‘u hissiga aylanadi.

Mimikaning etti siri

G‘azab engil asabiylikdan ochiq achchiqlanishgacha bo‘lishi mumkin. G‘azab shiddatining har xil darajalari bo‘lsa-da, ularning hammasida yuz ifodasi bir xil bo‘ladi. G‘azabda biz ko‘pincha qoshlarning pastga tushib, ko‘zlar chaqnaganini ko‘ramiz. Lablar jips yopilib, yuqori qovoqlar orqaga tortiladi, pastki qovoqlar esa — yuqoriga ko‘tariladi.

Mimikaning etti siri

Bu kuchli ifoda biron ob’ekt yoki odamga yoki biron jirkantiruvchi fikrga nisbatan tug‘iladi. Burun, odatda, tirishadi, yuqori lab esa biroz ko‘tariladi.

Mimikaning etti siri

Qo‘rquv ifodasi xavfli vaziyatlarda ogohlantiruvchi ishora bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘rquvni his qilganimizda, qoshlarimiz ko‘tarilib, cho‘ziladi, pastki qovoqlar esa zo‘riqadi, lablar gorizontal bo‘yicha biroz tortiladi.


Manba: xabardor.uz


Teglar: Mimikaning etti siri

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий