Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.01.2017

Hoziroq baxtli bo‘lishni o‘rganishni istaysizmi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 77
Hoziroq baxtli bo‘lishni o‘rganishni istaysizmi?

Hayotimizda “... kerak” degan hitobli so‘zga juda ko‘p bora duch kelganmiz. Ayniqsa, bolaligimizdan “Ovqatni oxirigacha yeyish kerak”, “Maktabda yaxshi o‘qish kerak”, “Odob saqlash kerak” va yana so‘ngsiz “...kerak”, “...kerak”, “...kerak”lar.

Ulg‘aysakda, miyamizda “...kerak” degan qanday yashashni o‘rgatuvchi buyruq gaplari tinmaydi, ammo ularning orasidan shaxsiy istaklarimizni eshita olamizmi? Umuman olganda, umum qabul qilingan “yashash qoidalari”ga amal qilgan holda, to‘la-to‘kis baxtga erisha olamizmi?

Yaqinda bir ayolning o‘zi haqda yozgan hikoyasiga ko‘zim tushdi. Darya ismli ayol bir necha oy avval depressiya, surunkali charchoq, umidsizlik shikoyatlari bilan psixoterapevt huzuriga bordi. Darya shifokor bilan suhbatlashar ekan, terapevt uning bir necha marta “...kerak” so‘zini ishlatganiga e’tibor qaratdi.

Daryaning ota-onasi hayot qonuniyatlari asosida yashaydigan insonlar, ya’ni ta’limdan so‘ng ishlash kerak, keyin esa oila qurib, demografiya qonunlari buzilmasligi uchun ikki farzandli bo‘lish kerak va hokazo. Ulardagi hayot ana shu tartib bilan davom etib keladi.

Natijada esa bunday “yashash tartibi” avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tdi. Shu tariqa, hech kim shaxsiy qiziqishlar, orzu-istaklar va hatto, inson o‘zini “tinglay olish” qobiliyati ham shakllanmay qoldi. Bunday “yashash tartibi”, ya’ni “...kerak” so‘zi bilan bog‘langan qonuniyatlar asosida hayot kechirish jamiyatning rivojlanishi va gullab-yashnashiga xizmat qilishi ta’kidlangan. Mana, kommunizmning tantanasi!

Bunday “ideal hayot”ning aks tarafi ham bor

Avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan “yashash qonuniyatlari” asosida yashash qanchalik insonga baxt keltiradi? 1961 yilda psixolog Stenli Milgrem o‘ziga xos tajriba o‘tkazdi. Tajriba ishtirokchilari “o‘qituvchi” rolida namoyon bo‘lishdi. “O‘quvchi”lar rolida esa maxsus aktyorlar bo‘lgan va tadqiqot ishtirokchilari bundan bexabar bo‘lishgan. “O‘qituvchi”lar “o‘quvchi”larga yangi so‘zlar o‘rgatishgan. Har bir “o‘quvchi” so‘zlarni yoddan ayta olishi zarur edi, biroq xato qilgan “o‘quvchi” sun’iy tok bilan jazolangan. “O‘qituvchi”lar o‘zlari istagan natijaga erishish uchun “o‘quvchi”larni ayovsiz jazolashdi. Bunda esa “...kerak” iborasi ilgari surildi. “Ideal”likka erishish uchun barcha so‘zlarni yod olish KERAK edi.

Stenli Milgrem o‘z tajribasi orqali to‘g‘ri yashash KERAK bo‘lgan “hayot qonuniyatlari”ga rioya qilish nafaqat o‘zimizga, balki atrofdagilarga ham zarar yetkazishi mumkinligini isbotlab berdi.

Yuqoridagi qahramonimizning taqdiriga qaytsak. Darya psixoterapevtining tavsiyasi bilan miyasidagi “...kerak” so‘zini “istayman” so‘ziga almashtirishga qaror qildi. Nazariya esa quyidagicha edi: Daryaga zarur bo‘lgan barcha harakatlar uning istagi bilan amalga oshadigan bo‘ldi. Qolgan barchasi, ya’ni ota-onasi qat’iyan belgilab bergan, Daryaga ma’qul bo‘lmagan “hayot qonuniyatlari” bo‘shliqqa aylanadi.

Shu o‘rinda, bolalar uchun mo‘ljallangan mashhur ertak qahramoni Vinni-Puxning iborasi yodga tushadi:

“Qanday zarur bo‘lsa, shunday qilish kerak. Zarurat bo‘lmasa, qilish kerak emas”.

Hayotimiz davomida “...kerak” so‘zini “istayman” so‘ziga o‘zgartirish orqali ko‘proq baxtga erishish mumkin ekan. Bunda esa nafaqat insonning o‘zi, balki atrofdagilarga ham ziyon yetmaydi.

Aslida insonlar ko‘plab vazifalar qarshisida turishgani uchun ham “...kerak” so‘ziga ko‘p itoat etishlari mumkin. Ammo miya faoliyati bilan istakning mos kelmasligi siz kutgan natijaga olib kelmasligi tayin.

Oddiy misol. Siz ish faoliyatingiz davomida bir vaqtning o‘zida hisobot tayyorlashingiz kerak, ish yuzasidan uchrashuvga borishingiz kerak, xat tayyorlashingiz kerak. Bu vazifalar orasida eng avvalo qaysi vazifani birinchi bo‘lib amalga oshirishni istaysiz? Ayni vaqtdagi istagingizni ro‘yobga chiqarishni boshlang. Agar bu vazifalardan hech birini qilgingiz kelmasa, unda bunday ish faoliyatidan umuman voz kechgan ma’qul.

Kishi o‘z faoliyatidan zavq olishi zarur. Ishingiz sizdan energiyani olishi emas, aksincha, quvvatni berishi lozim. Bu ish faoliyati bilan bog‘liq eng oddiy misoldir. Hayotda esa bundan-da murakkab vaziyatlar uchrashi tabiiy.

Ayollar ba’zan uy ishlarini qilishni istamasliklari mumkin, ammo qilish KERAK, istak esa, aksincha. Ayollar majburiy xizmat qilishni ma’qul ko‘rishmaydi. Agar bu vaziyatda “...kerak” so‘zini “xohlayman” so‘ziga almashtirsakchi?! Ayollar go‘zal soch turmagini istashi tabiiy, go‘zal ko‘rinishga esa saranjom uy mos keladi. Barchasi oddiy. Bu xulosa yelkamizdagi og‘ir yukni biroz yengillashtiradi.

Jamiyatda ko‘p insonlar o‘zgalar chizib bergan “tartib” asosida hayot kechirishadi. Qanday yashash kerak, qayerda ishlash kerak, bo‘sh vaqtda nima bilan shug‘ullanish kerak... Afsuski, bunday qoidalar inson onggini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

Bir yigit o‘z tashqi ko‘rinishini “ideal” tarzda saqlab qolish uchun boks mashg‘ulotlariga qatnay boshladi. Kunlarning birida uning sevgani undan “nima uchun boksga qatnashayotganligi” haqida so‘radi, ammo yigit aniq javob bera olmadi, uning boshi qotdi... Yigit bu borada o‘ylab ko‘rmaganligi aytdi. “Kerak bo‘lgani uchun boryapman, deya o‘zimni aldagan ekanman. Keyinchalik o‘ylab qarasam, men doimo yuzimga uradigan joyga borayotgan ekanman. Bundan esa men umuman zavqlanmayman. Shundan keyin o‘zimga mos murabbiy topdim va istagimni bayon qildim. Hozir ham ba’zan yuzimga kaltak tushadi, lekin ayni vaqtda men bundan zavq olyapman”, deydi yana bir qahramonimiz.

Kishilik jamiyati hamma istagan ishini qilsa, tartibsizlik yuzaga kelishidan qo‘rqishi tabiiy. Lekin tadqiqotlar va tarix buning aksini ko‘rsatadi.

Insonning ruhiyati ming yillar davomida shakllanib kelgan. Qadimda odamlar ongli ravishda atrofdagi barcha narsalarni va barcha insonlarni himoya qilish, ularni asrash g‘oyalari bilan yashab kelishgan. Shaxsiy manfaat tushunchasi bo‘lmagan.

Bir joyda tartib saqlab jim o‘tirish insonga foyda keltirmaydi. Qat’iy belgilangan “hayot qonuniyatlari”ning bo‘lmasligi esa shaxsiy fikrning shakllanishiga, tanlov huquqi yuksalishiga va asosiysi, taqdirni, kasbni tanlashga yordam beradi. Bu esa ham ma’nan, ham iqtisodiy sohada rivojlanishga olib keladi.

O‘z istaklarini “hayot qonuniyatlari”dan ustun qo‘ygan kishilar yoki o‘zlari zavq oladigan ish bilan shug‘ullanadiganlar boshqalarga nisbatan baxtli ekanliklari fanda ko‘p bora isbotlangan. Bunday kishilarda depressiya, stress juda kam uchraydi.

Psixologlarning xulosalariga ko‘ra, shu yerda va hozirning o‘zida yashashni o‘rganing. Baxtli bo‘lish uchun eng ma’qul vaqt bu – hozir. Shu on, shu daqiqa, shu soniya o‘zingizdagi bor imkoniyatlarga shukur qila biling, ya’ni minnatdor bo‘ling va ertaga bundan-da yaxshi yashashingizga ishoning. Bu esa dunyodagi eng omadli insonlarning sevimli aforizmidir.
Durdona Rasulova

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий