Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.01.2017

Ertalab o‘rningizdan qo‘zg‘alishga undaydigan uch so‘z...

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 94
Ertalab o‘rningizdan qo‘zg‘alishga undaydigan uch so‘z...

Amerikalik ishbilarmon va bir necha kitoblar muallifi Gari Vaynerchuk har kuni ertalab o‘zimizga o‘zimiz takrorlashimiz kerak bo‘lgan ibora bilan bo‘lishdi. Bu sizga hayotdagi eng asosiy narsani unutmaslikka yordam beradi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Eng yaxshi hayotbaxsh ibora atigi uch so‘zdan tashkil topgan: "Sen mangu emassan". Sizlarni qo‘rqitmoqchi emasman, shunchaki borini aytdim. Baxtli bo‘lishimiz uchun birgina hayotimiz bor, buning uchun boshqa imkon bo‘lmaydi. O‘zingizga yoqmagan ish bilan shug‘ullanayotganingizni aytib, noligandan ko‘ra, harakatga kirishing.

Dunyoda birovning baxti haqida qayg‘uradigan kishilar haddan ziyod ko‘p, aslida ular o‘z baxtlari borasida qayg‘urganlari yaxshi. Bilasizmi, nima uchun men boshqa insonlarni baxtli ko‘rishni va ularni shunga ilhomlantirishni yaxshi ko‘raman? Chunki men o‘zim baxtliman! Ehtimol, bu kimgadir xudbinlikdek tuyular, lekin inson birinchi navbatda o‘zini baxtli qilishi, keyin esa boshqa insonlarga baxt ulashishi mumkin.

O‘zingizga o‘zingiz savol bering - qilayotgan ishingiz sizga muvaffaqiyat va baxt olib kelyaptimi? Nafaqat ishda, balki kundalik hayotda ham. Baxtli inson qancha pul topish emas, ishni qanday bajarishi muhimroq ekanini yaxshi anglab yetadi.

20 yoshligimda 90 yoshlar atrofidagi kishilar orasida ko‘p bo‘lganman. Ularni qayerda va qachon ko‘rganim muhim emas. Men ulardan o‘z hayotlari to‘g‘risida so‘zlab berishni so‘raganman. Barchaning hikoyasi "Afsuski, ..." so‘zi bilan boshalanardi. Kimdir vaqtida yaxshiroq ishlamagani uchun afsuslansa, yana kimdir yaqinlari va sevimli insonlari bilan kam vaqt o‘tkazganidan pushaymon bo‘lardi, shu bilan birga ularning orasida o‘zlari istagan ish bilan shug‘ullana olmaganliklaridan afsuslangan kishilar ham ko‘pchilikni tashkil qilardi. Ularning bari nimadandir afsuslanardi...

Qariyalar bilan muloqotdan chiqargan xulosamni birgina ibora bilan ifodalash mumkin:

Harakatni boshlash uchun hozirdan yaxshi vaqt yo‘q.

Agar yoshingiz endigina 20dan oshgan bo‘lsa, bu ayni vaqti.

Shuni yaxshi tushunib yetishingiz kerakki, o‘zingiz istagan hayotni faol qurish uchun taxminan besh yilcha vaqtingiz bor. Do‘stlaringiz bilan sayohat qiling, o‘zingiz uchun dunyoni kashf etib boring, iste’dodingizni namoyish eting, qiziqishlaringizga vaqt ajrating.

Yoshingiz hattoki 40, 50 yoki 60dan oshgan bo‘lsa-da, baxtli bo‘lish uchun yetarli vaqtingiz borligini unutmang. Biror narsani chin dildan istasangizgina uning uddasidan chiqasiz.

Biri kun kelib, barchamiz bu hayotni tark etamiz. Yoshingiz nechada bo‘lishiga qaramay, baxtli bo‘lish uchun vaqtdan unumli foydalaning. Bugungi kunda o‘zimiz istagan hayotga erishish uchun imkoniyatlar bisyor.

Men aslida so‘nggi yillarda nimani kuzatayotganlarimga nisbatan o‘z munosabatimni bildirishim kerak edi. Bugun insonlar ko‘p imkoniyatlarni qo‘ldan boy berishmoqda. Ular o‘zlari istagan vaqtda imkoniyatdan foydalana olishadi, deb o‘ylashadi. Odamlar xuddi vaqt cheklanmagandek yashaydilar, biroq bunday emasligini hammamiz yaxshi bilamiz.

Mening so‘zlarim hech bo‘lmaganda bir kishini o‘z xatti-harakatlarini qayta ko‘rib chiqishga turtki bersa, demak gaplarim zoye ketmabdi.

"Sen mangu emassan" iborasi har kuni ertalabdan sizni o‘rningizdan qo‘zg‘alishga majbur qilishi kerak. Sizning birgina hayotingiz va birgina imkoningiz mavjud. Insonning hayotini pushaymonlardek zaharlaydigan narsa bo‘lmasa kerak. Shu bois o‘zingizni oqlash uchun sabab qidirishni bas qiling va baxtli hayot sari yo‘l boshlang.

Gari Vaynerchuk

Amerikalik ishbilarmon, Wine Library supermarketi boshqaruvchisi va hammuassisi , taniqli Wine Library TV videoblogi boshlovchisi, yozuvchi.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий