Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.11.2016

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 31
Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

Time jurnali e’tirofiga ko‘ra, Barbi qo‘g‘irchoqlaridan Xitoy kosmik laboratoriyasi, shirin kartoshkadan lego-protezlarigacha bo‘lgan joriy yilning eng yaxshi ixtirolarini e’tiboringizga taqdim etamiz. Eng yoqimlisi shundaki, bu kelajak mahsulotalarini shu kunlarda xarid qilish mumkin!

1. Flyte kompaniyasidan muallaq turuvchi chiroq. U elektromagnetizm va energiyani simsiz uzatish orqali ishlaydi.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

2. Morpher kompaniyasidan velosiped uchun yig‘iluvchi dubulg‘a. Oddiy dubulg‘alar kabi yaxshi himoya vositasi hisoblanadi, shuningdek, noutbuklar uchun sumkaga ham sig‘adi.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

3. Tesla va SolarCitydan quyosh batareyalari. Endilikda uy ko‘rinishini buzib turuvchi panellar emas, balki chiroyli tom ko‘rinishida bo‘ladi.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

4. O‘z-o‘zini bog‘lovchi Nike Hyperadapt 1.0 krossovkalari. Endi bog‘ichlarga ko‘p vaqt yo‘qotishni keragi yo‘q, tugmaga bosilsa bo‘ldi.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

5. AP Thailanddan noto‘g‘ri shakldagi futbol maydonlari. Gavjum Bangkok shahridagi foydalanilmayotgan erlarni sport maydonlarigi aylantiradi.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

6. PlayStation VR virtual reallikga tushishning arzon va oson yo‘li. Bizning olamimiz endi hech qachon avvalgidek bo‘lmaydi...

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

7. Hmbldt Vape Pens tibbiy marixuana ingalyatorlari. Uyqusizlik yoki bosh og‘rig‘iga qarshi foydalaniladigan dori vositalari o‘rnini bosadi.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

8. Hello Sense qo‘ng‘iroqli soati siz uxlayotgan xonadagi haroratni, yorug‘likni, namlikni va havoning sifatini o‘lchay oladi. Shuningdek, uyqu tsikllarini nazorat qilib, eng mos vaqtda sizni uyg‘otishi mumkin.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

9. Goodyear kompaniyasidan aylanuvchi Eagle 360 sferik shinalar. Ha-ha, ular g‘ildirakni qaytadan ixtiro qila olishdi.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

10. Quip elektron tish cho‘tkasi. Texnologiya nuqtai nazaridan, barcha narsa eskicha qilingan, lekin innovatsion dizayn Apple mahsulotlari muxlislariga bag‘ishlangan.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

11. Eatwell Assistive Tableware idishlari aqliy imkoniyatlari kamaygan insonlarga, misol uchun Altsgeymer kasalligi bilan og‘ringanlarga yordam bera oladi.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

12. Ikea Foundation kompaniyasining eshik qulflari va quyosh batareyalari bilan jihozlangan Better Shelter loyihasi vaqtinchalik boshpanalarini taqdim etdi. Ularni yig‘ilgan ko‘rinishda ko‘chirish va IKEA javonlari kabi bir necha soatlarda qayta yig‘ib olish mumkin.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

13. Dyson Supersonic soch quritgichi. Past ovozda ishlaydi, sochlarni tezroq quritadi va ularga zarar etkazmaydi.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

14. Olov rang shirin kartoshka. Afrika mamlakatlaridagi A vitamini etishmaydigan bolalar uchun maxsus o‘stiriladi.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

15. Dji Mavic Pro droni — eng kichkina ommabop dronlardan hisoblanadi, yig‘ma ko‘rinishda esa kaftga ham sig‘adi.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

16. Arc InstaTemp termometri — o‘z analoglaridan qiziq dizayni va samaradorligi bilan farqlanadi. U tana haroratini 2,5 sm masofada 2,5 soniyada o‘lchay oladi, shuningdek, harorat ko‘tarilishini esa qizil, sariq yoki yashil ranglarda aks ettiradi.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

17. Minimed 670g «Sun’iy oshqozon osti bezi». Diabetga chalinganlar hayotini engillashtirishga, ya’ni avtomat tarzda qondagi shakar miqdorini aniqlash va insulin bilan ta’minlashga qaratilgan.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

18. Tiangong-2 Xitoy kosmik laboratoriyasi.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

19. IKO protez qo‘llari — Karlos Artur Torresom tomonidan maxsus bolalar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, u bilan LEGO mahsulotlarini o‘ynash mumkin.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

20. Chevrolet Bolt elektromobili.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

21. UNICEF Kid Power Band bilakuzugi bolalarga dunyoni o‘zgartirishi mumkinligini his etishga yordam beradi.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

22. Apple AirPods simsiz quloqchinlari — quloqlarga qo‘yilganda avtomat tarzda sizning iPhoneningizga ulanadi.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

23. Amazon Echo simsiz spikeri. Uning ichida Sirining raqobatchisi Aleksa yashaydi. U yordamida Uber taksisini chaqirish, o‘z uyingizdagi chiroqlarni o‘chirish yoki pitstsa buyurtma qilish mumkin.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

24. Wynd shaxsiy havo tozalagichi — portativ filtr bo‘lib, havodagi barcha ifloslanishlarni yutadi.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

25. Barbi qo‘g‘irchoqlarining yangi to‘plamida nihoyat, ular oddiy odamlarga o‘xshashadi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar