Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.11.2016

Juftingizni rom etadigan va e’tiborini susaytirmaydigan 7 odat

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 24
Juftingizni rom etadigan va e’tiborini susaytirmaydigan 7 odat

«Oqila rafiqam, sen shunday qilgilki, men sening go‘shangdan lazzatliroq va yaxshiroq joyni topa olmay», deb quyidagi fikrlarni bayon etadi Darakchi nashri.

1. Kiyinishingizga alohida e’tibor bering. Chunki erkak kishi ko‘zi bilan sevadi. Lekin me’yorni unutmang. «Erkak kishi ko‘z bilan sevar ekan», deb uyda ich kiyimda yurishni odat qilmang. Aks xolda juftingizda hissiy to‘yinish holati yuzaga kelishiga o‘zingiz yo‘l qo‘ygan bo‘lasiz.
2. Erkak kishi sizning «doimiy katta farzandingiz» ekanini unutmang. Ko‘pincha yosh oilalarda ayol ona bo‘lgach, tug‘ilgan farzandidan ortmaydi, o‘ziga qaramaydi. Natijada erkak o‘zini e’tibordan chetda his eta boshlaydi. Buning oqibatida hatto sevishib oila qurgan bo‘lsa-da, savol muallifi keltirgan xatti-harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
3. Jinsiy hayotda hislarni ifodalashga saxiy bo‘ling, eringizga maqtov va minnatdorchilik so‘zlarini bildirishda ziqnalik qilmang. Buning uchun nazokatli bo‘ling.
4. Juftingizning sevimli mashg‘uloti va ishi bo‘lishini ma’qullang. Ortiqcha ravishda hamma narsaga aralashavermang.
5. Tanqid qilmang, yolg‘ondan bo‘lsa ham olib kelgan narsasi yoki qilgan ishini maqtab turing (agar xaridi yoki ishi o‘zingizga ma’qul kelmagan bo‘lsa).
6. Ishdan yoki ko‘chadan kelishini ochiq yuz va samimiy boqish bilan kutib oling, zaharxandalik qilmang. Sabrli va lutf-karamli, e’tiborli ekaningizni bildirib turing.
7. Agar eringizga e’tiborni susaytirsangiz, g‘amxo‘rlik qilmasangiz, yanada ko‘proq muammolarga duch kelasiz. Unutmangki, erkak kishi uyidan topmagan narsasi yoki munosabatni boshqa joyda ko‘rib qolsa, o‘sha yerga intiladi. Axir buyuk Suqrot ham o‘z davrida ayoliga qarata shunday degan ekan: «Oqila rafiqam, sen shunday qilgilki, men sening go‘shangdan lazzatliroq va yaxshiroq joyni topa olmay».

Xullas, sabrli va iltifotli bo‘ling. Qars ikki qo‘ldan chiqishini unutmang. Ota-onangizning uyiga qaytib borishni xayolingiz ko‘chasiga ham keltirmang. Unutmang, ikkita bolasi bilan qaytib kelgan ayol mahallada ham ota-onasining boshini xam etadi, ham o‘zi yolg‘iz ayol maqomiga ega bo‘ladi. Bu esa farzandlari ruhiyatida sodir bo‘ladigan turli kechinmalar esa o‘nglab bo‘lmaydigan chuqur o‘zgarishlar va iztiroblarga olib keladi...

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar