Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.11.2016

Dunyodagi eng ajoyib ko‘priklar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 17
Dunyodagi eng ajoyib ko‘priklar

Siz fotosuratchi, sayohatchi yoki shunchaki chiroyli narsalarni qadrlovchi bo‘lishingizdan qat’iy nazar bu betakror ko‘priklar e’tiboringizdan chetda qolmasligi aniq.

Dunyoning turli burchaklarida qad rostlagan ko‘priklar sizni noodatiy dizayni va joylashuvi bilan lol qoldiradi.

Puente-Nuevo, Ispaniya

Andaluziyaning Ronda shahri — fotosuratchilar orzusidir. Puente-Nuevo «yangi ko‘prik» ma’nosini anglatadi. Bu chuqurligi qariyb 100 metr bo‘lgan daradan tirab chiqarilgan uch ko‘prikdan biri sanaladi. Bu ko‘priklar tarixi XV asrga borib taqaladi.

Royal Gorj, Kolorado shtati

Dunyodagi eng ajoyib ko‘priklar

Royal Gorj — bu dunyodagi eng baland ko‘priklardan biri. U Kolorado shtatidagi Kenon-Sitida joylashgan va Arkanzas daryosidan 300 metr balandlikda tortilgan. Royal Gorj uzunligi — taxminan 400 metr. U 1929 yilda qurilgan.

Ko‘prik Royal Gorge Bridge and Park milliy bog‘i tarkibiga kiradi. U erda siz lift kabinasi, skaykoster yoki kanat bo‘ylab tushish va ajoyib manzaralardan bahra olish imkoniga ega bo‘lasiz.

Storsezandet ko‘prigi, Norvegiya

Dunyodagi eng ajoyib ko‘priklar

Bukilgan qiyaliklar va qurib bitkazilmagan illyuziya ulashuvchi ko‘prik dizayni tufayli uni «mast ko‘prik» yoki «manzilsiz yo‘l» deb atashadi. Bu materikni Averoy oroli bilan birlashtiruvchi sakkizta eng uzun va mashhur ko‘priklardan biri sanaladi. U 1989 yil qurilganidan beri o‘zining tramplinga o‘xshash qiyofasi bilan sayyohlar ko‘ngliga vahima soladi.

Rakottsbryuke, Germaniya

Dunyodagi eng ajoyib ko‘priklar

Rakottsbryuke ko‘prigi Kromlau nemis saroy bog‘ida, Berlindan 2 soatlik uzoqlikda joylashgan. Biroq unga yaqinlashgan sayin siz o‘zingizni xuddi boshqa olamga tushib qolgandek his etasiz.

Bu qadimiy inshoot 1860 yili suvda ajoyib aylana hosil qilish uchun qurilgan. Ayni damda bu ko‘prikdan foydalanish taqiqlangan. Albatta, bu oqilona qaror. Bejizga, Rakottsbryukeni «shayton ko‘prik» deb atashmaydi.

Ubeyn, Myanma

Dunyodagi eng ajoyib ko‘priklar

Myanmada shafaqni tomosha qilishni xush ko‘ruvchilar sehrli suratlar olish uchun Ubeyn ko‘prigidan yaxshiroq joyni topa olishmaydi. U dunyodagi eng uzun va qadimiy ko‘prik bo‘lib, tik daraxtidan yasalgan. Ubeyn Aveda 1851 yili sobiq qirollik saroyidan qolgan materiallar bilan qurilgan. Ko‘prik asosini suvdan chiqib turuvchi 1 000 ortiq tonkalar tashkil etadi.

U qachonlardir Birma poytaxti bo‘lgan «mangulik shahri» Amarapuraga tashrif buyuruvchi sayyohlar orasida juda ham mashhur.

Tauer ko‘prigi, London

Dunyodagi eng ajoyib ko‘priklar

Agarda barcha davrning eng taniqli va chiroyli ko‘prigi ro‘yxatga kiritilmasa, noto‘g‘ri bo‘lar edi. U 1894 yil Temza orqali transport xizmatini ta’minlash uchun chqurilgan. Baland ustunli kemalar uning tagidan o‘ta olishi uchun ko‘prik bir vaqtning o‘zida ajraladigan va osma qilib qurilgan. Shu tariqa, Tauer ko‘prigi o‘zining chiroyi va funktsionalligi bilan ajralib turadi.

Ponte Vekko, Italiya

Dunyodagi eng ajoyib ko‘priklar

Florentsiyadagi Ponte Vekko ko‘prigidan o‘ta turib, do‘konlarga ham ko‘zingiz tushadi. Arno daryosi ustidan qad rostlagan bu qadimiy inshoot shu kunga qadar o‘zining ilk jozibasini saqlab qolgan. U hozir zargarlik va sovg‘alar do‘konlarini o‘z ichiga oladi. Qachonlardir u erda go‘sht sotishgan.

Xarbor-Brij, Sidney

Dunyodagi eng ajoyib ko‘priklar

Siz ko‘plab suratlarda o‘z go‘zalligini aks ettirgan va Sidney timsoliga aylangan Xarbor-Brij ko‘prigi haqida eshitgandirsiz. Unga ko‘tarila olish mumkinligini bilasizmi? So‘nggi 16 yil ichida kimki taniqli shahar tarovatidan bahra olishni istasa, ko‘prik cho‘qqisiga ko‘tarilmoqda.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar