Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.11.2016

Maykl Pollandan to‘g‘ri ovqatlanishning 5 oddiy qoidasi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 20
Maykl Pollandan to‘g‘ri ovqatlanishning 5 oddiy qoidasi

Sog‘lom oziqlanish tarafdori va yozuvchi Maykl Pollan iste’mol qilayotgan mahsulotingizga e’tiborli bo‘lishda yordam beruvchi besh maslahat bilan bo‘lishdi. "Layfxaker" uning tavsiyalarini taqdim etdi.

Amerikalik yozuvchi, jurnalist, sog‘lom ovqatlanish tarafdori, «Hamma narsa eydiganlar dilemmasi», «Istaklar botanikasi», «Iste’molchi manifesti» bestsellerlari muallifi.

Pollan o‘z tadqiqoti davomida zamonaviy ilm-fanda oziqlanish qoidalari haqida ko‘p ma’lumot yo‘qligini anglab etdi. Televidenie va OAV targ‘iboti natijasida keng tarqalgan turli fikrlar hamda yolg‘on ma’lumotlar talaygina. Biroq bir dalil bahsga hojat qodirmaydi: g‘arbga asoslanib oziqlanuvchi kishilarning salomatligi an’anaviy oziqlanish tarafdorlariga nisbatan zaifroq. Xo‘sh, Pollan an’anaviy oziqlanish deganda nimani nazarda tutmoqda?

Bunday oziqlanish parhezning barcha turlarini qamrab oladi: yuqori yog‘ tarkibli (masalan, Grenlandiyadagi inuitlar asosan tyulen yog‘i hisobiga kun kechirishadi), uglevodli (Markaziy Amerika hindulari asosan makkajo‘xori va dukkaklilar bilan oziqlanadi), oqsilli (Afrikadagi masailar jonivorlar qoni, go‘shti va suti bilan oziqlanadi). Albatta, bu bir-biridan tubdan farq qiluvchi uch misol, lekin eng ko‘p tarqalgani - aralash parhez. Oziqlanishning birorta mukammal parhez turi yo‘qligini tushunish muhim ahamiyatga ega. Inson hamma narsa eb ketaveradi, u turli parhezlarga moslashishi mumkin. Faqat bir parhezgina bundan mustasno — bu ko‘pchilik amal qiluvchi g‘arb parhezi.

Maykl Pollan


Pollanning fikricha, bunday parhezdan voz kechish ko‘plab surunkali kasalliklarning paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi. U oziqlanish qoidalari haqida hatto alohida bir kitob yaratdi. Ushbu kitobdagi qoidalarning ba’zilari bilan bo‘lishamiz.


1. Buvingiz eyishga yaroqli deb bilmagan narsalarni emang!

Qishloq xo‘jaligi buvingiz tug‘ilgan vaqtga qaraganda sezilarli darajada o‘zgardi. Taomga maza beruvchi va mahsulotlarning yaroqlilik muddatini uzaytiruvchi ko‘plab kimyoviy qo‘shimchalar paydo bo‘ldi. Bunday qo‘shimchalar u qadar ziyon bo‘lmasa-da, ularni taomga qo‘shmaslikka va imkon qadar bunday ovqatlarni emaslikka harakat qiling.


2. Tayyor muzlatilgan taomlarni xarid qilmang!

Muzlatilgan va qadoqlangan yarim tayyor mahsulotlarni emas, uyda tayyorlangan taomlarni tanovul qiling. Bu sog‘lom ovqatlanishning eng asosiy qoidalaridan biridir.


3. O‘zingiz tayyorlagan "zararli eguliklar"ni eyishingiz mumkin!

Bu juda qiziq qoida, biz to‘g‘ri ovqatlanish haqida o‘ylaganimizda odatda bunday taomlarni ratsiondan to‘liq olib tashlaymiz. Biroq Pollanning fikricha, ba’zi-ba’zida bir bo‘lak tortni tatib ko‘rishning hech qanday yomon tomoni yo‘q. Asosiysi - buning odatga aylanmasligi.


4. Shunchaki odatga ko‘ra emas, haqiqatda qorningiz ochganda eguliklarga qo‘l uzating!

O‘ylab ko‘ring, nima uchun kunning qoq yarmida shokolad iste’mol qilasiz: haqiqatda qorningiz ochdimi yoki bu shunchaki odatmi?


5. Haddan ziyod ko‘p eyishdan saqlaning!

Quyidagi tajribani sinab ko‘ring: haqiqatda qorningiz ochishini kuting va shundan keyingina ovqatga qo‘l uzating. Ovqatlanish vaqtida o‘zingizni nazorat qilishga harakat qiling va ochlik hissi tark etgan damda eyishni to‘xtating! Bu odatda to‘liq to‘qlik hissi kelgunga qadar sodir bo‘ladi.

Pollanning tavsiyalari juda oddiy. Ularni o‘z hayotingizga tatbiq etishga urinib ko‘ring. Bu to‘g‘ri ovqatlanish borasidagi keyingi harakatlaringiz uchun baza vazifasini o‘taydi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar