Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.11.2016

Qanday qilib 20 daqiqada kaloriyalarni parchalash mumkin?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 24
Qanday qilib 20 daqiqada kaloriyalarni parchalash mumkin?

Biz jismoniy mashqlar tanamizdagi mushaklarni mustahkamlash va kuchimizni oshirishga yo‘naltirilgan, deb hisoblashga odatlanganmiz. Biroq organizmdagi yog‘larni tabiiy yo‘l bilan parchalash imkonini beruvchi ko‘plab foydali dasturlar mavjud. Don't panic nashrida shu mavzuda maqola taqdim etildi.

Dasturlardan birini bajarish uchun 20 daqiqadan ortiq vaqt ketmaydi. U mashhur fitnes-murabbiy Adam Rozante tomonidan tuzib chiqilgan. U tanadagi kuch va epchillikni rivojlantiruvchi mashqlardan iborat.

Bundan tashqari, u tuzgan dastur ortiqcha vazndan tezroq xalos bo‘lishga yordam beradi. Mashqlarni asta-sekinlik bilan ko‘paytirib boring. Ikki haftadan keyin taroziga chiqib, natijani ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.


180 daraja


To‘g‘ri turib oling, oyoqlar elka kengligida, qo‘llar bosh orqasida. Qo‘llarni tepaga ko‘tarib, 180 darajaga o‘girilib sakrang (suratga qarang). Mashqni takrorlash vaqtida boshlang‘ich holatingizga qaytishingiz kerak.


«Alpinist qadamlari»

Qanday qilib 20 daqiqada kaloriyalarni parchalash mumkin?

Erdan tortilish mashqini bajarishga tayyorlanayotgandek holatga kirishing (suratga qarang). Kaftlaringiz va oyoq barmoqlaringizga tayaning. Tana holatini o‘zgartirmaslikka harakat qiling, tizzangizni buking va ko‘krak tomonga torting. Shu holatda ikki soniyacha turing va asl holatingizga qayting. Bu mashq yog‘larni yaxshi parchalaydi, qorin va elka mushaklarini mustahkamlaydi.


Uzunlikka sakrash va yugurish

Qanday qilib 20 daqiqada kaloriyalarni parchalash mumkin?

Polda xatlab sakraydigan bir nuqtani belgilab oling. Uning oldiga turing, oyoqlar elkalar kengligida. Chuqur nafas olib, imkon qadar uzoqqa sakrang. Shundan so‘ng darhol o‘girilib, orqaga qayting. Sakrash va yugurishni ana shunday ketma-ketlikda bajarishda davom eting. Agar bu mashqni bajarishingiz uchun etarlicha kenglik bo‘lmasa, uzunlikka sakrash o‘rniga balandlikka (tepaga) sakrang va turgan joyingizda yuguring.


O‘tirib turish va sakrash

Qanday qilib 20 daqiqada kaloriyalarni parchalash mumkin?

Oyoqlarni elka kengligida qo‘ying, ularni xuddi odatiy o‘tirib-turish mashqidagi kabi buking-da va tezda o‘ngga qarab sakrang. Sakrash vaqtida qo‘llaringiz tepaga qaragan bo‘lsin. Oyoqlaringizni erga to‘liq qo‘ymang, faqat barmoq sohasi tegib tursin va shu zahotiyoq chap tomonga sakrab, dastlabki holatingizga qayting. Ushbu mashqni ketma-ket takrorlang.


Bir oyoqda sirpanish mashqi

Qanday qilib 20 daqiqada kaloriyalarni parchalash mumkin?

Oyoqlarni birlashtiring, tovonlar bir-biriga tegib tursin. Muvozanatni saqlab turish uchun qo‘llaringizni belingizga qo‘ying. Bir oyoqni joyida ushlab turib, ikkinchisi bilan bir tomonga sirpanuvchi harakatni bajaring va shu alfozda o‘tiring. Bir soniya shunday holatni saqlab, dastlabki holatingizga qayting va keyingi safar takrorlaganingizda boshqa oyoq bilan sirpaning.


O‘tirib turish va tortilish

Qanday qilib 20 daqiqada kaloriyalarni parchalash mumkin?

Tizzalarni bukib, son sohasi polga parallel holatda bo‘lgunga qadar o‘tiring, orqaga sakrang, keyin qo‘llaringiz bilan polga tayaning-da oyoqlarni bir sakrab orqaga cho‘zing va erdan tortilish mashqini bajaring (suratga qarang). O‘tirish holatiga qaytish uchun oldinga qarab sakrang. Avvaliga qiyin tuyulishi mumkin, takroriy mashqlardan keyin esa uni osonlikcha bajaradigan bo‘lib ketasiz.


Yuz metrga yuugurish

Qanday qilib 20 daqiqada kaloriyalarni parchalash mumkin?

So‘nggi mashqdan keyin darhol imkon qadar tezroq 100 metrlik masofani yugurib o‘ting. Agar buning uchun imkon (joy) bo‘lmasa, bir joyda turib yugurish mashqini 15 soniya davomida bajaring. Shu bilan sizning 20 daqiqalik jismoniy mashqlaringiz o‘z nihoyasiga etadi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar