Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.11.2016

Nonushtaga qanday mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin emas?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 31
Nonushtaga qanday mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin emas?

Sog‘lom bo‘lish va kasalliklarning oldini olish uchun muayyan mahsulotlarni och qoringa iste’mol qilishdan tiyilish kerak. Ulardan ba’zilari oshqozon faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, boshqalari esa kislota-ishqor muvozanatini buzadi, yana qaysilaridir qandli diabet va gastrit kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Xo‘sh, qaysi mahsulotlar haqida gap ketmoqda?

1. Tsitrus mevalar

Apelsin, mandarin va limon mevalari och qoringa iste’mol qilinganda allergiyani qo‘zg‘atib, gastritning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois tsitrus sharbatlarini ichishdan avval suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa bilan nonushta qilish tavsiya etiladi.

2. Bananlar

Nonushtaga qanday mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin emas?

Nima uchun bananlar bu ro‘yxatdan o‘rin oldi? Bu mevada magniy ko‘p bo‘lib, u yurak-qon tomir kasalliklarining faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bananni och qoringa nazoratsiz iste’mol qilish organizmdagi kaltsiy-magniy muvozanatining buzilish xavfini keltirib chiqaradi.

3. Xom sabzavotlar

Nonushtaga qanday mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin emas?

Tarkibida kislota bo‘lgan xom sabzavotlar oshqozonning shilliq qavatiga sanoqli soniyalarda ziyon etkazadi. Shu bois ertalabdan och qoringa eyilgan pomidor, bodring yoki karam hazm qilishda muammolari bo‘lgan kishilarga ancha tashvish tug‘dirishi mumkin. Pomidorlar, o‘z navbatida, tarkibida pektin va dubil kislotasi ko‘pligi tufayli oshqozonda tosh hosil qilishi hech gap emas. Darvoqe, nok va xurmo ham xuddi shunday ta’sirga ega.

4. Yogurt

Nonushtaga qanday mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin emas?

Ushbu ro‘yxatga yogurtning qo‘shilishi sizga g‘alati ko‘rinishi mumkin, axir reklamalarda bong urib, nonushtaga shundan foydali mahsulot yo‘qligini takrorlashadi. Biroq bu borada biroz bahslashish mumkin. Ertalab organizm yogurt bakteriyalarining yordamiga muhtoj emas. Shuning uchun uning ertalabki iste’moli foydasi nolga teng. Yogurtni nonushtadan 2-3 soat keyin iste’mol qilgan ma’qul. Umuman, yogurt va boshqa sut mahsulotlari ziyon emas, shunchaki befoyda, chunki bu mahsulotlarning asosiy qadri foydali mikrofloradadir. Yogurt yoki kefir och qoringa iste’mol qilinganda, bakteriyalar agressiv nordon muhitga tushadi va shu zahotiyoq yo‘q bo‘ladi, hatto ichakka ham etib bormaydi.

5. Shirin kartoshka

Nonushtaga qanday mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin emas?

Och qoringa eyilgan kartoshka oshqozonda og‘irlik hissini paydo qilib, unda gaz hosil qilishi mumkin.

6. Salqin ichimliklar

Nonushtaga qanday mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin emas?

Ertalab och qoringa bir stakan suv ichish foydali, deb aytishadi. Biroq bu muzlatgichdan olingan sovuq suv bo‘lmasligi kerak, chunki u kun boshida hazm qilish jarayonini ko‘ngildagidek ishga tushira olmaydi. Suv xona haroratida bo‘lishi lozim. Salqin ichimliklar oshqozon-ichak traktiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Organizmning bu sohasida surunkali kasalliklarga ega kishilarda och qoringa ichilgan salqin ichimlik kasallikning avj olishiga sabab bo‘ladi. Sovuq suyuqlik oshqozon tomirlarining torayishiga olib keladi, bu esa qon aylanishi va taomni hazm qilishni yomonlashtiradi.

7. Shirinliklar

Nonushtaga qanday mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin emas?

Shirinliklar shundoq ham ziyon, och qoringa esa undan-da xavfli. Ertalabdan oshqozonga tushgan katta miqdordagi qand oshqozon osti bezini ikki karra ishlashga majbur qiladi. Uzoq vaqt davomida nonushtaga shirinliklarni iste’mol qilish esa oshqozon osti bezini ishdan chiqaradi va qandli diabetni rivojlantiradi.

8. Qahva

Nonushtaga qanday mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin emas?

Aksariyatimiz tongni qahvasiz tasavvur qila olmaymiz, ba’zilar esa qahva ichib olmaguncha nonushtaga ham o‘tirishmaydi. Biroq salomatligingiz haqida qayg‘urib, bu odatdan voz kechsangiz, o‘zingizga yaxshi. Och qoringa ichilgan qahva shilliq qavatga ta’sir o‘tkazib, oshqozon kislotasi sekretsiyasini oshiradi va gastritni keltirib chiqaradi.

9. Qizil go‘sht

Nonushtaga qanday mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin emas?

Bu ertalab iste’mol qilish uchun og‘ir mahsulot, chunki organizm energiya yig‘ib olmasdan oqsilning buncha miqdorini qabul qilishga tayyor emas. Shu bois murakkab hayvon oqsillari iste’molini tushlikka olib qo‘ygan ma’qul.

10. Engil nonushtalar

Nonushtaga qanday mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin emas?

Reklama roliklarida yormalardan iborat engil nonushtalarning foydasi haqida ko‘p gapirilsa-da, aslida ular inson organizmiga bunday ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Aksincha uglevodlar manbai bo‘lgan engil nonushtalar qondagi qand miqdorini keskin oshiradi. Natijada tushlikkacha qorningiz ochib qoladi va siz keragidan ortiqcha taom eb qo‘yishingiz mumkin. Natija o‘zini uzoq kuttirmaydi - ortiqcha vazn. Shunday ekan, reklamaga ishonmang va faqat sog‘lom hamda foydali mahsulotlarni tanovul qiling.

11. Buterbrodlar

Nonushtaga qanday mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin emas?

Kolbasa va shu kabi mahsulotlar tarkibida zararli komponentlar ko‘p bo‘ladi, ularning ba’zilari - saraton hujayralarini hosil qilishi mumkin bo‘lgan eng zararli kantserogen moddalar. Bunday buterbrodlar ayniqsa ertalab iste’mol qilinganda juda katta ziyon keltirishi mumkin, zero zaif himoyalangan bo‘sh oshqozon kimyoviy hujumga tayyor bo‘lmaydi.

12. Sarimsoq

Nonushtaga qanday mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin emas?

Ertalabdan sarimsoq qo‘shilgan taomlarni iste’mol qilmagan ma’qul. Sarimsoqda allitsin moddasi bo‘lib, u o‘t pufagi va oshqozon devorlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada ularning jismoniy faolligi buziladi, shuningdek gastrospazm yuzaga kelishi mumkin.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar