Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.11.2016

O‘ylash emas, harakat qilish muhim!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 55
O‘ylash emas, harakat qilish muhim!

Bloger va ishbilarmon Tomas Oppong bir joyda "qotib qolgan" va hech harakatga kirisha olmayotgan insonlarga turtki berishni yaxshi biladi. "Layfxaker" uning maqolalaridan biri bilan bo‘lishdi.

Qo‘lni qovushtirib o‘tirib, muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Buning uchun qulay fursat kutib o‘tirmang. Hozirning o‘zidanoq ishga kirishing - harakat natija beradi. Natija esa harakatga sabab bo‘ladi. Siz biror narsani o‘ylab olguningizcha atrofingizdagi olam to‘xtab turmaydi. Hamma narsani qayta-qayta mushohada qilavermay, shunchaki harakat qiling.

"O‘rganishimiz kerak bo‘lgan ishni uni bajaribgina o‘rgana olamiz!"

Arastu

Biz ko‘pincha o‘z bilimimiz qopqoniga tushamiz: biror bir harakatni amalga oshirishdan avval yangi ma’lumotlar va malaka ketidan quvamiz. Aslida esa yangi bilimlar ketiga tushish murakkab va yoqimsiz ishni keyinga qoldirishga imkon beruvchi bahonadir. Biror ish haqida ma’lumot olgandan ko‘ra, bu sohani amalda sinab ko‘rish ancha foydaliroq.

Taniqli bloger Jeyms Klir buni quyidagicha izohlaydi:

"Passiv o‘rganish jarayonida yangi bilimlarga ega bo‘lsak-da, biz ularni amalda qanday qo‘llashni bilmaymiz. Tajriba esa o‘rganishning eng yaxshi shakli. Xatolarga yo‘l qo‘yibgina u yoki bu sohaning qanday tuzilganligini haqiqatdan tushuna boshlaymiz".

Jeyms Klir

Albatta, har qanday ishni boshlashdan oldin bunga asos bo‘la oladigan bilim zarur, lekin biror ishni boshlash uchun u haqida barcha ma’lumotlarni to‘liq bilish shart emas.

Hamma narsaga tayyor bo‘lishning iloji yo‘q. Agar sizning maqsadingiz - bilim olish emas, muayyan bir natijaga erishish bo‘lsa, u holda yangi ma’lumotni o‘rganishga sarflangan vaqt shunchaki zoe ketgan bo‘lishi mumkin.

Hech kim biror bir ishni birinchi urinishdayoq a’lo darajada uddalamaydi. Malaka tajriba davomida orttiriladi - faqat mana shu yo‘l orqali o‘z ishingizning ustasi bo‘lishingiz mumkin. Tomas Sterner o‘zining "Fikr kuchi bilan orzuga erishish" kitobida shu mavzuga qo‘l urgan.

"Barcha yutuqlar shunchaki qo‘lga kiritlmaydi, ular katta tajribani talab qiladi. Hayotning o‘zi ham - takrorlanuvchi harakatlarning ketma-ketligidan iborat. Tajriba nima uchun kerakligini anglab etganimizda, yangi narsani o‘rganish zarurati stressga sabab bo‘lmaydi va xotirjamlik hamda qoniqish hissini beruvchi jarayonga aylanadi, shuningdek hayotdagi muammolarga boshqacha nazar tashlashga yordam beradi".

Tomas Sterner

Tajriba — komillikka etishish yo‘lida mashaqqatli mehnat yoki vaqt yo‘qotish emas, balki qoniqish hissini beruvchi jarayondir. O‘zingizga xato qilishga imkon bering. Vaqt o‘tgan sari hamma narsani yaxshiroq uddalay boshlaysiz, shunda siz maqsadga erishish yo‘lidagi jarayondan bahramand bo‘lishni o‘rganasiz.

Tomas Oppong - taniqli bloger va ishbilarmon, Alltopstartups.com servisi asoschisi


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar