Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.11.2016

Telegram'ning yangi versiyasida qanday qulaylik paydo bo‘ldi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 34
Telegram'ning yangi versiyasida qanday qulaylik paydo bo‘ldi?

Telegram format qilish imkoni ega postlarni yaratish uchun yangi Telegraph veb-servisini ishga tushirdi. Bundan tashqari, mobil ilovada tashqi saytlardagi maqolalarni messenjer ichida ko‘rish imkoni ham paydo bo‘ldi. Bu haqda kompaniya blogi orqali ma’lum qilindi.

Odatdagi qalin hamda kursiv shriftdan tashqari, redaktorda tekst hajmini katta va kichiklashtirish, surat va videoga havola qo‘shish imkoni mavjud. Redaktorda yaratilgan barcha postlarni messenjerning yangi “darhol ko‘rish” funktsiyasi orqali tomosha qilish mumkin.

Bu funktsiya tashqi saytlardagi maqolalarni messenjer ichida ko‘rish imkonini beradi. U hozirda Medium blogxostingi, TechCrunch nashri va boshqa bir qator platformalar bilan ishlay oladi.

Telegram'ning yangi versiyasida qanday qulaylik paydo bo‘ldi?
Foto: Telegram.org

Ushbu saytlardagi maqolaning havolasi kelganda prevyu bilan birgalikda Instant View tugmasi paydo bo‘ladi. Uning yordamida maqolani messenjerning ichida brauzerdagi ko‘rinishda o‘qish mumkin.

Kompaniya bergan ma’lumotga ko‘ra, keyinroq ushbu funktsiya ishlaydigan saytlar soni oshib boradi, so‘ngra ushbu funktsiya barcha saytlar bilan ishlay oladigan ko‘rinishga keltiriladi.

Telegram'ning yangi versiyasida qanday qulaylik paydo bo‘ldi?
Foto: Telegram.org

Messenjerning yangi versiyasidagi yana bir o‘zgarish bu o‘rnatilgan taqvim bo‘lib, uning yordamida chatdagi kerakli vaqtga o‘tish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek kompaniyaning ma’lum qilishicha, messenjerning Android versiyasida qator o‘zgarishlar kiritilgan. Yangi versiya ilovaning interfeysidagi o‘zgarishlardan tashqari, kamera bilan ishlashni tezlashtirish va kengaytirilgan xavfsizlik sozlamalarini olib keladi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar