Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.11.2016

Chimildiq xiyonatni kechirmaydi (jonli hikoyalar)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 60
Chimildiq xiyonatni kechirmaydi (jonli hikoyalar)

“O‘Z TO‘YIMDA BEGONA EDIM…”

Sevara, 35 yosh
Chimildiq muqaddas. Uning azizligini hamma ham anglay olmaydi. Afsuski, chimildiq o‘ziga xiyonat qilganlarni bir umr baxtdan benasib qiladi. Yaxshiyamki, men buni vaqtida angladim. Yon qo‘shnimizning poytaxtda o‘qiydigan o‘g‘liga mahalladagi qizlarning ko‘pi oshiq edi. Biz aynan shu qo‘shnimiz bilan judayam ahil edik. Ularnikiga ko‘p chiqqanim uchun mahalladagi qizlarning menga havasi kelar, men uchun esa, O‘ktam aka xuddi akamdek edi. O‘ktamni uylantirisharkan, sen ham qiz top, deyishganida, bir-ikki dugonamnikiga hatto ular bilan birga bordim. Ha, akamizning dimog‘lari ancha baland, biz topgan nomzodlar unga yoqmabdi. Bo‘lajak kuyovning “dardi” keyinroq ma’lum bo‘ldi: O‘ktamboyga men yoqarmishman. “Tavba, kelib-kelib, mana shu peshonasida sochi kam odamga tegamanmi? Dada, oyi, o‘z akamdek… bu gap umuman to‘g‘ri kelmaydi”, desam, hech ko‘nishmaydi. “Tegsang, shunday yigitga tegasan-da, boshqa kimgayam tegarding?! U shaharda o‘qiydi, kelajagi bor”, deyishdi. “Bizga qarshilik qilsang, oq qilamiz”, deb ham qo‘rqitishdi. Bir haftadan keyin non sindirilib, fotiha qilindi. Uydagi hamma to‘yga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Xuddi mening hecham aloqam yo‘qdek, o‘zlaricha hamma narsa qilishyapti. Baribir, bu to‘yga ko‘nglim chopmadi. Mening noroziligim hech kimning ko‘nglida mehr uyg‘otolmadi. To‘y kuni qoshimni chimirib, qovog‘imni solib yurganimni qarindosh-urug‘lar haligacha gapirishadi. To‘y o‘tdi. Ertasi kuni qochish rejasini tuzayotgandim. Yangalarimga o‘zimni xuddi taqdirga tan bergandek ko‘rsatdim. Ular xotirjam, hovli etagidagi uyga chiqib ketishdi. Tezroq harakat qilmasam, hali-zamon kuyov kirib qoladi. O‘sha vaqtdagi yuragimning urgani hanuzgacha qulog‘im ostida jaranglaydi. Sarpodagi oddiygina ko‘ylakni kiyib, derazadan sakrab uyga qochdim. Ota-onam meni ko‘rib, boshlari gangib qoldi. Otam, seni hozir chopib tashlayman, deb quvladi. Oyim uyga olib kirib, chimildiq xiyonatni kechirmaydi, bolam, deya yum-yum yig‘ladi. Izimdan qaynota-qaynonam yetib kelib, bu hali yosh, urushmanglar, deb uyga olib ketishdi. Jin tekkanmi, ajina chalganmikin, degan o‘yda azayimxon-u domlalarga o‘qitishdi. Baribir kor qilmadi. Har kuni kechqurun o‘zimdan bir yosh kichik qaynsinglim bilan birga yotardim. Qaynotam, o‘zing tanlagan qiz, endi chidaysan-da, deb erimni yupatdi. Oradan qirq kun o‘tib, chillamiz chiqqanida ham, men hali bokira edim. Ering o‘qishga ketishi kerak, sen ham birga ketasan, deb meni unga qo‘shib jo‘natib yuborishdi. Faqat poytaxtga kelgachgina, biz haqiqiy er-xotindek yashay boshladik. O‘sha damlardagi erimning bardoshiga, qaynota-qaynonam ning vazminlik qilganlariga shukr qilaman. Hozir uchta bolaning onasi, suyukli rafiqaman.

“MENI HAMMA “TENTAK” DEB ChAQIRADI”

Dilafro‘z, 50 yosh
Meni oldimda ham, ortimdan ham qo‘shnilarim “tentak” deb chaqirishadi. Bu laqabga o‘rganib ham ketganman, ammo ba’zida ko‘nglim og‘riydi. Mahallaga yangi ko‘chib kelgan kishi avvaliga men bilan yaxshi munosabatda bo‘ladi-yu, “tarixim” bilan tanishgach, asta o‘zini olib qochadi…

18 yoshda edim. O‘zimdan o‘n yosh katta erkak bilan gaplashib yurardim. Oldiniga “uylanmaganman”, degan Erkin akam keyinroq oilasi va bitta farzandi borligini aytdi. U o‘zganing baxti edi. Men esa, uni o‘zimniki qilaman deb, behuda urindim. Ota-onam uyga kelgan sovchilardan biriga mening yo‘q deyishimga qaramay, rozilik berib yuboribdi. Oyi, tegmayman, to‘yni to‘xtating, deb yolvordim. To‘y kuni tayin qilingan, hamma taraddudga tushib qolgandi. Men esa, haliyam Erkin aka bilan uchrashaman, uning oilamdan ajrashaman, deganiga to‘liq ishongandim. Bir-ikki dugonam, taqdiringga boshqasi yozilgan ekan, endi u bilan boshqa uchrashma, deb nasihat qildi. Yo‘q, men baribir, o‘z bilganimdan qolmadim. Ertalab saharda hammomga tushaman dedim-u, hovli chetidagi darchadan qo‘shninikiga o‘tib, o‘sha yerdan sekin qochib ketdim. Albatta, Erkin aka bilan birga qochdim. Bu ishimdan ota-onam, mahalla-ko‘y, qarindosh-urug‘ga qo‘shilolmay qolishdi. Akalarim meni izlab topishganida, biz nikohdan o‘tishga ulgurgandik. Mayli, bo‘lar ish bo‘ldi, hozircha uyga bormay tur, deb akam mushtini tugib, harqalay nafratini ichiga yutib, chiqib ketishdi. Bu ishlarga ham o‘ttiz yildan oshdi. O‘sha kuni men o‘z baxtimdan, toleimdan qochgan ekanman. Sevgi deb o‘ylaganim sarob bo‘lgan ekan. Bizning omonat turmushimiz bir yilgacha bordi. Meni baxtlarga to‘ldirmoqchi bo‘lgan inson g‘am-g‘ussada yolg‘iz tashlab, birinchi oilasiga qaytdi. Men esa, o‘shandan beri yo‘lidan adashgan yo‘lovchiga o‘xshab qolganman. Ota-onam keyinchalik kechirishdi-yu, baribir baxtim kemtik. Uch marta turmush qurdim. Uch marta ajrashdim, farzand ham ko‘rmadim. Hozir hayotim rangsiz, befayz. Bularni aytishimdan maqsad, hech kim mendek xato qilmasin. O‘z baxtidan qochgan odamni baxt ham, omad ham chetlab o‘tarkan.

BEBOSh MUHABBAT

Xurshida, 25 yosh
Biz boshida juda baxtli edik. Har kuni uchrashamiz, shirin suhbatlar, sirli qarashlar… Tengdoshlarimizning bizga havasi kelardi. U ro‘paramizdagi ko‘p qavatli uyda yashardi. Men o‘zimcha, 17 yosh qizning o‘rtamiyona aqli bilan sevib qolgandim. Bu sevgimning oxiri nima bilan tugashini bilmas, shunchaki menga sevgi izhor qilib, har kuni qarshimdan chiqadigan yigitga o‘rganib qolgandim. Oyim tijorat uchun tez-tez chet elga ketar, dadam tungi navbatchilikda bo‘lgan vaqtlari uyda yolg‘iz qolardim. Buni u bilardi. Bir kuni, ota-onang baribir uyda yo‘q-ku, yur, bir do‘stimning uyiga borib kelamiz, dedi. Men unga butkul ishonardim. Afsuski, u ishonchimni poymol qildi. Men homilador bo‘lib qoldim. Endigi muammo tezroq to‘y qilish edi. O‘sha yigitdan sovchilar kelganida, dadamning, tengini topib kelsa bo‘lmaydimi, men kelib-kelib, mana shular bilan quda bo‘lamanmi, deb jahli chiqdi. Xolam orqali hamma gapni bilgach esa, meni rosa koyidilar. Xullas, sovugan oshdek to‘y ham o‘tdi. Farzandli ham bo‘ldik. Lekin, mahalla-ko‘y, qo‘ni-qo‘shnilar uchun men hamon gunohkorman. Haligacha meni muhokama qilishadi. Men ko‘ngil qo‘ygan, sevgan yigit esa, to‘ydan keyin butkul o‘zgardi. “Sen chimildiqqa kirmasdanoq homilador bo‘lgansan, demak, boshidan sen yengiloyoq bo‘lgansan”, deb, kun bermaydi. Uning ta’nalaridan bezib, endi ajrashmoqchiman. Anglab yetganim shu bo‘ldiki, chimildiqni oyoq osti qilganlar aslo baxt nimaligini bilolmas ekan.

Mufassal

Manba: Diydoraziz.uz

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar