Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.11.2016

Taqdir o‘yini yoki avtohalokatdan topilgan baxt

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 33
Taqdir o‘yini yoki avtohalokatdan topilgan baxt

Ko‘chadan eshitilgan mashina ovozidan hammamiz cho‘chib tushdik.

— Ukang qani, ko‘chadami? – onam jonholatda ko‘chaga yugurarkan, hozir gap eshitishimni bilib, damim ichimga tushib ketdi. Oyimning ortidan men ham ko‘chaga chiqdim. Haydovchi ukamni ko‘tarib olgan, oyim esa, butkul o‘zini yo‘qotib qo‘ygandi.

— Singlim, qo‘rqmanglar, hozir shifoxonaga olib boraman, – yigirma besh yoshlardagi yigitni ko‘rib jahlim chiqib ketdi.

— Nima qilib qo‘ydingiz? Olib borasiz-da, bolaning boshiga yetganingizdan keyin.

— Sen qaraganingda, shu bola ko‘chaga chiqmasdi, – dedi oyim zahrini menga sochib. — Bor, uydan hamyonimni tez olib chiq.

— Hech narsa kerakmas, tezroq yursangizchi, — bu safar yigit qat’iyroq gapirgandi, oyim ham unga ergashdi.

Bir soatlardan keyin uy telefoni jiringladi. Ko‘tarsam, erkak kishi ekan.

— Zulfiya, ukangiz o‘ziga keldi. Hammasi yaxshi ekan. Xavotir olmang, — bu o‘sha ukamni urib yuborgan yigitning ovozi edi. Uning ketidan oyim go‘shakni olib davom ettirdi.

— Dadang kelsa, vahima qilmasdan sekin tushuntir, markaziy kasalxonaga kelsin. Ovqat tayyorlab, hamma yoqni yig‘ishtirib o‘tirgin.

Oyimga xo‘p dedim-u, har doimgi ishlarimni qilishni boshladim. Dadam kelganida, ukamni ko‘rgani hammamiz shifoxonaga bordik.

Olti yoshdagi sho‘xgina ukamni shifokorlar “yengilgina bosh chayqalishi” degan tashxis bilan olib qolishdi. Eng qizig‘i, ukamni urib yuborgan yigit hali ham shu yerda ekan.

— Uka, insofli odam ekansiz, endi ketaversangiz ham bo‘ladi, buyog‘iga o‘zim qarayman, — oyim haydovchini uyiga jo‘natib yubormoqchi bo‘ldi.

— Mayli, opa, unda men ertaga yana xabar olarman, mana buni dori-darmoniga ishlatib turarsiz, – deb u ikki bog‘lam pulni oyimning qo‘liga tutqazdi.

— Rahmat, o‘rgilay, ilohim, tan-joningiz sog‘ bo‘lsin, — oyim astoydil minnatdorchilik bildirarkan, mening g‘ashim keldi.

— Namuncha, oyi, shundoq ham ustidan yozib bermaganingizga shukr qilsin. Bolani urib yuborgandan keyin xarajatini ham qilsin-da, – yigit bizdan uzoqlashmasdanoq gapirib olganimdan xursand edim.

— Jim bo‘l, ko‘p gapirma, – oyim meni jerkib berdi.

Ukam kasalxonada uch kun yotgan bo‘lsa, haydovchi yigit shu kunlar mobaynida undan har kuni xabar oldi, kasalxona xarajatlarini, dori-darmonning pulini ham o‘zi to‘ladi.

Unga sari onajonim bu yigitdan minnatdor bo‘lar, aylanib-o‘rgilishini qo‘ymasdi. Men esa, sariqdan kelgan, bo‘yi ham uncha baland bo‘lmagan haydovchiga “amaki” deb laqab qo‘yishga ulgurgandim. “Amaki”dan ukam uyga kelganidan keyin ham qutulmadik. Bir haftada ikki marta mayda-chuyda ko‘tarib kirib keladigan “amaki”ni uyimizdagilar ham iliq kutib olishardi-yu, faqatgina men bu serqatnov g‘amxo‘rdan zerikkandim.

Orada bir hafta “amaki” kelmadi. Xayriyat, qutulibmiz, shekilli, deb o‘ylagandim, chuchvarani xom sanagan ekanman. Kunduzi uy telefoni jiringladi. Ko‘tarsam, yana o‘sha “amaki”.

— Zulfiya, kechqurunga nima ovqat yeymiz? Yana kichik otinbibining qo‘llaridan chuchvara ichamizmi? — “Amaki” menga xushomad qilayaptimi, deb jonim hiqildog‘imga keldi.

— Men qayerdan bilaman nima yeyishingizni? Demak, och qolganingizdan biznikiga kelarkansiz-da, tavba.

— Ha, ochman, ayniqsa, mehrga tashna bechoraman.

— O‘zi g‘alatiroqligingiz sezilib turgandi. O‘shanda ham azbaroyi ochligingizdan yo‘ldagi ukamni ko‘rmay qolgan ekansizda-a?

— Ukangizni urib yuborganimning o‘zi katta baxt bo‘lgan edi, men sizga aytsam.

— Siz sog‘massiz, o‘zingizni bir shifokorga ko‘rsatib yuboring.

— Shifokorlar ishqqa davo yo‘q, uylanmasang, tuzalmaysan, deyishyapti.

“Amaki” bilan tortishuvimizga oyimning chaqirgani nuqta qo‘ydi. Endi u kishi kunda-kunora qo‘ng‘iroq qiladigan, yana go‘shakni oyim ko‘tarib qolsa ham, hech tortinmay, uydagilarning ahvolini bilishga qilgandim, deydigan bo‘lib qoldi. Men o‘zim bilib-bilmagan holda, u kishining qo‘ng‘irog‘ini kutadigan bo‘lib qoldim. Qiziq, u qo‘ng‘iroq qilganida, jerkib gapiraman-u, qo‘ng‘iroq qilmasa, bir narsasini yo‘qotgan odamdek dovdirab qolaman. Yaxshiyam, qo‘l telefonim yo‘qligi, bo‘lmasa, o‘zim qo‘ng‘iroq qilib qo‘yishim mumkin edi. Tortishuvlar, telefondagi bahslar bizni bir-birimizga ancha yaqinlashtirib qo‘ygandi. Bir hafta kutdim. U qo‘ng‘iroq qilmadi. O‘zimni qo‘ygani joy topolmayman. Asabiylashaman, o‘z-o‘zidan telefon oldida aylanaveraman. Nihoyat, telefon mening yuragimga o‘t tashlab jiringladi.

— Kichik otinbibi telefonni qo‘riqlab o‘tiribdimi deyman, – go‘shakdan o‘sha meni hayajonlantiradigan ovoz eshitildi.

— Hecham-da, shunchaki shu uy yonidan o‘tib ketayotgandim.

— Sira xijolat bo‘lmay, rostini aytavering, men sizning ustingizdan kulmayman.

— Boring-yey, o‘zingizni kim deb o‘ylayapsiz?

— Men, masalan, o‘zimni amaki deb, sizni esa, amakining qari, javrayverib, odamlarni bezdirib yuboradigan, yuzlari ajin, o‘zi semiz xotini, deb o‘ylayapman.

Uning bu gapidan dovdirab, yuzim qizib ketganini sezdim. Demak, bu odam men uni amaki deyishimni ham bilarkan-da. Lekin shunda ham, sir boy bergim kelmadi.

— Amaki, o‘zingizni bexato topibsiz, lekin siz ta’riflagan opoqi men emasman, bo‘lmayman ham.

— Opoqi, asabiylashmang, buni hali vaqt ko‘rsatadi. Xullas, bugun kunduzi uxlamasdan hammayoqni tozalang. Hovlilarni supuring, suv seping. Kechqurun amakingiz oyisi bilan sizlarnikiga mehmonga boradi.

— Nimaga? – gapim og‘zimda qoldi. Uning nima uchun kelishini bilardim. Darrov hammayoqni tozalashga tushdim. Oyim, insof bersin-yey, deb kesatib qo‘ydi.

Kechqurun kelgan sovchilarni ko‘rib, ukam ustimdan kuldi.

— Opa, endi pochchani amaki deymizmi yoki amakiligicha qolaveradimi?

— E, bor-yey, — dedim-u o‘ylab qoldim. Endi amaki desam bo‘larmikin yoki?


Z. BOBOXO‘JAYeVA

Manba: Diydoraziz.uz

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar