Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.11.2016

O‘ziga ishongan inson: u qanday?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 28
O‘ziga ishongan inson: u qanday?

O‘ziga ishonch – bu inson xarakteridagi juda foydali xususiyat bo‘lib, u muvaffaqiyatga erishish uchun yordam beradi. Agar u yetarli bo‘lmasa, nima qilish kerak? Inson o‘ziga bo‘lgan ishonchni rivojlantirishi va unga erishish mumkin. Buni amalga oshirishda quyida keltirilgan maslahatlarimiz yordam berishi mumkin.

O‘ziga ishongan kishi deyarli darhol ko‘zga tashlanadi. Bunday shaxsning asosiy xususiyatlari quyidagilar:

Hissiyotli. Ha, bu odam g‘azablanadi, g‘amgin bo‘ladi va hatto yig‘laydi, kuladi, u uchun bu juda oddiy hol bo‘lib, his-tuyg‘ularini ko‘rsatishdan qo‘rqmaydi.

O‘z-o‘zini nazorat qilish. Bu xususiyat bir qarashda mos kelmaydigandek tuyuladi. Lekin kimdir tuyg‘ularini ranjitsa yoki tinchligini buzsa, kuchli shaxsiyatga ega inson o‘z vaqtida o‘zini qo‘lga oladi va teran aql bilan o‘ylashni boshlaydi.

Javobgarlik. Agar kishi javobgarlikni o‘z bo‘yniga olishga tayyor bo‘lsa, demak u vazifani uddalay olishiga va kutilgan natijaga erishishiga ishonadi.

Qat’iylik. Kuchli shaxsiyat egasi vaziyatni yaxshilanishi yoki taqdirning kutilmagan sovg‘asini kutib o‘tirmaydi, u birinchi qadamni tashlaydi, hammasini o‘z qo‘liga oladi va kamida o‘zi xohlagan narsasini olishga harakat qiladi.

Shaxsiy hayotiy holati. Ishonchli odam nimani xohlashini va unga erishish uchun o‘zining tayyor ekanligini aniq biladi. U boshqa odamlarning fikriga qiziqishi mumkin, lekin u o‘z fikriga ega, uni himoya qiladi va buni u qat’iylik bilan bajaradi.

Yaratuvchanlik qobiliyati. Agar nimadir noto‘g‘ri ketsa, o‘ziga ishonmagan shaxs chekinadi, kuchli shaxs esa sharoitga qarab xatti-harakatni boshlaydi, tajriba qiladi va bundan o‘z malakasini oshirish uchun foydalanadi.

O‘ziga ishongan ayol har doim latofatli ko‘rinadi, hatto makiyaj qilish uchun ulgurmagan bo‘lsa ham. U biladi, o‘zini go‘zal va ijobiy jihatlari bilan namoyon eta olishini.

Kuchli erkakning o‘zga jinsdagilar bilan hech qanday muammolari bo‘lmaydi. U birinchi bo‘lib tashabbusni o‘z qo‘liga oladi va osonlik bilan ayollar e’tiborini qozonadi.

Aniq maqsadli, oldinga harakatlanish. Kuchli shaxsiyat egasi nimaga qodirligini va nimaga intilayotganligini biladi, shuning uchun u maqsad sari harakat qiladi va joyida o‘tirmaydi.

Bunday kishini omadsizlik qo‘rqitmaydi, u o‘z xatolarini va muvaffaqiyatsizliklarini bebaho tajriba sifatida qabul qiladi, o‘z navbatida kelajakdagi muvaffaqiyatga erishishi uchun undan foydalanadi.

Kuchli yetakchilik. Ishonchli odamlar itoat qila olishni bilishadi, lekin har doim mustaqil harakat qilishga intiladi. Agar hammasini o‘z qo‘liga olish kerak bo‘lsa yoki tashkilotchilik bilan shug‘ullanish kerak bo‘lsa yoki jarayonni nazorat qilish kerak bo‘lsa, u buni muvaffaqiyatli va qoniqish bilan amalga oshiradi.

Qobiliyati. Kuchli shaxs ko‘plab sohalarda o‘z kuchini ishlatishga urinadi, yangi qobiliyat va ko‘nikmalarni egallashga urinadi, o‘zini biladi.

O‘z-o‘zini ta’minlash. Ishonchli odamlar kimgadir bog‘lanib qolinishiga yo‘l qo‘ymaydi, u faqat o‘ziga tayanish mumkinligini biladi.

Optimizm. Ha, optimistik fikrlarni ham o‘ziga ishonch belgisi sifatida atash mumkin, chunki ular kayfiyat bilan bog‘liq, qaysiki hayotiy dunyoqarashi va albatta, xarakter xususiyatlari bilan ham belgilanadi.

Erkinlik. Ishonchli odamlar birovning fikri qaram emas, ta’sirga tushishga moyil emas, u butunlay ochiq, o‘zgaririshlar va yutuqlarga erishish uchun tayyor.

Mustahkam o‘z-o‘zini tanqid. Kuchli shaxsiyat egasi o‘zining zaif tomonlarini biladi, lekin o‘z-o‘zini urish va o‘z-o‘zini xor qilishga moyil emas.

Har bir harakat o‘z sababiga ega. Ishonchli odamlar depsinmaydi va ma’nosiz faoliyatni rivojlantirishga ham intilmaydi.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar