Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.11.2016

Evropadagi eng qo‘rqinchli qasrlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 27
Evropadagi eng qo‘rqinchli qasrlar

Siz o‘rta asr qasrlarida hech bo‘lganmisiz? Aytishlaricha, bizning davrimizgacha etib kelgan har qanday qal’a allaqachon arvohlarning makoniga aylanib bo‘lgan. Albatta, zamonaviy o‘ylar bu kabi cho‘pchaklarga ishonmaslikni aytadi — biroq hayotda sodir bo‘lgan g‘ayrioddiy hodisalar va dalillarga nima deysiz?

O‘rta asrda Evropa yashash uchun juda noqulay maskanga aylangan edi. Bu erda oddiy aholining zarracha aybi uchun o‘limga tortadigan senorlar madaniyati hukmronlik qilgan. Jodugarlar ovlash davri qit’aning yarmida istiqomat qilgan ayollar hayotida katta iz qoldirgan. Ayrim sehrgarlarning terisi hali ham devorlar ustida yotadi.

Quyida hattoki, mahalliy aholi va olimlar kirishga qo‘rqadigan ana shunday dahshatli qasrlarni ko‘rishingiz mumkin.

Volfsegg, Germaniya

Bu erda 500 yildan beri sharpalar hukmronlik qiladi. Taxminan XVI asr boshida saroy hukmdori bevafo xotinidan qasd olish uchun bir juft fermerlarni ishga oladi. Tez orada erkak va uning o‘g‘illari o‘z yotog‘ida vaft etadi. Shundan beri qasr la’natlangan sanaladi.

Lip saroyi, Irlandiya

Evropadagi eng qo‘rqinchli qasrlar

XII asrda saroy obro‘li O'Bennon sulolasiga tegishli bo‘lgan. Bu mashhur uy tez orada odamlarni qo‘rqita boshladi: bu erda aka-ukalar qotilligi, doimiy qatllar va qurbonliklar sodir bo‘ladi. Mahalliy butxona rashkchi er o‘z xotinini sevgilisi bilan tutib olib, ularni so‘yib tashlab, etti kun farzandini zinokor tanalar uchun ibodat qilishga majburlagandan so‘ng «Qonli kapella» degan nomni oladi. Bu erda arvohlar bormii? Bo‘lmasachi!

Zvikov, Chexiya

Evropadagi eng qo‘rqinchli qasrlar

Bu Chexiyaning O‘rta asrdagi eng muhim va ahamiyatli gotik qal’alaridan biri sanaladi. Mish-mishlarga ko‘ra, saroy ichida odamlarni yomon ko‘ruvchi mahalliy Zvikovskiy shaytonlari yashaydi. Hazil hazil bilan, bir bu erda chindan ham yoqimsiz va g‘ayrioddiy hodisalar sodir bo‘ladi. Hayvonlar qasrning ayrim xonalariga kirishdan bosh tortadi, ba’zan katta zaldagi pardalar o‘z-o‘zidan yonib ketadi, agar kimki bosh minorada uxlab qolsa, bir yil ichida vafot etadi. Ha, chindan ham dahshatli.

Moosxam, Avstriya

Evropadagi eng qo‘rqinchli qasrlar

XII asr oxirida qurilgan Moosxam qasri minglab yosh qizlarning o‘limiga jimgina guvoh bo‘lgan. Jodugarlar ovlash davri Moosxamni haqiqiy jahannamga aylantirdi, daryolar papa taxti sha’ni va nasroniylik fazilatlari uchun qonga to‘ldi. XIX asrlarga kelib, qasrdan uzoq bo‘lmagan erlarda o‘lik kiyiklar va chorva mollarining suyaklari topila boshladi. Shundan beri, Moosxam erto‘lasida tunda ovga chiquvchi qadimiy maxluqlar yotadi, degan mish-mish bor.

Bran qasri, Ruminiya

Evropadagi eng qo‘rqinchli qasrlar

Dunyodagi eng qo‘rqinchi qasrlardan biri Vlad III — Ruminyaning shafqatsiz hukmdoriga tegishli Bran saroyidir. Hukmdorni Vlad Drakula deb ham atashgan. Aynan shu inson Brem Stokerni taniqli gotik asar «Drakula»ni yozishiga ilhom bag‘ishlaydi: dunyoning eng asosiy vampiri uyida qanchalik qayg‘uli muhit bo‘lgan. Bran ichidagi asosiy zallarning birida qirolicha Mariyaning yuragi berkitilgan javon mavjud. Mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, u hali ham urib turadi.

Shato de Brissak, Frantsiya

Evropadagi eng qo‘rqinchli qasrlar

XI asrda qurilgan Brissak qasri Frantsiyaning g‘arbiy-markaziy qismidagi barcha sharpa va ruhlarning uyi hisoblanadi. Afsonaga ko‘ra, uyning birinchi egalaridan biri rafiqasini hiyonat ustida ushlab oladi va ikkisini ham o‘ldirib yuboradi. Hozirda yangi egalar oliy tabaqa vakillariga o‘z asablarini qitiqlab olishi uchun bazm uyushtiradi.

Freyzer qasri, Shotlandiya

Evropadagi eng qo‘rqinchli qasrlar

Shotlandiyaning sharqiy qismida joylashgan Freyzer azroillar tomonidan o‘ldirilgan malikaning dahshatli tarixi bilan mashhurdir. Aytishlaricha, bechora qizning tanasi minoraning toshli ustunlaridan pastga tushib kelgan, xizmatkorlar esa qonni tozalay olishmagan. Uy egalari ustunlar ustiga yog‘och panellarni o‘rnatishgan bo‘lsa ham, to‘lin oy bo‘lganida qon yana va yana sizib chiqaveradi.

Xorst, Belgiya

Evropadagi eng qo‘rqinchli qasrlar

Yarim tashlandiq bo‘lgan Xorst qasrida chindan ham, odamlar emas, arvohlar yashaydi. Albatta, bu mahalliy aholining fikridir. Ularning aytishicha, qasr sobiq egasining ruhi har oqshom qora aravada qaytib keladi.

Predyama qasri, Sloveniya

Evropadagi eng qo‘rqinchli qasrlar

Bu erda qachonlardir sohil bo‘yi va kemalarda hujumlar uyushtirgan taniqli ritsar-qaroqchi Erazem yashagan. Qasr ichida yuzlab er osti yo‘llari, g‘or va boshpanalar bo‘lib, ularni tadqiq etishga hattoki, sertifikatga ega "sharpa ovchilari" ham sur’at eta olmaydi.

Dragsxolm, Daniya

Evropadagi eng qo‘rqinchli qasrlar

Daniyadagi eng dahshatli erlardan biri. Bu erda taniqli Oq ayol — oddiy yigitni sevib qolgan qizning ruhi yashaydi. Ota o‘z qizini xonasiga qamab qo‘yadi va u shu erda vafot etadi. Bu oddiy afsonga o‘xshab ko‘rinishi mumkin, lekin chindan bu haqiqatga juda yaqin. Shu asrning boshida devorlar ustida ish olib borayotgan quruvchilar sirli xonani topishadi va u erda oq ko‘ylakda o‘tirgan qizning skeletini ko‘rishadi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar