Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.11.2016

Sizning yo‘talingiz nimadan dalolat beradi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 36
Sizning yo‘talingiz nimadan dalolat beradi?

Barcha insonlar yo‘taldan aziyat chekishadi, lekin uning sababini bilish uchun shifokorga murojaat etuvchilar soni juda kam. Yo‘tal vaqtinchalik xarakterga ega bo‘lishi mumkin, biroq e’tibor berilmasa, surunkali turiga aylanadi. Hattoki qisqa muddatli yo‘tal ham shifokor yordamida davolanadigan jiddiy muammolardan darak berishi mumkin.

Virusli yo‘tal

Sovuq havoda avj oluvchi virusli yo‘tal muntazam ravishda o‘z belgilarini o‘zgartirib, bir necha haftagacha davom etishi mumkin. Bu belgilarga "ho‘l yo‘tal" yoki "quruq yo‘tal" kiradi. Bunday bo‘lishiga sabab - virus sizning nafas yo‘llaringizdagi asab tizimingizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va u etarlicha uzoq vaqt davomida zaiflashib qoladi.

Surunkali rinit

Sizning yo‘talingiz nimadan dalolat beradi?

Rinit yo‘talni keltirib chiqarishi mumkin, jumladan ketma-ket bir necha hafta davom etsa, u surunkali yo‘talga aylanadi. Bunday bo‘lishiga sabab - burun ichidagi shilimshiq moddalar pastga qarab tushadi va qitiqqa o‘xshash his paydo qiladi, natijada yo‘tal paydo bo‘ladi. Bu nafaqat shilliq qavatlarda noqulaylik tug‘diradi, balki sizning immun tizimingiz yomon ahvolda ekanligidan dalolat ham beradi. Burunda yig‘ilib qoladigan sariq shilimshiq moddalar - organizm besamar tuzatishga urinayotgan bakterial infektsiya belgisi.

Kislota reflyuksi

Sizning yo‘talingiz nimadan dalolat beradi?

Gastroezofageal reflyuks kasallik yo‘talning taxminan 25 foizi bilan bog‘liq. Kislota oshqozondan qizilo‘ngachga qaytib quyilganda, asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va natijada yo‘talni qo‘zg‘atishi mumkin. Biroq reflyuks tashxisini qo‘yish qiyinroq. U har doim ham jig‘ildonni qaynatmaydi, bo‘g‘ilgan ovoz va yo‘talni esa bemor ko‘pincha o‘tkir respirator kasalliklariga yo‘yadi.

Zotiljam

Sizning yo‘talingiz nimadan dalolat beradi?

Yo‘tal ba’zan og‘ir kasalliklardan dalolat berishi mumkin. Respirator infektsiya o‘pkaga o‘tib, o‘simta "chaqirsa", zotiljam kasalligi rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Agar shifokorga o‘z vaqtida murojaat qilinmasa, o‘pka yallig‘lanishi halokatli tugashi mumkin. Zotiljam tashxisi faqat malakali shifokor tomonidan qo‘yiladi, shu bois yo‘talingiz shubhali tuyulsa, poliklinikaga chiqishni cho‘zmang!

Obstruktiv o‘pka kasalligi

Sizning yo‘talingiz nimadan dalolat beradi?

O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi insonning nafas olishi qiyinlashishi bilan izohlanadi. Bunga o‘pkaning ko‘p yillik jarohati sabab bo‘ladi: aksariyat hollarda bu kasallik muntazam ravishda chekuvchi kishilarga xos.

Ko‘k yo‘tal

Sizning yo‘talingiz nimadan dalolat beradi?

Ko‘k yo‘talning o‘tkir havo-tomchi bakterial infektsiyasi kuchli spazmatik yo‘tal xurujlarini keltirib chiqaradi. Ko‘k yo‘tal belgilari to‘xtovsiz va zo‘riqqan yo‘tallarda namoyon bo‘ladi. Bu kasallikni yallig‘lanishni davolashda qo‘llanadigan tibbiy dori vositalari bilan engib bo‘lmaydi. Bugungi kunda kattalar ham, kichiklar ham ko‘k yo‘taldan emlanadi, biroq bu kasallikka yo‘liqish xavfi yuqoriligicha qolmoqda. Shuni yodda tutish kerakki, ko‘k yo‘tal ba’zan insonning bo‘g‘ilishi va hatto hayotdan ko‘z yumishiga olib kelishi mumkin.

Uy sharoitida yo‘talni davolash

Sizning yo‘talingiz nimadan dalolat beradi?

Yo‘taldan xalos bo‘lay desangiz, ba’zi xalq usullarini qo‘llash ham ish beradi. Xususan, quyuq konsistentsiyadagi turli qiyomlar (sirop) yordam berishi mumkin. Ular tomoq bo‘shlig‘ini qoplab, uni tinchlantiradi. Bundan tashqari, oddiy qahva ham yo‘talni to‘xtatishga qodir. Kofein moddasi bronxolitik vosita hisoblanadi - u nafas yo‘llarini kengaytirib, yo‘talni vaqtinchalik to‘xtata oladi.



Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar