Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.11.2016

IBM Watson: eng mashhur superkompyuter inson o‘rnini bosa oladimi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 28
IBM Watson: eng mashhur superkompyuter inson o‘rnini bosa oladimi?

Ayni damda superkompyuterlar inson DNKsini tahlil qilish, ona tilda suhbatlashish, hattoki, yadroviy hujumlarning modeliga aylanish qobiliyatiga ega. Demak, tez orada mashinalar inson o‘rnini egallay boshlaydimi?

Bu savolga IBM texnologik kompaniyasining superkompyuterlari orqali javob topamiz va ularni o‘rganib chiqamiz.

Superkompyuter nima?

Zamonaviy superkompyuterlar – bu tarmoq birlashgan bir necha serverli kompyuterlar. Ularning hisoblash tezligi petaflopslarda o‘lchanadi.

1 petaflops = soniyada 10.15 operatsiyalar.

In

Inson bosh miyasining o‘rtacha ishlashi — 20 petaflops. Dunyoda bor-yo‘g‘i bir necha superkompyuterlargina katta tezlikda ishlashga qodir, biroq shunga qadar ularning hech biri inson miyasining o‘rnini bosa olmaydi.

Hozirgi kunda bir necha yuzlab superkompyuterlar mavjud. Eng kuchlilari an’anaviy TOP-500 reytingiga kiradi. 2016 yilda mazkur reytingga Xitoyning Sunway TaihuLight kompaniyasi etakchilik qildi. Bunga qadar birinchilikni uch yil davomida yana bir xitoycha Tianhe-2 kompyuterlari egallab turdi. IBM kompaniyasining mazkur reytingda ikki superkmopyuteri mavjud: Mira va Sequoia.

Dr. Watson — eng mashhur superkompyuter

Watson'ning asosiy afzalligi u ma’lumotlarni tahlil qilgan holda ona tildagi savollarni tushuna oladi va ularga javob qaytaradi. 2011 yilda Watson Jeopardy! televiktorinasida insonlarni mag‘lub etdi.

Watson — bu «bulut xizmatlar» deb ataluvchi dastur texnologiyalari to‘plami. Watson asosan saratonni aniqlash va davolashda tibbiyotda qo‘llaniladi. Uning xotirasida 600 000dan ortiq tibbiy hisobotlar bor. Shuningdek, u moliya, yurisprudentsiya, mehmonxona biznesi va ko‘plab boshqa sohalarda ham foydalaniladi. Shuningdek, mashhur insonlar bilan suhbat ham uyushtira oladi.

Ta’lim.

AQsh maktablari Teacher Advisor'ni Watson bilan birga sinovdan o‘tkazmoqda — u o‘quv rejalarini yaxshilash va ta’lim dasturlarini personallashtirish bo‘yicha maslahat beruvchi bilim vositasi sanaladi. Johnson & Johnson kompaniyasi Watson'dan ilmiy adabiyotni tahlil qilishda foydalanmoqda. Katta miqdordagi hujjatlar orasidan u tadqiqot uchun zarurini tanlab beradi va tadqiqotni tezroq va samaraliroq amalga oshirish mumkin.

Mehnat xavfsizligi.

Po‘lat ishlab chiqaruvchi North Star BlueScope Steel kompaniyasi Watson Internet of Things tizimini favqulodda vaziyatlarda ishchilarni himoya qilish bo‘yicha choralarni ko‘rishda foydalanmoqda. Shuningdek, ishchilar qurilmani ma’lumot to‘plash va qayta ishlash uchun olib yurishadi. Odamlar uchun xavfli sharoitlar yuzaga kelganda xabar tezda North Star rahbariyatiga etib boradi.

Kiberxavfsizlik.

Kiberjinoyatchilar kompaniyalarning axborot tizimini buzib kirib, keyin unga kirish imkonini «qora internet» da sotishadi. Agarda Er sharining qaysidir qismida nosozlik yoki qalloblik kuzatilsa, Watson tizimi boshqa foydalanuvchilarini ogohlantiradi.

Tibbiyot.

Shimoliy Karolina universiteti va yana 12 onkologik kasalliklarni o‘rganish markazlari Watson'dan bemorlar DNKsini olish va personallashtirilgan davo uslublarini ishlab chiqish maqsadida foydalanadi.

son bosh miyasining o‘rtacha ishlashi — 20 petaflops. Dunyoda bor-yo‘g‘i bir necha superkompyuterlargina katta tezlikda ishlashga qodir, biroq shunga qadar ularning hech biri inson miyasining o‘rnini bosa olmaydi.

Manba: xabardor.uz

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar