Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.11.2016

WhatsApp'da videoqo‘ng‘iroqlar funktsiyasi paydo bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 18
WhatsApp'da videoqo‘ng‘iroqlar funktsiyasi paydo bo‘ldi

WhatsApp messenjeri iOS, Android va Windows platformalarida videoqo‘ng‘iroqlar funktsiyasini joriy qilmoqda. Reuters agentligining xabar berishicha, ishlab chiqaruvchilar videoqo‘ng‘iroqlar uchun shifrlash texnologiyasini qo‘llashdi. Xabarda shunday deyiladi:

"Yaqin kunlarda WhatsApp'ning bir milliarddan ortiq foydalanuvchilari Android, iPhone va Windows Phone qurilmalar orqali videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Biz ushbu yangi funktsiyani qo‘shyapmiz, chunki matn va ovozli yozuvning o‘zi etarli bo‘lmayotganini yaxshi bilamiz. Sevimli nabirasining ilk qadamlari, xorijda ta’lim olayotgan farzandining kechinmalari - bunday muhim voqealarni kuzatish imkonini hech narsa bosa olmaydi. Biz bu funktsiyalarni nafaqat qimmatbaho telefonlarni sotib olishga qurbi etadiganlar yoki uyali aloqa ko‘proq rivojlangan mamlakatlar uchun, balki hamma uchun birdek joriy qilmoqchimiz".

Yangi funktsiyadan foydalanish uchun chat oynasining o‘ng tomon yuqori qismidagi kamera tasviri tushirilgan belgini bosish kerak. Muloqot paytida suhbatdoshlar old va orqa kameralarni faollashtirishlari mumkin bo‘ladi.

WhatsApp yaratuvchilari yana boshqa yangiliklarni ham tayyorlashmoqda: xususan, yangi beta-versiyada ikki omilli auten­ti­fi­ka­tsiya paydo bo‘ldi.



Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar