Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.11.2016

Xurmoning 10 foydali xususiyati

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 33
Xurmoning 10 foydali xususiyati

Xurmo ko‘plab foydali mikroelementlarga ega. Malakali shifokor-parhezshunos Lyudmila Denisenko KP nashriga bergan intervyusida bu meva haqida shunday deydi: "Xurmodagi glyukoza va fruktoza miqdorining ko‘pligi tufayli uning mevasi bilan chanqoqni qondirish mumkin. Olmada mis va rux ko‘p bo‘lsa, xurmoda natriy, kaliy, magniy, kaltsiy va temir ko‘proq. Xurmo mevalari oshqozon-ichak trakti, jigar, teri va jinsiy a’zolar faoliyatini yaxshilash uchun xizmat qiladi".

1. Saratonga qarshi tabiiy vosita

Xurmo mevasi xuddi qovoq, o‘rik va boshqa sariq-olovrang mevalar hamda sabzavotlar kabi yosh bilan bog‘liq o‘simtalarning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Xurmo mevasi tarkibida juda kuchli aksiloksidant moddasi hisoblanuvchi yuqori miqdordagi beta-karotin mavjud. U hujayra tuzilmalarini buzuvchi erkin radikallar bilan kurashadi.

2. Buyrakdagi toshlarni tushiradi

Xurmo tarkibidagi magniy buyrakda toshlar paydo bo‘lish ehtimolini kamaytiradi, organizmdan natriy tuzlarini chiqarib tashlashga yordam beradi. Bu meva siydik haydash va tetiklashtirish xususiyatiga ega.

3. Yurakka foyda

Xurmo yurak kasalliklariga yo‘liqqan kishilar uchun foydali, chunki unda kaliy ko‘p. U to‘g‘ri ma’noda valokardinning o‘rnini bosishi mumkin. Har kuni 2-3tadan xurmo mevasidan iste’mol qilib, yurak sohasidagi og‘riqlarni anchagacha unutish mumkin. Bundan tashqari, shotlandiyalik olimlarning ta’kidlashicha, xurmo ateroskleroz bilan kurashish borasida hatto olmani ham ortda qoldiradi.


4. Tomirlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi

S va R vitaminlariga boy xurmo tomirlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ularning faoliyatini mustahkamlaydi. Shifokorlar varikoz kasalligi hamda milklarning qonashi bezovta qiluvchi kishilarga aynan shu mevani iste’mol qilishni tavsiya qilishadi.


5. Stafilokokkda yordam beradi

Ichak tayoqchasi va stafilakokkni davolashda bakteritsid ta’sirga ega.


6. Diareyadan xalos etadi

Xurmo sharbati surunkali diareyadan xalos bo‘lishga yordam beradi. 6ta xurmo mevasini mayda bo‘lakchalarga bo‘lib, ularni (3 st.) qaynab turgan suvda 20 daqiqa ushlab turing (qopqog‘i yopiq holatda). Dimlamani tindiring va har 4 sotada 0,5 litrdan iching.


7. Qon bosimi oshishiga qarshi

Gipertoniyada (qon bosimi oshganda) va shishish kuzatilganda, xurmo bargalarini yuvib, quriting hamda uni maydalab, kukun yasang. 5-7 kun davomida ovqatdan so‘ng 1/4 choy qoshiqda qabul qiling.

8. Kamqonlikda ko‘makchi

Xurmo temir moddasiga boy, shu bois kamqonlikda uning sharbati kuniga 2 marta ovqatdan oldin, 50-100 ml'dan tavsiya etiladi. Bundan tashqari, u asab tizimini tinchlantiradi, ishchanlik faoliyatini oshiradi.

9. Yo‘taldan chora

Yo‘tal bezovta qilganda tomoqni 3,5 osh qoshiq iliq suv bilan aralashgan xurmo sharbati bilan chayish foyda beradi.

10. Yuzga niqob

Xurmo mevasi va tuxum sarig‘ini aralashtirib, yasalgan niqob muammoli va toshmalarga moyilligi bo‘lgan yuz terisi uchun bebaho yordachi hisoblanadi. Shuningdek xurmo teri qarishining ilk belgilari bilan kurashadi.


Unutmang!

Oson hazm bo‘luvchi qand miqdorining yuqoriligi sabab, xurmo semizlik va qandli dabetdan aziyat chekuvchi kishilarga tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari, mutaxassislar bu mevani yaxshilab pishganidan keyingina iste’mol qilishni tavsiya qilishadi, zero uning "etilmagan" mevasi iste’moli ichakdagi jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar